Frederick Marshman Bailey
Frederick Marshman Bailey (talaffuzi: Frederik Marshman Beyli) (1882-yil 3-fevral – 1967-yil 17-aprel) – ingliz josusi, sayohatchisi, botanigi va zoologi. Bailey 1918–1920-yillarda Markaziy Osiyoda josuslik qilgan. Mintaqaga Hindiston va Qashqar orqali Toshkentga kelgan diplomatik missiyaga rahbarlik qilgan. U yerdagi sarguzashtlari haqida „Mission to Tashkent“ kitobini yozgan. Diplomatlar safida kapitan Blacker va Angliyaning Qashqardagi konsuli George Macartney ham boʻlgan. Bailey pirovardida avstriyalik urush asiri oʻlaroq yashirinib, Buxoro orqali Eronga qochib ketgan[2].
Frederick Marshman Bailey | |
---|---|
![]() Bailey 1934-yilda | |
Tavalludi |
3-fevral 1882 |
Vafoti |
17-aprel 1967[1] Stiffkey, Norfolk, Angliya |
Fuqaroligi | Britaniya |
Kasbi | Britaniya armiyasi ofitseri, sayohatchi, josus, botanik va zoolog |
Mukofotlari |
Hindiston imperiyasi ordeni Qurollik jugʻrofiya jamiyati aʼzosi MacGregor medali |
Imzosi | |
![]() |
Sovet manbalarida hamda mustaqil Oʻzbekistonda chiqqan manbalarda, jumladan, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida Bailey Toshkentda maxfiy „Turkiston harbiy tashkiloti“ bilan yaqin aloqada boʻlib, Toshkent, Samarqand, Fargʻonada sovetlarga qarshi qoʻzgʻolonlar uyushtirish, Fargʻona va Xorazmda milliy istiqlolchilik harakatini kuchaytirish rejalarini tuzishda qatnashgani, istiqlolchilarga Angliyaning Qashqardagi konsulxonasi orqali qurol-yarogʻ va boshqa yordam yetkazib berishda katta rol oʻynagani iddao qilingan. Bailey Markaziy Osiyodagi missiyasi haqidagi „Mission to Tashkent“ kitobida bu iddaolarni rad etib, boshdan kechirganlarini batafsil soʻzlab bergan. Jumladan, kitobda bolsheviklarni laqillatib, ularning maxfiy xizmatlariga qoʻshilganini hikoya qilgan. Shuningdek, Toshkentdagi AQSH konsuli Roger Tredwell bilan Oktyabr inqilobidan keyingi uchrashuvlari haqida haqida maʼlumot bergan. Kitob sovet davrida SSSRda man etilgan asarlar safida boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ Bailey, F. M. (1921). „A Visit to Bokhara in 1919“. The Geographical Journal (inglizcha). 57-jild, № 2. 75–87-bet. doi:10.2307/1781557.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |