Oʻzbekiston — Ukraina munosabatlari

Oʻzbekiston — Ukraina munosabatlariUkrainaOʻzbekiston aloqalari qadimgi anʼanalarga ega. 20-asr boshlarida hozirgi Oʻzbekiston hududiga ukrain dehqonlari koʻchib kelganlar. 20—30-yillarda keng iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida U.ning nemisfashistlari bosib olgan hudud aholisi Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi. U.ning bir qancha sanoat korxonalari, tashkilot va muassasalari Oʻzbekistonga koʻchirildi. Bu yerga kelgan koʻpgina fan va madaniyat arboblari madaniy hayotda faol qatnashdilar. M. Bajan, M. Tereshchenko va boshqa ukrain adiblari Oʻzbekistonda ijod qildilar. Urushdan keyingi davrlarda ukrain va oʻzbek adabiy aloqalari yanada rivojlandi. P. Tichina, A. Korneychuk, M. Bajan, M. Tereshchenko, Ivan Le va Oybek, Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, Komil Yashin, A. Qahhor, Sh. Rashidov, Zulfiyalarning ijodiy doʻstligi mustahkamlandi. Taras Shevchenko, L. Ukrainka, P. Tichina, M. Bajan, Ivan Le, Oles Gonchar, M. Rilskiy, A. Malishko asarlari oʻzbek tiliga, Navoiy, Muqimiy, Furqat, Hamza, Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon, Shayxzoda, Uygʻun, Zulfiya, Mirtemir asarlari ukrain tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Toshkent sh.da T. Shevchenko haykali oʻrnatilgan va shahardagi koʻchalardan biri uning nomi bilan atalgan.

Oʻzbekiston–Ukraina munosabatlari

Oʻzbekiston

Ukraina

Oʻzbek teatrlarida ukrain dramaturglarining pyesalari sahnalashtirilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida I. Franko nomidagi ukrain akademik drama teatri Toshkentda ishladi. Oʻzbek tomoshabinlari A. Korneychukning "Makar Dubrava", "Platon Krechet", "Front", A. Levadaning "Faust va oʻlim" asarlarini koʻrishga musharraf boʻldilar. I. Kotlyarevskiyning "Poltavalik Natalka" (Toshkentdagi Muqimiy nomidagi teatr), "Zaporojyelik Dunay ortida" (Namangan teatri) tarixiy asarlari sahnalashtirildi. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida G. Mayborodaning "Arsenal" operasi qoʻyilgan. Ikkinchi jahon urushi yillari Toshkent konservatoriyasida Pyotr Chaykovskiy nomidagi Kiyev konservatoriyasi oʻqituvchilari (prof. L. Revutskiy, D. Bertye, K. Mixaylov) ishladilar. 1966 yil apreldagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish va yangi uyjoy, madaniymaishiy binolar qurishda ukrain quruvchilari faol ishtirok etdilar.

1991 yil Ukraina va Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida 1992 yil 14 avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. 1998 yil 18 fevralda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida Doʻstlik va har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangach, Oʻzbekiston Respublikasi bilan U. ishonchli strategik hamkor boʻlib qoldi. Oʻzbekiston Respublikasi va U. davlat hamda hukumat rahbarlarining oʻzaro tashriflari natijasida 40 ga yaqin muhim hujjatlar imzolanib, hamkorlikning huquqiy asoslari yaratildi. Jahon siyosati sohasidagi fikrlarning birbiriga yaqinligi qayd etildi. Iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va ijtimoiy soqalarda hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olindi. Koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha tuzilgan Oʻzbekiston — U. qoʻshma komissiyasi 2 tomonlama munosabatlarni muvofiqlashtirib turibdi. Vakolatli banklar oʻrtasida oʻzaro hisobkitob va toʻlovlar borasida aloqa oʻrnatilgan. Ayni paytda Oʻzbekiston bilan U. oʻrtasida erkin savdo tartibi joriy etilgan. Natijada U. MDH mamlakatlari orasida Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylandi. 2003 yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan U.ning umumiy tovar aylanmasi 280 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. U. Oʻzbekiston Respublikasi ga metallurgiya sanoati mahsuloti, xizmatlar, neft va gaz sanoati uchun jihozlar, energetika jihozlari, dvigatellarning qismlari, nasos, sentrifugalar, ruda yanchish mashinalari, elektr generatorlar, vagonlar uchun gʻildiraklar va boshqa yuboradi, Oʻzbekiston Respublikasidan xizmatlar, energiya manbalari, rangli metallar, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari (quritilgan mevalar) oladi. 1996—2003 yillar mobaynida U.ning Ilichyovsk porti orqali 325 ming t Oʻzbekiston paxta tolasi xorijga joʻnatildi.

UzRda U. ishbilarmonlari ishtirokida tuzilgan 40 qoʻshma korxona faoliyat yuritmokda. Ukrainada esa Oʻzbekiston Respublikasi sarmoyasi ishtirokida 22 qoʻshma korxona tashkil etilgan. Ikki mamlakatning ayrim hududlari, jumladan, Navoiy va Zaporojye, Samarqand va Lvov, Qashqadaryo va Summ viloyatlari oʻrtasida uzoq muddatli savdoiqtisodiy, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlik toʻgrisida bitimlar imzolangan.

Ukrain va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik munosabatlari ruhida madaniyat, fan va taʼlim sohalaridagi aloqalar samarali davom etib kelmokda. U. hududida yashovchi oʻzbek va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi ukrain diasporalarining ehtiyojlarini taʼminlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchilari

tahrir

Manbalar

tahrir

{{}}