Botir Yusupov

oʻzbek davlat arbobi, diplomat

Botir Poʻlatovich Yusupov (1961-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek diplomati. O‘zbekistonning Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakili.

Botir Poʻlatovich Yusupov
Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi
Mansab davri
2009-yildan – 2012-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ilhom Haydarov
Vorisi Alisher Abdualiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-aprel 1957-yil (1957-04-10) (67 yosh)
Toshkent

Biografiya

tahrir

1961-yil 17-sentyabrda tugʻilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Butunrossiya tashqi savdo akademiyasini tugatgan. Ingliz va rus tillarini biladi.

1990-1995 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligining „Interaloqa“ tashqi savdo uyushmasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

1995-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi „Davlat belgisi“ davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining tashqi iqtisodiy aloqalar va marketing bo‘yicha o‘rinbosari.

2000-2007 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining „O‘zmarkazimpeks“ davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari.

2007-2009 — O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi.

2009-2012 — Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchisi[1].

Manbalar

tahrir