Belarus milliy futbol terma jamoasi
Belarus milliy futbol terma jamoasi (belaruscha: Zbornaya Belarusi pa futbole, romanlashtirilgan: Zbornaja Biełarusi pa futbole; rus: Sbornaya Belarusi po futbolu) Belarus sharafinini xalqaro futbolda himoya qiladi. Belarusiyada futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Belarus futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Belarus terma jamoasining uy maydoni Minskdagi „Dinamo“ stadioni. 1991-yilda mustaqillikka erishganidan beri Belarus hali FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionatiga chiqmagan.
Tahallusi |
Белыя крылы / Bielyia kryly (The White Wings) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Football Federation of Belarus | ||
Konfederatsiya | UEFA (Europe) | ||
Bosh murabbiy | Georgy Kondratyev | ||
Sardor | Yevgeny Yablonsky | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Alyaksandr Kulchy (102) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Maksim Romaschenko (20) | ||
Uy stadioni | Dinamo Stadium, Minsk | ||
FIFA kodi | BLR | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 98 ▬ (20 July 2023)[1] | ||
Eng yuqori | 36 (February 2011) | ||
Eng past | 142 (March 1994) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Unofficial: Litva 1–1 Belarus (Vilnius, Lithuania; 20 July 1992) Official: Belarus 1–1 Ukraina (Minsk, Belarus; 28 October 1992) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Belarus 5–0 Litva (Minsk, Belarus; 7 June 1998) Belarus 6–1 Tojikiston (Borisov, Belarus; 4 September 2014) Belarus 5–0 San Marino (Minsk, Belarus; 8 September 2018) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Belgiya 8–0 Belarus (Leuven, Belgium; 30 March 2021) |
Tarix
tahrirSovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, Belarus birinchi oʻyinini 1992-yil 20-iyulda Litvaga qarshi oʻtkazdi. Bungacha bir qator belaruslik futbolchilar Sovet Ittifoqi terma jamoasida oʻynashgan. FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyin 1992-yil 28-oktyabrda Ukrainaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lgan. Birinchi g‘alaba esa 1994-yil 12-oktyabrda Lyuksemburgga qarshi o‘yinda qayd etilgan[2].
Belarus futbol terma jamoasi FIFA Jahon chempionatiga ham, UEFA Yevropa chempionatiga ham yoʻllanma olmagan. Jamoa 2002-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Uelsdan magʻlub boʻlgan. Guruhda umumiy natijalarga koʻra uchinchi oʻrinni egallagan. Ularning 2004-yilgi Yevropa chempionati saralashidagi ishtiroki juda omadsiz oʻtdi, chunki Belarus sakkizta oʻyinning yettitasida magʻlub boʻldi. Belorussiya kichik turnirlarda bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. 2002-yilda jamoa Rossiya va Ukrainani magʻlub etib, LG kubogini qoʻlga kiritdi. 2004—2008-yillarda ular mos ravishda 12 va 14-chi Malta xalqaro turnirida gʻolib boʻlishdi.
2020-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Belarus oʻz guruhida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Belarus 2018—2019-yilgi UEFA Millatlar ligasida oʻz guruhida birinchi oʻrinni egalladi. Pley-offda Gruziya futbol terma jamoasiga 1:0 hisobda magʻlub boʻldi.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida Belarusning ishtiroki tufayli Yevropaning futbol boʻyicha boshqaruv organi UEFA Belarus milliy va klub jamoalariga xalqaro oʻyinlar, musobaqalarda ishtirok etishni taʼqiqladi[3][4].
Futbolchilar
tahrirEng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar
tahrirDaraja | Futbolchi | Ishtirok | Gollar | Yil |
---|---|---|---|---|
1 | Alyaksandr Kulchy | 102 | 5 | 1996-2012 |
2 | Alexander Hleb | 80 | 6 | 2001-2019 |
Sergey Gurenko | 80 | 3 | 1994-2006 | |
4 | Sergey Kornilenko | 78 | 17 | 2003-2016 |
5 | Timofey Kalachyov | 76 | 10 | 2004-2016 |
6 | Alyaksandr Martynovich | 75 | 2 | 2009-2020 |
7 | Syarhey Kislyak | 74 | 9 | 2009-2021 |
Syarhey Amelyanchuk | 74 | 1 | 2002-2011 | |
9 | Syarhey Shtanyuk | 71 | 3 | 1995-2007 |
10 | Stanislav Drahun | 68 | 11 | 2011-2020 |
Eng yaxshi toʻpurarlar
tahrirDaraja | Futbolchi | Gol | Ishtirok | Nisbat | Yil |
---|---|---|---|---|---|
1 | Maksim Romaschenko | 20 | 64 | 0.31 | 1998-2008 |
2 | Sergei Kornilenko | 17 | 78 | 0.22 | 2003-2016 |
3 | Vitali Kutuzov | 13 | 52 | 0.25 | 2002-2011 |
4 | Vyacheslav Hleb | 12 | 45 | 0.27 | 2004-2011 |
5 | Stanislaw Drahun | 11 | 68 | 0.16 | 2011-2020 |
6 | Raman Vasilyuk | 10 | 24 | 0.42 | 2000-2008 |
Vitali Rodionov | 10 | 48 | 0.21 | 2007-2017 | |
Valyantsin Byalkevich | 10 | 56 | 0.18 | 1992-2005 | |
Timofey Kalachyov | 10 | 76 | 0.13 | 2004-2016 | |
10 | Syarhey Kislyak | 9 | 74 | 0.12 | 2009-2021 |
Murabbiylik tarixi
tahrirMurabbiy | Faoliyat | Oʻyinlar | G‘alaba | Durang | Magʻlubiyat | Gol |
---|---|---|---|---|---|---|
Mixail Vergeyenko | 1992-1994, 1997—1999 | 24 | 2 | 6 | 16 | 22-40 |
Sergey Borovskiy | 1994-1996, 1999—2000 | 26 | 4 | 9 | 13 | 21-43 |
Eduard Malofeyev | 2000-2003 | 22 | 10 | 5 | 7 | 31-31 |
Valeriy Streltsov | 2002 yil | 1 | 0 | 0 | 1 | 0-3 |
Anatoliy Baidachny | 2003-2005 | 22 | 10 | 4 | 8 | 34-29 |
Yuriy Puntus | 2006-2007 | 14 | 3 | 4 | 7 | 19-26 |
Bernd Stange | 2007-2011 | 49 | 17 | 14 | 18 | 65-54 |
Georgiy Kondratyev | 2011-2014, 2021- | 45 | 13 | 11 | 21 | 50-57 |
Andrey Zigmantovich | 2014 yil | 2 | 1 | 0 | 1 | 3-5 |
Alyaksandr Katskevich | 2014-2016 | 18 | 6 | 6 | 6 | 14-19 |
Igor Kriushenko | 2017-2019 yillar | 25 | 8 | 4 | 13 | 23-37 |
Mixail Markhel | 2019-2021 yillar | 18 | 7 | 3 | 9 | 23-35 |
Oleg Radushko | 2021 yil | 1 | 0 | 0 | 1 | 0-2 |
Jami: | 1992-yildan hozirgi kungacha' | 268 | 81 | 66 | 121 | 305-382 |