Behzod Toʻxtamurodov
Behzod Toir oʻgʻli Toʻxtamurodov (Беҳзод Тоир ўғли Тўхтамуродов) – oʻzbekistonlik texnolog, davlat va jamoat arbobi. 2022-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi.
Behzod Toir oʻgʻli Toʻxtamurodov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi | |
Mansab davri 2022-yil 8-maydan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Mohistara Muhammadyunusova |
Senat raisi | Tanzila Norboyeva |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-iyul 1996-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir2018-yilda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining „Mexanika“ fakulteti bakalavr bosqichini, 2020-yilda shu fakultet magistratura bosqichini tamomlagan.
2018—2020-yillarda Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining Mashinasozlik va materialshunoslik laboratoriyasida faoliyat yuritgan.
2020-yildan hozirgacha Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktorining tijoratlashtirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
2019-yil dekabrda „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylandi[1].
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi etib saylangan[2]. 2022-yil 8-may kuni Yoshlar parlamenti raisi etib saylandi[3].
2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasiga yagona saylov okrugi boʻyicha deputat etib saylandi.
Loyihalari
tahrir2015-yilda texnologik sohalarda faoliyat yurituvchi „InnoGroup“ startap loyihasini boshlagan. Jamoa 3D-printerlarni ishlab chiqarish, 3D-laboratoriya xizmatlarini koʻrsatish va polimerni eritish usulidan foydalangan holda 3D-printerlar uchun filoment ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. 3D modellashtirish, dizayn, marketing, ishlab chiqish va boshqa sohalardagi mutaxassislardan iborat[4].
2018-yilda „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup loyihalarini qoʻllab-quvvatlash Respublika dasturida birinchi, Belarus Respublikasi muhandislik va texnologiya universitetlarining VIII forumida ikkinchi oʻrinni olgan. 2019-yil „StartUp tashabbusi“ yoshlar startup-loyihalarini qoʻllab-quvvatlash Respublika dasturida va Belarus Respublikasida boʻlib oʻtgan IX muhandislik va texnologiya universitetlari forumida birinchi oʻrinni olgan[5].
„UzDelta“ 3D-printer loyihasini ishlab chiqqanligi uchun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan 1 milliard soʻm ajratilgan[6][7][8].
Mukofotlari
tahrir2019-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan[9].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Deptatimiz Yoshlar parlamenti raisi boʻldi“. Adolat sotsial-demokratik partiyasi.
- ↑ „Танзила Норбоева мамлакат Ёшлар парламенти билан учрашув ўтказди“. Plov.
- ↑ „Ёшлар парламенти раиси ўзгарди“. Yuz.uz.
- ↑ „3D моделлаштириш, рoбототехника ва нанотехнологиялар — Олмазордаги IT мактабдан репортаж“. Kun.uz.
- ↑ „Ilmiy loyihalarni tijoratlashtirish bo'yicha direktor o'rinbosari“. Yoshlar innovatsiya markazi.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев талабага лойиҳасини амалга ошириш учун зарур маблағни ажратиш бўйича кўрсатма берди“. Gazeta.uz.
- ↑ „Prezident ToshDTU talabasining loyihasi uchun 1 mlrd so‘m ajratishga ko‘rsatma berdi“. Qalampir.uz.
- ↑ Behzod To‘xtamurodov prezidentga bergan va’dasini qanday bajaryapti? YouTubeda
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма саккиз йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият ва санъат соҳалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. Xalq soʻzi. 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-fevral.
Havolalar
tahrir- Behzod Toʻxtamurodov Facebook sahifasi
- Behzod Toʻxtamurodov Instagram sahifasi
- Behzod Toʻxtamurodov Telegram sahifasi