Burmali tog'lar - geosinklinallar o'rnida Alp burmalanishida hosil bo'lgan tog'lardir. Bu tog'lar katta balandligi bilan ajralib turadi. Ushbu tog'larning eng o'ziga xos xususiyatlari ularning tog' tizmalari zanjiri tarzida juda katta masofaga cho'zilganligidir.

G'arbiy Kavkaz Tog'lari
Torless tizmasi.Zellandiya

Burmalangan tog'li o'lkalar

tahrir

Burmalangan tog'li o'lkalar yer po'stining Alp va Tinch okeani geosinklinal mintaqalarida vujudga kelgan va gumbazsimon ko'tarilgan juda katta qismlaridir. Burmali tog'lar ancha murakkab tuzilishga ega. Yaqingacha olimlar bu tog' tizmalarini orogenik oblastlar va yer po'stini eng pastki qismigacha egallagan hamda kuchli yuvilgan ko'pdan-ko'p katta burmalardan tashkil topgan, deb o'ylar edilar. Keyingi yillardagi tadqiqotlar natijasida alp tipidagi burmalangan tog'li o'lkalar asosida yer po'stining yirik palaxsalari borligi aniqlandi. Bu palaxsalar dissimetrik ko'tarilgan bo'lib, bir yonbag'ri tik, ikkinchi yonbag'ri esa yotiq.

Litosferaning geosinklinallarida gumbazsimon ko‘tarilish vaqtida kuchli siqilgan, to'ntarilgan, bir-birini ustiga tushgan katta-katta burmalar hosil bo'lgan. Ko'pgina burmalar shu qadar uzoqqa cho'zilib ketganki, ularning o'zagi bir joyda qolib, ustki qismi boshqa joyga borib qolgan. Burmalarning asosida qatlamlar tik yotadi. Ustki qoplamida yotiq joylashgan cho'kindi qatlamlari ko'pchilikni tashkil etadi. Yotiq burmalar yoki qoplamlar kichik yoki ikkilamchi burmalar hosil qilgan. Xuddi mana shu tog‘ vodiylarining yonbag'irlari ochilib yotadi. Orogen jarayonda ishtirok etgan qatlamlar litologik jihatdan xilma-xil bo'lishi sababli burmali tog'larning geologik tuzilishi yanada murakkablashadi. Bu yerda kristalli otqindi va intruziv jinslar yer betiga chiqib qolgan joylar juda ko'p.

 
Laos.Vang Vieng tog'lari

Burmalangan tog'li o'lkalarning gumbazsimon ko'tarilayotgan tog'larining etagida tog‘ oldi botiqlari vujudga keladi. Bu cho'kmalar qo‘shni hududning ko'tarilishi hisobiga yer po‘stining cho'kishi natijasidir. Tog ‘ oldi botiqlarining mavjudligini hamma joyda kuzatish mumkin. Ular ayniqsa, Qrimda yaqqol namoyon bo'lgan: yaylovlarning shimoliy yonbag'ri yotiq, janubiy yonbag'ri esa tik tushgan, uning yonida Qora dengiz botig'i joylashgan. Shuningdek, Tyanshanda joylashgan Issiqko'l botig'i va hokazo. Gumbazsimon ko'tarilgan qatlamlar monoklinal (bir tomonlama) yotgan bo'Isa, kuesta relyefi hosil bo'ladi.

Kuesta

tahrir

Kuesta deb, asosiy tog' tizmasiga parallel yo'nalgan tog' oldi qirlari yoki tog' tizmalariga (ular ba’zan baland tog' xususiyatida bo'lsa ham) aytiladi. Ular burmalar qatorida yuqoridan pastga emas, balki yonbag'ir bo'ylab yo'nalgan eroziya natijasida shunday shakl oladi. Eng baland va uzun kuestalar Kavkazning shimoli-g'arbida Terek daryosi bilan sharqda Belaya daryosi oralig'ida joylashgan. Eroziya shimoli-sharqqa nishab yuzada katta Kavkaz tizmasiga parallel oquvchi daryolarning tor, ko'ndalang daralarni o'yib dissimetrik gryadalar hosil qilgan.

 
Katta Txach,Adigeya Kuestasi
  • Birinchi kuesta Cherkess bilan Maykop oralig'ida bir qancha tog'oldi qirlari tarzida cho'zilgan.
  • Ikkinchi kuesta Laba daryosidan sharqqa tomon ketgan, tog' tepalari 1400 m ga yetadigan tizmalardan iborat.
  • Uchinchi kuesta Belaya daryosi bilan Terek daryosi orasidagi balandligi 3480 m gacha yetadigan Qoyali tizmadir.

Qrim tog'larining shimoliy yonbag'irlarida ham kuestalar tarqalgan. Bu yerda ikkita kuesta vujudga kelgan: shimoliy tomondagi kuestaning balandligi 340 m gacha, janubdagisini balandligi esa 720 m gacha yetadi. Kuesta relyefi boshqa tog'lari o'lkalarda ham uchraydi.

Manbalar

tahrir