Begali Niyazaliyev

oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor

Begali Irisaliyevich Niyazaliyev (1958-yil, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.

Begali Niyazaliyev
Tavalludi 1958-yil
Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Taʼlimi Toshkent qishloq xoʻjalik instituti
Ilmiy darajasi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Begali Niyazaliyev 1958-yilda tugʻilgan[1]. Millati oʻzbek, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (23.12.2016), professor (13.12.2019). 1980-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. 1980—1990-yillarda Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi, 1990—1994-yillarda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti oʻgʻitlar boʻlimi katta ilmiy xodimi, 1994—1997-yillarda Yalpi tahlillar laboratoriyasi mudiri, 1997—1998-yillarda Yangi va istiqbolli gʻoʻza navlari agrotexnikasi boʻlimi mudiri, 1998—2002-yillarda oʻgʻitlar boʻlimi mudiri, 2002—2006 va 2012—2014-yillarda Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2015-yili katta ilmiy xodim izlanuvchi, 2017—2021-yillarda Mineral, mahalliy, noanʼanaviy oʻgʻitlarni qoʻllash texnologiyalarini ishlab chiqish va ommaviy tahlillar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari. 2022-yildan Agrokimyo va yalpi tahlillar laboratoriyasi mudiri[1]. Katta ilmiy xodim (1994)[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

1989-yilda „Paxtachilikda yangi mulchalash usulining samaradorligi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2016-yilda „Paxtachilikda organik va organo-mineral oʻgʻitlarni qoʻllash texnologiyasini takomillashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 230 ta ilmiy ish, jumladan, 90 ta ilmiy maqolalar muallifi. Ilmiy izlanishlari organik va organo-mineral oʻgʻitlarni mineral oʻgʻitlar bilan paxtachilikda qoʻllash samaradorligi boʻyicha izlanishlar oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.