Baxtiyor Mamatkarimov
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Baxtiyor Mamatkarimov Rustamovich– (1980-yil, Qoʻrgʻontepa tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2022-2024-yillarda Andijon tumani hokimi[1], 2024-yil 24-martidan buyon Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari[2].
Mamatkarimov Baxtiyor Rustamovich | |
---|---|
Fayl:Бахтиёр Маматкаримов.jpg | |
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari | |
Mansab davri 2024-yil 29-martdan - hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Andijon tumani hokimi | |
Mansab davri 2022-yil 22-oktyabrdan – 2024-yil 29-martga qadar | |
Oʻtmishdoshi | Abdujabbor Egamberdiyev |
Vorisi | Bobur Yuldashev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1980-yil Qo‘rg‘ontepa tumani |
Millati | o‘zbek |
Tarjimai holi
tahrirBaxtiyor Rustamovich Mamatkarimov 1980-yil Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan boʻlib, 2000-yilda Toshkent moliya institutining moliya va kredit, 2013-yilda Bank-moliya akademiyasining bank ishi yoʻnalishini, 2021-yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda "Asakabank" davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali valyuta shoʻbasi pul almashtirish shoxobchasi kassiri vazifasidan boshlagan. 2003—2007-yillarda „Asakabank“ davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali kredit boʻlimi mutaxassisi, valyuta va savdo amaliyotlar boʻlimi boshligʻi, kredit boʻlimi bosh mutaxassisi, filial ichki nazorat sektori mutaxassisi, jamgʻarma amaliyotlar shoʻbasi mudiri, 2007-2009-yillarda Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasi Tijorat banklarini nazorat qilish boʻlimi iqtisodchisi, Banklar va nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish boʻlimi iqtisodchisi, 2009-2016-yillarda "Trastbank" xususiy ochiq aksiyadorlik birja banki Ichki audit boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshligʻi, Ichki audit departamenti direktori, 2016-2019-yillarda „Neftgazinvest“ masʼuliyati cheklangan jamiyati tuzilgan shartnomalarning ijrosini monitoring qilish boʻyicha guruhi rahbari, 2019-2020-yillarda „OʻzLITIneftgaz“ AJ boshqaruvi raisining iqtisod va moliya boʻyicha oʻrinbosari, 2020-2022-yillarda „Oʻztransgaz“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining moliya va marketing boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2022-2024-yillarda Andijon tumani hokimi vazifasida ishlagan[3].
Baxtiyor Mamatkarimov 2024-yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan[4] [5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Andijonda yangi hokim ish boshladi. Sobiq hokim O‘zbekistonni butun dunyoga sharmanda qilishda ayblanib, ishdan bo‘shatilgandi“ (daryo.uz). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ „Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.“ (t.me/minenergy_uz). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ „Baxtiyor Mamatkarimov Andijon tumani hokimi etib tayinlandi.“ (kun.uz). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ „Energetika vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (xabar.uz). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ „MAMATKARIMOV BAXTIYOR RUSTAMOVICH“ (minenergy.uz). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.