Botir Shukurillayevich Usmonov (1968-yil 24-mart, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, texnika fanlari doktori, professor.

Usmonov Botir Shukurillayevich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori
Mansab davri
2020-yil 15-fevral
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shuhrat Mutalov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-mart 1968-yil (1968-03-24) (56 yosh)
Samarqand viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ilmiy unvoni professor
Vebsayti botir-usmonov.com

Biografiyasi

tahrir

Botir Usmonov 1968-yil 24-mart Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1985—1993-yillarda Qozon texnika universitetida tahsil olgan. 1993—1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti tadqiqotchisi, assistenti, 1995—1997-yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti katta oʻqituvchisi, ilmiy boʻlim boshligʻi, xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, 1997—1999-yillarda Andra universiteti (Hindiston) magistranti, 1999—2001-yillarda Hamburg-Xarburg texnika universiteti (Germaniya) magistranti, 2001—2002-yillarda Daimler-Benz kompaniyasining Markaziy Osiyo vakolatxonasi bosh mutaxassisi, 2002—2007-yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti dotsenti, boʻlimi boshligʻi, fuqaro aviatsiyasi fakulteti dekani, 2007—2008-yillarda Konkuk universiteti (Janubiy Koreya) „Texnikada axborot texnologiyalari“ kafedrasi professori, 2008—2012-yillarda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali ilmiy kotibi, dekan oʻrinbosari, oʻquv va ilmiy ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2012—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha xizmatining Taʼlimni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish guruhi oliy taʼlim masalalari boʻyicha yetakchi konsultanti, 2013—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan boʻyicha oʻrinbosari, 2016—2017-yillarda V.M.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali „Amaliy matematika va informatika“ kafedrasi dotsenti, 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 2017—2019-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan[1][2]. 2020-yildan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori[3][4][5][6][7].

Ilmiy faoliyati

tahrir

1999-yilda „Zarbaviy to‘lqinlar turkumini statsionar jismga tushishini matematik modellashtirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Oliy taʼlim muasssasalari uchun „Aviatsiyada huquqiy va tashkiliy asoslar“ (o‘quv qo‘llanma, 2007), „e-Learning practices“ („Elektron ta’lim amaliy asoslari“, 2-tomlik, 2010) darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashr etgan, 2 ta monografiya, 60 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta darslik va 5 ta oʻquv qoʻllanma muallifi[7].

Manbalar

tahrir


Havolalar

tahrir