Boris Bosnik
Boris Stepanovich Bosnik (1935-yil 24-may, SSSR, Oʻzbekiston SSR, Andijon — 2007-yil 14 dekabr[1], Krasnoarmeysk, Moskva) — sovet va rus olimi hamda ixtirochisi[2].
Boris Stepanovich Bosnik | |
---|---|
Tavalludi |
1935-yil 24-may |
Vafoti |
2007-yil 14-dekabr Krasnoarmeysk, Moskva, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR, Rossiya |
Unvoni | texnika fanlari nomzodi |
Mukofotlari |
SSSRning 3 ta medali "Pobeditel' sotssorevnovaniya" ("Ijtimoiy bellashuv g'olibi") nishoni |
Bografiyasi
tahrirBoris Bosnik 1935-yilning 2-may sanasida Oʻzbekiston SSRning Andijon viloyatida tavallud topgan.
Taʼlimi
tahrirBoris Bosnik 1952-yilda Andijon shahridagi o‘rta maktabni tamomlagan. Oliy maʼlumotni 1957-yilda Moskva kimyo-muhandislik institutida kimyo muhandisi, muhandis-mexanik hamda 1973-yilda texnika fanlari mutaxassisliklari boʻyicha olgan.
Mehnat faoliyati
tahrir1990-yilga qadar Krasnoarmeysk mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot institutida konstruktor, guruh boshligʻi, boʻlim boshligʻi, laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan. Plastmassa portlovchi moddalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan birikmalar tayyorlash, dozalashning uzluksiz usulini tadqiq qilish hamda uni ishlab chiqish ishlari bilan shugʻullangan. Oʻq-dorilar va sanoat portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, ularni transportda tashish, saqlash va kerakli joyga yetkazib berishda qoʻllaniladigan operatsiyalarni mexanizatsiyalovchi va avtomatlashtiruvchi bir qancha uskunalar, yaʼni qutilar va yuk qoplarini tashuvchi uskunalar, yuk koʻtaruvchi va koʻchirib oʻtkazuvchi rampalar, uzun tovarlar yuklovchi yuk koʻtarish uskunalari, ammoniy selitra saqlovchi omborlar va shu kabilarni ishlab chiqqan. Faoliyati davomida 32 ta ixtiro qilgan, 70 dan ortiq ilmiy maqola va maʼruzalar muallifi. Uning soʻnggi ixtirosi siyatik bilan kasallangan bemorlarning umurtqa pogʻonasini toʻgʻrilash uchun ishlatiladigan terapevtik belanchak hisoblanadi.
Umrining soʻnggi yillarida Boris Bosnik oʻlkashunoslik bilan shugʻullangan, shuningdek, Krasnoarmeysk (Moskva viloyati) shahri haqida yozilgan „Krasnoarmeysk i yego okrestnosti“ („Krasnoarmeysk va uning turar joy dahalari“) deb nomlanuvchi ilk oʻlkashunoslik kitobi muallifi hisoblanadi (Krasnoarmeysk, 1999).
Bosnik Koinotning fizik tuzilishiga oid bir qancha ilmiy-nazariy asarlar muallifidir, hozirda uning asarlari Internet tarmoqlarida nashrga tayyorlanmoqda.
Boris Bosnik nafaqada ekanligiga qaramay, tasviriy sanʼatga (barelef) murojaat qiladi, shahar va Moskva viloyati koʻrgazmalarida ishtirok etadi. Uning sanʼat namunalari bir nechta badiiy kitoblar va koʻrgazma kataloglarida nashr etilgan.
Vafoti
tahrirBris Bosnik 2007-yil 1-dekabrda Moskva viloyati Krasnoarmeysk shahrida vafot etgan.
Mukofotlari
tahrirBoris Bosnik SSSRning 3 ta medali[3], Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi medali, SSSR Mashinasozlik vazirligining „Pobeditel' sotssorevnovaniya“ („Ijtimoiy bellashuv gʻolibi“) nishonlari bilan taqdirlangan. Boris Bosnik, shuningdek, institutda xizmat ko‘rsatgan xodim hisoblanadi.
Bibliografiyasi
tahrir- Bosnik Boris Stepanovich. „Krasnoarmeysk i yego okrestnosti“. Skazaniya i ocherki istorii. — Krasnoarmeysk: Izdatel’stvo „Dukhovnoye naslediye“ 1999. — 100 str. s ill. tir.: 5000 ekz. — ISBN 5-86035-026-0[4].
Havolalar
tahrir- Yuriy Zotov . „Rossiya qadimiyligi“ — maktablarda // „Gorodok“ gazetasi 2007 yil 22 iyundagi 25 (634)-son.
- Anna Kush . „Mening shahrim, sen mening ilhomimsan.“
- Kablukov V. „Bizning“ Kichik vatanimiz "" . // „Gorodok“ gazetasi 2007 yil 14 sentyabrdagi 37 (646)-son. — № 37.
U haqidagi adabiyotlar
tahrir- „Vzryvchatyye veshchestva, pirotekhnika, sredstva initsiirovaniya v poslevoyennyy period. Lyudi. Nauka. Proizvodstvo“. Izdatel’stvo: Gumanistika. 2002. — ISBN 5-86050-151-X . — S. 311, 321, 917.
- „Spetsialisty po vzryvchatym materialam, pirotekhnike i boyepripasam“. Biograficheskaya entsiklopediya. Nauchnoye izdaniye. — M.: „AviaRus-XXI“, 2006. — 704 str. — ISBN 5-901453-15-8 str.: 61, 603.
Manbalar
tahrir- ↑ „14 декабря умерли“.
- ↑ „Босник, Борис Степанович“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „БОРИС СТЕПАНОВИЧ БОСНИК“.
- ↑ „БОРИС СТЕПАНОВИЧ БОСНИК: БИОГРАФИЯ“.