Botir Zohidov

oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi

Botir Erkinovich Zohidov (Ботир Эркинович Зоҳидов) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi, 2024-yil 23-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri[1][2][3].

Botir Zohidov
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri
Mansab davri
2024-yil 23-sentyabrdan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Behzod Musayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-iyul 1982-yil (1982-07-24) (42 yosh)
Toshkent, OʻzSSR

Biografiyasi

tahrir

1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent moliya institutini, 2008-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

2004-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida boʻlim bosh mutaxassisligidan Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi.

2022-yil 19-sentyabrdan 2024-yil 23-sentyabrgacha Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi boʻlgan.

Manbalar

tahrir