Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi

Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Belorussiya SSR (belaruscha: Беларуская Савецкая Сацыялiстычная Рэспубліка; ruscha: Белорусская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1920–1922-yillarda mavjud boʻlgan, 1922-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi tarkibidagi oʻn besh respublikaning biri boʻlgan. 1990-yildan 1991-yilgacha oʻz qonunchiligiga ega boʻlgan. Respublikani Belorussiya Kommunistik partiyasi boshqargan. Ayrim manbalarda Sovet Belorussiyasi deb yuritiladi.

1920–1991
Maqom Sovet Ittifoqi respublikasi (1922–1991)
Bosh vazir  
• 1920–1924 (ilk)
Aleksander Chervyakov
• 1990–1991 (soʻnggi)
Vyachaslau Kebich
Prezident  
• 1920–1937 (ilk)
Aleksander Chervyakov
• 1990–1991 (soʻnggi)
Mikalay Dzyemyansyey
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Litva–Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Ikkinchi Polsha Respublikasi
Reichskommissariat Ostland
Bezirk Bialystok
Reichskommissariat Ukraine
Belarus
Hozirda hududida quyidagilar mavjud

 Belarus
 Lithuania[1]

 Poland
 Russia

1918-yilning 19-martida Belorussiya Demokratik Respublikasi mustaqillik eʼlon qilgan. 1919-yilning 1-yanvar kuni bolsheviklar tomonidan Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi (belaruscha: Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка Беларусь; ruscha: Социалистическая Советская Республика Белоруссия) tashkil etilgan. 1922-yilda Belorussiya SSR Ukraina SSR, Zakavkazye SFSR va Rossiya RSFSR bilan bir qatorda Sovet Ittifoqining ilk toʻrt aʼzosidan biriga aylangan. Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasi Belorussiyani ishgʻol qilgan.

Belorussiya SSR poytaxti Minsk shahri boʻlgan. Respublika 6 viloyat, 117 rayonga boʻlingan, 96 shahar, 111 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[2]

Sovet Ittifoqining soʻnggi yillarida, 1990-yil 27-iyulda Belorussiya SSR Oliy Soveti davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi. 1991-yil 15-avgustda Stanislav Sushkiyevich mamlakatning birinchi prezidenti etib saylandi. Oʻn kundan keyin, 1991-yil 25-avgustda Belorussiya SSR oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va davlat nomi Belorussiya Respublikasiga oʻzgartirildi. Oradan toʻrt oyu bir kun oʻtib, 1991-yil 26-dekabrda Sovet Ittifoqi tarqatib yuborildi.

Tarixi

tahrir

Belorussiyada sinfiy jamiyat 1-ming yillikda vujudga kelgan. 10–12-asr boshida Kiyev Rusi tarkibida Polotsk, Turovo-Minsk va boshqa feodal knyazliklari tashkil topgan. 13–14-asrlarda Belorussiya yerlari Litva Buyuk Knyazligi, 1569-yildan Rech Pospolita tarkibida boʻlgan. 16-asrda belorus xalqi toʻla tarkib topgan. 18-asr oxirida Belorussiya yerlari Rossiya bilan qoʻshilgan.

1861-yilgi dehqonlar islohoti kapitalizm taraqqiyotini tezlashtirgan. 1863–1864-yillarda belorus xalqi Polsha milliy ozodlik qoʻzgʻolonida qatnashgan. 19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar, 1904-yilda Polese va Shimoli-gʻarbiy qoʻmitalar, 1906-yili RSDRP Litva va Belorussiya viloyati ittifoqi tuzilgan. 1917-yil noyabrda Belorussiyada Sovet hokimiyati oʻrnatilgan.

1918-yilning 19-martida Belorussiya Demokratik Respublikasi mustaqillik eʼlon qilgan. Oʻsha yili fevral-noyabr oylarida Belorussiya hududining koʻp qismini Germaniya qoʻshinlari bosib olgan.

 
Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasining ilk chegarasi (toʻq yashil)

1919-yilning 1-yanvar kuni bolsheviklar tomonidan Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi (belaruscha: Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка Беларусь; ruscha: Социалистическая Советская Республика Белоруссия) tashkil etilgan. Gʻarbiy Belorussiya 1921-yilgi Riga tinchlik shartnomasiga koʻra Polshaga oʻtgan.

1922-yilda Belorussiya SSR Ukraina SSR, Zakavkazye SFSR va Rossiya RSFSR bilan bir qatorda Sovet Ittifoqining ilk toʻrt aʼzosidan biriga aylangan. 1939-yil noyabrda Gʻarbiy Belorussiya Belorussiya SSR bilan qayta qoʻshilgan.

1941-yili Belorussiyani nemis-fashist qoʻshinlari bosib olgan. 1944-yili iyulda Belorussiyani sovet qoʻshinlari qaytadan bosib olgan.

Sovet Ittifoqining soʻnggi yillarida, 1990-yil 27-iyulda Belorussiya SSR Oliy Soveti davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi. 1991-yil 15-avgustda Stanislav Sushkiyevich mamlakatning birinchi prezidenti etib saylandi. Oʻn kundan keyin, 1991-yil 25-avgustda Belorussiya SSR oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va davlat nomi Belorussiya Respublikasiga oʻzgartirildi. Oradan toʻrt oy-u bir kun oʻtib, 1991-yil 26-dekabrda Sovet Ittifoqi tarqatib yuborildi.

Manbalar

tahrir
  1. Note: Some parts, e.g., Švenčionys, Šalčininkai, Dieveniškės, Adutiškis, Druskininkai, were annexed in 1939 from Poland to Byelorussia, but passed to Lithuania in 1940
  2. "Belorussiya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 91. 5-89890-002-0. 

Havolalar

tahrir