Mission to Tashkent

Frederick Marshman Bailey qalamiga mansub memuar

Mission to Tashkent“ (tarjimasi „Toshkentga missiya“) – angliyalik josus, sayohatchi, diplomat va botanik Frederick Marshman Bailey qalamiga mansub memuar. Asarda Bailey 1918–1920-yillarda Turkistonga bolsheviklarning niyatlari haqida dastlab ochiqchasiga Britaniya hukumati vakili oʻlaroq, soʻngra josus oʻlaroq maʼlumot toʻplash yoʻlida boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Bailey missiyasining asosiy maqsadlaridan biri Afgʻoniston va Hindistonda Britaniya hukmiga qarshi kurashayotganlar haqida maʼlumot toʻplash, bolsheviklarni Germaniyaga qarshi urushni davom ettirishga yoki hech boʻlmaganda Markaziy kuchlarga yordam bermaslikka undash boʻlgan[1][2].

Mission to Tashkent
Muallif(lar) Frederick Marshman Bailey
Til inglizcha
Janr(lar)i memuar, sarguzasht
Nashr etilgan sanasi 1946
Nashriyot „Jonathan Cape“
Sahifalar soni 312

Bailey bolsheviklar taʼqiblari tugʻdirgan tahdidlar tufayli kitob qoʻlyozmasidan kamida toʻrt marta ayrilgan. Har safar xotirasiga tayanib, yangidan yozgan. Kitob 1920-yillarda yozilgan boʻlsa-da, Britaniya hukumati qoʻygan cheklovlar tufayli 1946-yilga kelibgina ilk marotaba chop etilgan. 1992-yil Oksford universiteti nashriyotida chop etilgan nashri uchun „Setting the East Ablaze: Lenin's Dream of an Empire in Asia“ kitobi muallifi Peter Hopkirk kirish va soʻngsoz yozgan. 1999-yil Longondagi „The Folio Society“ nashri kitobning hashamatli versiyasini chop etgan[3]. Ushbu nashrdan Bailey olgan koʻplab suratlar bilan qatorda Hopkirkning oʻzgartirilgan kirish va soʻngsoʻzi oʻrin olgan.

Taqrizi

tahrir

Kaliforniya universiteti xodimi Elizabeth Bacon kitobga 1947-yil yozgan taqrizida „faqat adabiy asarlarda uchraydigan hodisalarni sodda, sipo uslubda“ hikoya qilganini olqishlagan[1]. Britaniya armiyasi ofitseri Roy C. Firebrace esa kitobdan Oktyabr inqilobining dastlabki yillarida Turkistondagi hayot haqida qiziqarli maʼlumotlar oʻrin olganini eʼtirof etgan[2].

SSSRda senzurasi

tahrir

Kitob SSSRda man etilgan boʻlgan. Peter Hopkirk 1980-yillarda Oʻzbekiston SSRga qilgan safari davomida Bailey izidan yurish uchun kitobning ikki nusxasini yashirincha olib kirgan[3]. Toshkentdagi muzey xodimlaridan biri Bailey yozgan kitob nusxasini topish mumkin yoki yoʻqligi haqida soʻragan. Bunga javoban Hopkirk unga oʻzi bilan olib borgan ikki nusxaning birini bergan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Bacon, Elizabeth (1947). „Mission to Tashkent, by Lt. Col. F. M. Bailey. London: Jonathan Cape, 1946. 312 pages.15s“. Middle East Journal. 1-jild, № 3. 347–348-bet. Qaraldi: 16-fevral 2025-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. 2,0 2,1 Firebrace, R. C. (1-iyul 1947-yil). „MISSION TO TASHKENT. By Lieutenant-Colonel F. M. Bailey, C.I.E., Gold Medallist of the Royal Geographical Society, Livingstone Gold Medallist of the Royal Scottish Geographical Society. 1946. (London: Jonathan Cape. 8" X 5 1/2". 312 pp. Illus. Maps. 15s“. International Affairs (inglizcha). 23-jild, № 3. 436–437-bet. doi:10.2307/3017329.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. 3,0 3,1 Bailey, F. M.. Mission to Tashkent. London: The Folio Society, 1999. 

Havolalar

tahrir