Charogʻbon

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Charogʻbon“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar va dostonlar toʻplami. 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallifning Vladimir Lenin hayoti ideallashtirilgan „Buyuk hayot tongi“ va „Charogʻbon“ dostonlari, shuningdek, chuvash shoiri Peder Xuzangay yozgan „Ulugʻ qalb“ dostoni tarjimasi kiritilgan.

Charogʻbon
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar va dostonlar
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1970
Sahifalar soni 128

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Aʼzamov – muharrir, E. Isʼhoqov – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Puzenko – texnik muharrir, M. Rustamov – musahhih. Kitob adadi – 35 000 nusxa.

Dostonlar

tahrir
Doston Yil Qisqa tavsifi
„Buyuk hayot tongi“ 1960–1965 Doston Vladimir Leninning yoshligi haqidadir. Unda Vohidov Leninning Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk) shahrida oʻtkazgan vaqti, gimnazist chogʻligida daryoga choʻkayotgan boshqa bir bolani qutqarib qolgani haqida soʻz yuritadi. Shuningdek, dostonda Leninning akasi Aleksandr Ulyanovning qatl etilishi, ushbu holat Leninning Rossiyada inqilob uchun kurashishga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshirgani ochib berilgan.
„Charogʻbon“ 1970 Dostonda Vladimir Lenin, xususan, uning Rossiyani elektr energiyasi bilan taʼminlashni koʻzlagan GOELRO rejasi (ruscha: Государственная комиссия по электрификации России, ГОЭЛРО) haqida soʻz yuritiladi. Dostondan Leninning doʻsti, fizik va davlat arbobi Gleb Krjijanovskiy bilan suhbatlari hamda ingliz yozuvchisi H. G. Wells bilan uchrashuvi muallif tasavvurida yoritib berilgan. Ilmiy fantastika janriga asos solgan yozuvchilarning biri hisoblanuvchi Wells 1920-yilda Lenin bilan koʻrishgan. Yozuvchi Leninning mamlakatni elektr energiyasi bilan taʼminlash rejasini eshitib, uni „xayolkash“ deb atagan.[1] Doston muallifning 1973-yil nashr qilingan „Dostonlar“ sheʼriy toʻplamiga ham kiritilgan.
„Ulugʻ qalb“ 1970 „Ulugʻ qalb“ chuvash shoiri Peder Xuzangay qalamiga mansub „Ulugʻ qalb“ (ruscha: Великое сердце) toʻplamiga kiritilgan sheʼrlardan tarjima qilib yozilgan dostondir. Unda chuvash pedagogi Ivan Yakovlev hayoti hamda unga nafaqa berish toʻgʻrisida Vladimir Lenin shaxsan oʻzi telegramma yozgani haqida hikoya qilinadi.

Manbalar

tahrir
  1. Timofeychev, Alexey „Surprised by Russia: How Lenin and Stalin astonished H. G. Wells“. Russia Beyond. Qaraldi: 6-sentabr 2019-yil.

Havolalar

tahrir