Chinor bobo maqbarasi (yoki Shinor bobo maqbarasi) – Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanidagi tarixiy va arxitektura yodgorligi. Tarixiy obyekt XIV hamda XIX asrlarga oid boʻlib, bugungi kunda „Doʻstlik“ ovul fuqarolar yigʻini hududidagi Sulton Uvays bobo qabrstonida joylashgan.

Chinor bobo maqbarasi
Shinor bobo maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Arxitektura yodgorligi
Turi Maqbara
Manzili „Doʻstlik“ OFY
Shahar Beruniy tumani
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 42°00′44″N 60°38′34″E / 42.012168°N 60.642818°E / 42.012168; 60.642818
Qurilishi boshlangan XIV asr
Qurilishi tugagan XIX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Chinor bobo maqbarasi xaritada

Chinor bobo maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli hisoblanadi[2].

Tarixi

tahrir

Sulton Uvays bobo majmuasi tarkibiga Chinor bobo maqbarasi ham kiradi. Anʼanaga aylangan odatga koʻra, ziyoratchilar avvaliga ushbu maqbarani ziyorat qilib, soʻngra Sulton Uvays qabrini ziyorat qilishadi. Bu anʼanaga amal qilinishiga sabab — Chinor boboning baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Sulton Uvaysning ustozi boʻlganligidir. Boshqa bir maʼlumotlarga koʻra, Chinor bobo uning muazzini yoki sartaroshi — avliyoning shaxsiy sartaroshi boʻlgani taxmin qilinadi. Sulton Uvays ustozini hurmat qilganligi sababli ham vafotidan keyin uni ustozining oyogʻi tomoniga dafn etilishini vasiyat qilib qoldirgan. Shuning uchun Chinor bobo maqbarasi majmuaning yuqori qismida joylashgan boʻlib, ziyoratchilar avval uni ziyorat etishadi[3].

Avliyo Chinor bobo, ehtimol toʻqima obraz boʻlgan boʻlishi ham mumkin, chunki „shinor“ soʻzi „chinor“ degan maʼnoni anglatadi, bu shunchaki taxallus boʻlishi ehtimoli ham yuqori. Chinor bobo shaxsiyatining mavjudligini tasdiqlash bilan bogʻliq biografik maʼlumotlar va uning avliyo boʻlganligi haqidagi manbalar yoʻq. Mahalliy aholi orasida tarqalgan rivoyatlarga koʻra, Chinor boboning asl ismi Abdulloh Yamaniy boʻlib, Sulton Uvays boboga qoʻl bergan va uning tariqatiga kirgan shaxs edi. Shuningdek, soch-soqolini oladigan sartaroshi boʻlib xizmat qilgan. Rivoyatlarda yana Sulton Uvays hayotlik vaqtida: „Mening boshimga Chinor ustaning qoʻlidan boshqa hech kimning qoʻli tekkan emas. Shuning uchun u kishi vafot etsa, mendan balandroq joyga dafn etilsin“, deb vasiyat qilganligi rivoyat etiladi[4].

Yana qarang

tahrir

Sulton Uvays bobo maqbarasi

Shibliy ota maqbarasi

Toqmaq ota maqbarasi

Murat shayx maqbarasi

Tugʻon Turk maqbarasi

Kechirmas bobo maqbarasi

Manbalar

tahrir