Buzgalaxona
(Buzgaladan yoʻnaltirildi)
Buzgalaxona, Buzgala (toj. buzgʻola — tog echkisi, kiyik) — Boysun togʻlaridagi tor dara (Surxondaryo viloyatida). Shahrisabz bilan Termiz oraligida, granit va porfirdan tuzilgan. Uz. kariyb 3 km, eni 12—20 m. Bu dara tojikcha Darbandi ohanin (yoki Darai ohanin — „Temir darvoza“), arabcha Bobulabvob yoki Bobulhadid („Temir darvoza“), moʻgʻulcha Qahlugʻ („Boburnoma“da) yoki Temir Qahlaqa („Jome attavorix“da, xaalga(n) — „darvoza“ soʻzining buzilgan shakli), oʻrta asrlarda turkiyda Temir qapigʻ deb ham atalgan. Bir vaqtlar bu dara temir darvoza bilan toʻsilgan degan afsona ham bor. Hindiston bilan Samarqand orasidagi qadimgi karvon yoʻli ana shu daradan oʻtgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |