Charos Qayumova
Charos Qayumova (tugʻ. 1999-yil 1-iyul) — oʻzbeklik taekvondochi, 53 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. 2021-yilgi Osiyo chempioni, 2022-yilgi taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati kumush medali sovrindori. 2019-yilgi Jahon Harbiy oʻyinlarida chempioni.
Charos Qayumova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi | 1-iyul 1999-yil |
Sport | |
Qaysi sport | taekvondo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati | ||
Oltin | Bayrut 2021 | 53 kg gacha |
Kumush | Chuncheon 2022 | 53 kg gacha |
Jahon Harbiy oʻyinlari | ||
Oltin | Uxan 2019 | 53 kg gacha |
Faoliyati
tahrir2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida u ayollar oʻrtasida 57 kg gacha vazn toifasida chiqish qilgan. U birinchi uchrashuvida gʻalaba qozondi, keyin esa keyingi bahsda Tailand sportchi Vipawan Siripornpermsakga imkoniyatni boy berdi[1]. Oʻsha yili Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati gʻolibi boʻldi[2].
2019-yilda Manchesterda (Birlashgan Qirollik) Taekvondo boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etdi, ammo magʻlub boʻldi. Oʻsha yili Uxan shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida u 53 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[3]. Keyin birinchi davrada „Katta Dubulgʻa“ turnirda magʻlub boʻldi[4].
2021-yilda Bayrutda (Livan) boʻlib oʻtgan Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Charos Qayumova 53 kg gacha vazn toifasida final bahsida Xitoy Respublikasi sportchi Su Po-yani magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[5][6]. 2022-yilda Eronda „Fajr Open“ xalqaro musobaqasi 53 kg gacha vazn toifasida Charos Qayumova finalga qadar etib bordi va eronlik taekvondochi Nahid Kiyanichandehga 6:7 hisobida yutqazib qoʻyib, kumush medal sohibasiga aylandi[7].
2022-yilda 24-iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Charos 53 kg gacha vazn toifasida final bahsida eronlik sportchi Nahid Kiyanchandehni yutqazib, kumush medalini qoʻlga kiritdi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
- ↑ https://sports.uz/oz/news/view/Taekvondo-Charos-Qayumova-Fransiya-ochiq-chempionati-golibi-boldi-17-11-2018[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://web.archive.org/web/20191112134942/https://results.wuhan2019mwg.cn/file/RESULTS-7th%20CISM%20Military%20World%20Games-%E6%80%BB%E6%88%90%E7%BB%A9%E5%86%8C.pdf
- ↑ https://sports.uz/oz/news/view/katta-dubulga-charos-qayumova-turkiyalik-raqibasiga-yutqazib-qoydi-19-12-2019
- ↑ https://uzreport.news/sports/charos-kayumova-stala-chempionkoy-azii
- ↑ http://www.wtasia.org/gboard/bbs/board.php?bo_table=competition&wr_id=27
- ↑ https://yuz.uz/news/fajr-open-dastlabki-kunda-charos-qayumova-va-ozoda-sobirjonovadan-kumush-medal
- ↑ https://olympic.uz/oz/news/2910