Cape Artemision bilan chavandoz
"Artemision burni chavandozi" — qadimgi yunon bronza haykali. Chavondoz yigitning tabiiy kattalikda haykali 1928-yilda[1] Artemisiya burni yaqinida (Euboea orolining shimolida) dengiz bulutlarini olish bilan shugʻullanuvchi gʻavvoslar tomonidan topilgan. U kema halokatga uchragan hududda Poseidon haykali bilan birga topilgan. Haykalning alohida qismlari yana 8-yildan keyin 1937-yilda topilgan va ellin davrining hozirgi kungacha saqlanib qolgan eng asl haykallaridan biridir[2].
Topilma
tahrirUshbu haykal miloddan avvalgi I asr boshlarida halokatga uchragan Rim kemasining qoldiqlari edi. Yunoniston dengiz floti qidiruv amaliyotini boshladi va bir qator bronza parchalarini dengiz qaʼridan chiqarib olgach, keyingi ishlarni toʻxtatishga qaror qildi. Bunga suzuvchilardan biri dekompressiyadan vafot etgani sabab boʻldi. Kema qoldiqlari 40 metr chuqurlikda joylashgan boʻlib, ular boshqa oʻrganilmagan[3]. 1926-yilda halokatga uchragan kema oʻrni aniqlandi va Poseydon haykalining chap qoʻli olib chiqildi. Boshqa qoldiqlarning hammasi 1928-yilda koʻtarilgan.
Tavsifi
tahrirKatta otga nisbatan nomutanosib tanaga ega boʻlgan kichik boʻyli (0,84 m), taxminan 10 yoshli bola[4], ehtimol qul-ishchi[5], yelib borayotgan otda egarsiz holda oʻtiradi. Imo-ishoralarga koʻra, chavandoz chap qoʻlida jilovni, oʻng qoʻlida esa qamchi (saqlanmagan) ushlagan. Uning yalangʻoch oyoqlariga uzangilar tegib turadi.
Bola va otning haykallari alohida-alohida yasalgan boʻlishi mumkin; restavratsiya jarayonida bular ikki turli xil haykalning parchalari ekanligi haqida fikrlar bildirilgan, biroq otning tanasidagi bola kiyimining qoldiqlari ularni birlashtirish kerakligi haqidagi qarorni tasdiqlagan. Oʻta yomon holatdagi haykalni restavratsiya qilish 1972-yilda yakunlandi. Oʻshandan buyon u Afina muzeyida namoyish etiladi. Shu paytga qadar haykal xalqqa deyarli nomaʼlum edi[6]. Chunki bola haykali otdan alohida koʻrgazmaga qoʻyilardi.
Haykal poyga otlariga bagʻishlangan haykaltaroshlikdagi sanoqli yunon ishlanmalaridan biridir (Delfi aravasi bilan birga). Ehtimol, badavlat odam tomonidan poygadagi gʻalaba sharafiga bagʻishlagan hadya boʻlishi ham mumkin. Bolaning fiziognomiyasini oʻrganish uning efiopiyalik boʻlganini taxmin qilish imkoni beradi[7].
Tadqiqotchilar ushbu asarning gʻayrioddiy naturalizmidan lol qolishadi: „u Rodin davriga xos bronza haykallarini eslatadi“. Detallarning koʻpligi va joylashishi tufayli bunga oʻxshash haykalni marmardan yasash mumkin emas edi. Haykal yunon bronza ustalarining sangtarosh-haykaltaroshlar tomonidan qabul qilingan usullardan voz kechganligini isbotlaydi[8].
Madaniyatda
tahrir- 1957-yilda Sofi Loren bilan „Delfin ustidagi bola“ filmida koʻrinadi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „The Horse and Jockey from Artemision: Seán Hemingway“. 2008-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-noyabr.
- ↑ Strolling through Athens: fourteen unforgettable walks through Europeʼs
- ↑ Robert F. Marx. The history of underwater exploration
- ↑ Mark Golden. Greek Sport and Social Status
- ↑ Simon Hornblower, Catherine Morgan. Pindar’s poetry, patrons, and festivals: from archaic Greece to the Roman Empire
- ↑ Carol C. Mattusch. Greek bronze statuary: from the beginnings through the fifth century B.C.
- ↑ „Klassische Griechische Kunst: Der Reiter von Artemision“. 2010-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-noyabr.
- ↑ The Chisel in Greek Sculpture