Chinese Women's Super League
Xitoy Ayollar Superligasi (CWSL) - Xitoydagi ayollar futbolining eng yuqori darajadagi ligasi. Xitoy Ayollar Superligasi 2011-yildan 2014-yilgacha Xitoy ayollar milliy futbol ligasi deb nomlangan.
Davlat | Xitoy |
---|---|
Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1 |
Tashkil etilgan | 1997 |
Jamoalar soni | 10ta |
Pastki liga | Xitoy milliy ayollar futbol ligasi |
Xalqaro musobaqalar | AFC Women's Club Championship |
Amaldagi chempion | Wuhan Jianghan University |
Eng koʻp marta chempion | Shanghai SRCB (11 marta) |
Veb-sayt | women.thecfa.cn/cwsl_2021 |
Joriy mavsum: 2021 Xitoy Ayollar Superligasi |
Tarixi
tahrirXitoy Ayollar Superligasi 1997-yilda Xitoy Ayollar Premer-Futbol Ligasi sifatida boshlangan. Ayollar Superligasi nomi ilk bor 2004-yilda qabul qilingan. 2011-yildan 2014-yilgacha bo'lgan mavsumlarda liga nomi Xitoy ayollar milliy futbol ligasi deb o'zgartirildi.
2015-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasi ligani yana Ayollar Superligasi deb atashni joriy etdi. Shuningdek, Xitoy Ayollar Superligasi LeTV Holdings Co Ltd. tashkilotining homiyligiga ega bo'ldi[1]. Shu yili Xitoy Ayollar Superligasi Ispaniyaning Kelme kiyim-kechak kompaniyasi bilan formalar bilan ta'minlash uchun besh yillik shartnoma imzoladi[2].
Quanjian Group va Guotai Junan Securities kabi yirik korporativ homiylar va investorlar ishtirokida 2016-yilgi mavsumdan soʻng ayollar klublariga sarmoya kiritish tezlashdi. Oʻyinchilarning maoshlarini oshirish va Yevropaning yuqori divizion ligalaridan yuqori darajadagi oʻyinchilarni jalb qilish ishlari keng avj oldi[3]. Masalan, quyidagi mashhur sportchilar olib kelindi: Braziliya yulduzi Cristiane Parij Sen-Jermen jamoasidan Changchun Zhuoyuega[4], 2016 Toppserien oltin butsasi sovrindori Isabell Herlovsen LSK Kvinner FC jamoasidan Jiangsu Suning FC jamoasiga, nigeriyalik yulduz Asisat Oshoala Arsenal LFC jamoasidan Dalian Quanjian FC jamosiga olib kelindi[5][6].
Hozirgi klublar
tahrirJamoa nomi | Shahar/viloyat | Uy stadioni | 2020-yilgi reytingdagi o`rni |
---|---|---|---|
Pekin BG Phoenix | Pekin | Xiannongtan stadioni | 4 |
Changchun Jiuyin kreditlari | Changchun | "Development Area" stadioni | 5 |
Henan Jianye | Zhenzhou | Henan viloyati stadioni | 8 |
Jiangsu | Nanjing | Wutaishan stadioni | 2 |
Guangdong Meizchou Hakka | Meizhou | Huitang stadioni | 6 |
Shandong Sport Lottery | Jinan | Shandong viloyati stadioni | 7 |
Shanghai SRCB | Shanghai | Baoshan kampusi stadioni, Shanxay universiteti | 3 |
Sichuan | Chengdu | - | Birinchi liga chempionlari |
Wuhan Jianghan
University |
Wuhan | Tazihu futbol o'quv markazi | 1 |
Zhejiang | Hangzhou | - | 9 |
Chempionlar
tahrirXitoy Ayollar Superligasi chempionlari ro'yxati:[7]
- 1997: Guangdong Haiyin
- 1998: Shanghai Yuandong
- 1999: Pekin Chengjian
- 2000: Shanghai STV Youlizi
- 2001: Shanghai STV
- 2002: Pekin Chengjian
- 2003: Shanghai STV
- 2004: Shanghai STV
- 2005: Shanghai STV
- 2006: Shanghai STV
- 2007: Tianjin Huisen
- 2008: Dalian Shide
- 2009: Jiangsu Huatai
- 2010: Shanghai STV
- 2011: Team Sanghai[8]
- 2012: Dalian Shide[9]
- 2013: Dalian Aerbin
- 2014: Team Sanghai
- 2015: Shanghai Guotay Jun'an
- 2016: Dalian Quanjian
- 2017: Dalian Quanjian
- 2018: Dalian Quanjian
- 2019: Jiangsu Suning
- 2020: Wuhan Jianghan University
- 2021: Wuhan Jianghan University
Yanaqarang
tahrir- Xitoyda sport
- Xitoyda futbol
- Xitoyda ayollar futboli
- Xitoyda futbol
- Xitoy ayollar milliy futbol jamoasi
Manbalar
tahrir- ↑ Sun Xiaochen. „Chinese Women's Super League launched to promote women's soccer“. China Daily (8-aprel 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
- ↑ „Spanish Kelme sponsored China Women’s Super League“. Yutang Sports (28-aprel 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
- ↑ Qingyang Chen. „Increase in incomes of Chinese women football players in 2016“. Yutang Sports (28-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 2-iyul 2017-yil.
- ↑ „Cristiane to Move to Chinese Club Changchun Zhuoyue in June“ (13-fevral 2017-yil). Qaraldi: 2-iyul 2017-yil.
- ↑ Lawson. „Opinion: The money boom in the Chinese Women's Super League is a positive“. Vavel (15-fevral 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
- ↑ Lia. „Chinese blueprint in women's football“. Vavel (13-fevral 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
- ↑ „China - List of Women Champions“. RSSSF. Qaraldi: 8-sentabr 2011-yil.
- ↑ „2011 table and results“ (zh). zuqiuziliao.cn. 13-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2012-yil.
- ↑ „2012 Standings“ (zh). zuqiuziliao.cn. 15-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2012-yil.
Havolalar
tahrir- Rasmiy veb-sayt (Wayback Machine saytida 2022-02-10 sanasida arxivlangan), theCFA.cn (English)
- Liga futbol24.com saytida
- Rasmiy veb-sayt (Wayback Machine saytida 2016-10-29 sanasida arxivlangan) Archived -da arxivlangan federatsiya (xitoy tilida)
- O'tgan va joriy liga mavsumlari (xitoy tilida)