Bir qultum fojiasi

ichkilikbozlik ziyoni haqidagi hajviyalar, voqeiy hikoyalar, sheʼrlar, hikmatli soʻzlar hamda maqollar toʻplami

„Bir qultum fojiasi“ichkilikbozlik ziyoni haqidagi hajviyalar, voqeiy hikoyalar, sheʼrlar, hikmatli soʻzlar hamda maqollar jamlangan toʻplam. 1986-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1]

Bir qultum fojiasi
Muallif(lar) Zikrilla Egamberdiyev
Toʻlqin Rasulev
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i hajviyalar, voqeiy hikoyalar, sheʼrlar, hikmatli soʻzlar, maqollar
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1986
Sahifalar soni 96

Toʻplamni Zikrilla Egamberdiyev va Toʻlqin Rasulev tuzgan. Unga Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Neʼmat Aminov, tuzuvchi Toʻlqin Rasulev hamda boshqalar qalamiga mansub kichik hikoyalar kiritilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Obloqulov – muharrir, I. Kiriakidi – rassom, A. Mamajonov – rasmlar muharriri, R. Potapova – texnik muharrir, U. Saydullayev – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Boʻlimlari

tahrir
  • „Havjiy va voqeiy hikoyalar“
  • „Donolarning nasihatlari“
  • „Maqollar“
  • „Hikoyat va rivoyatlar“
  • „Chogʻir firoqi ado etdi mani“
  • „Tajribalar hikoya qiladi“
  • „Qadimgi kitoblar zarvaraqlaridan“
  • „Qiziq gaplar, badmastlarga jazolar“

Manbalar

tahrir
  1. „Bir qultum fojiasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.

Havolalar

tahrir