Borisov Arena
Borisov Arenas (Belarus: Barisaoʻ-Arena, Barysaw-Arena; ruscha: Borisov-Arena) — Belarusning Borisov shahrida joylashgan futbol stadioni. FC BATE Borisov va Belarus milliy futbol terma jamoasining uy stadionidir. Stadion 13.126 nafar futbol ishqibozini oʻz bagʻriga sigʻdira oladi[3][4].
| |
Joyi | Barysaw, Belarus |
---|---|
Koordinatalari | 54°11′35″N 28°28′31″E / 54.19306°N 28.47528°E |
Asos solingan | 2011-2014 |
Qachon ochilgan | 3-may, 2014-yil |
Egasi | BATE Borisov |
Yuzasi | Grass |
Inshoot narxi | 40,000,000 €[1] |
Meʼmor | OFIS Architects |
Hajmi | 13,126[2] |
Maydon oʻlchami | 105 m × 68 m (344 ft × 223 ft) |
Maydon egalari | |
FC BATE Borisov (2014-) Belarus milliy futbol terma jamoasi (2014-2017; 2019) |
Tarixi
tahrir2008-yilda BATE FK UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqan birinchi Belarus klubi boʻldi. Klubning Borisovdagi stadioni guruh bosqichi oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha UEFA talablariga javob bera olmadisdi. Shu bois BATE oʻz raqiblarini „Dinamo Minsk“ stadionida qabul qilishga majbur boʻlgan. Keyingi yil borisovliklar UEFA Yevropa ligasining guruh bosqichiga yoʻllanma olishdi. Klub bosh direktori Anatoliy Kapskiy UEFA talablariga javob beradigan 12-15 ming sigʻimga ega yangi stadion qurish rejasi haqida maʼlum qildi.
Stadionni loyihalashtirish ishlari Sloveniyaning „Ofis arhitekti“ nomli kompaniyasiga topshirilgan. Namuna sifatida Maribordagi „Ljudski vrt“ stadioni olingan. Loyihalashtirish ishlari 2010-yilning yozida oʻz yakuniga yetgan. Shuningdek, asosiy loyihaga qoʻshimcha ravishda taxminan 3000 m2 savdo kompleksi ajratilgan. Keyinchalik loyihaga baʼzi oʻzgartirishlar kiritilgan. Borisov Arenaning qurilish jarayoni 2010-yilning 12-noyabr kuni rasman boshlangan.
Borisov Arenadagi birinchi rasmiy oʻyin 2014-yil 3-may kuni oʻtkazilgan. Ochilish bahsi 2013—2014-yilgi Belarus kubogining final oʻyiniga toʻgʻri kelgan. Final „Neman Grodno“ va „Shakhtyor Soligorsk“ klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan soligorskliklar 1-0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qoʻlga kiritishgan. Ukrainalik yarim himoyachi Artem Starhorodskiy Borisov arena tarixidagi ilk gol muallifiga aylangan.
Belarus terma jamoasi ishtirokidagi oʻyinlar
tahrirBelarus milliy futbol jamoasi 2014-yil 4-sentyabr kuni Borisov Arenada oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazgan. Oʻrtoqlik oʻyinida Tojikiston terma jamoasini 6-1 hisobida magʻlub etgan[5]. Birinchi rasmiy uchrashuv 2014-yilning 9-oktyabr kuni oʻtkazilgan. Yevro — 2016 saralashi doirasida Belarus termasi 10.512 tomoshabin koʻz oʻngida Ukrainaga 0-2 hisobida magʻlub boʻlgan[6].
Oʻyinlar roʻyxati
tahrir# | Sana | Raqib | Natija | Tomoshabinlar soni | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|
1 | 4-sentyabr, 2014-yil | Tojikiston | 6-1 | 2,400 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2 | 9-oktyabr, 2014-yil | Ukraina | 0-2 | 10,512[6] | Yevro — 2016 saralash |
3 | 12-oktyabr, 2014-yil | Slovakiya | 1-3 | 3,684[7] | Yevro — 2016 saralash |
4 | 18-noyabr, 2014-yil | Meksika | 3-2 | 6,700 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
5 | 14-iyun, 2015-yil | Ispaniya | 0-1 | 13,121 | Yevro — 2016 saralash |
6 | 8-sentyabr, 2015-yil | Luksemburg | 2-0 | 3,482 | Yevro — 2016 saralash |
7 | 12-oktyabr, 2015-yil | Makedeniya | 0-0 | 1,545 | Yevro — 2016 saralash |
8 | 6-sentyabr, 2016-yil | Fransiya | 0-0 | 12,920 | JCH — 2018 saralash |
9 | 10-oktyabr, 2016-yil | Luksemburg | 1-1 | 9,011 | JCH — 2018 saralash |
10 | 9-iyun, 2017-yil | Bolgariya | 2-1 | 6,150 | JCH — 2018 saralash |
11 | 9-sentyabr, 2017-yil | Shvetsiya | 0-4 | 6,431 | JCH — 2018 saralash |
12 | 7-oktyabr, 2017-yil | Niderlandiya | 1-3 | 6,850 | JCH — 2018 saralash |
13 | 8-iyun, 2019-yil | Germaniya | 0-2 | 12,510 | Yevro — 2020 saralash |
14 | 11-iyun, 2019-yil | Shimoliy Irlandiya | 0-1 | 5,250 | Yevro — 2020 saralash |
Galereya
tahrir-
Stadionning yon tarafdan koʻrinishi
-
2014-yil, 5-may. BATE — Dinamo minsk bahsi
-
Belarus terma jamoasining Ukrainaga qarshi bahsi
-
Stadionning tashqi koʻrinishi (2014-yil oktyabr)
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OFIS Architects (Ofis-a.si)
- ↑ „Borisov Arena“. StadiumDB. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Borisov Arena at FCBate.by“. 2017-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Season tickets on sale 20 Jan (FCBate.by)“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-yanvar.
- ↑ „Belarus vs. Tajikistan 6:1“. Soccerway.com. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Belarus vs. Ukraine 0:2“. Soccerway.com. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Belarus vs. SLOVAKIA 1 - 3“. Soccerway.com. Qaraldi: 2015-yil 24-aprel.