Chori Avaz
Chori Avaz (1957-yil 11-dekabr; Gʻuzor, Oʻzbekiston SSR – 1992-yil 29-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – shoir, tarjimon va muharrir. Tarjimon oʻlaroq Fin eposi „Kalevala“ dostonini hamda Ryunokse Akutagava kabi shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[1][2].
Chori Avaz | |
---|---|
Tavalludi |
11-dekabr 1957-yil |
Vafoti |
29-noyabr 1991-yil (33 yoshda) |
Kasbi |
shoir tarjimon muharrir |
Ijod qilgan tillari | Oʻzbekcha |
Fuqaroligi |
Oʻzbek SSR Oʻzbekiston |
Biografiyasi
tahrirChori Avaz 1957-yil 11-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatiga qarashli Gʻuzor tumanida tugʻilgan. U 1985-yil Oʻzbekiston milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Yulduzcha, Cho'lpon nashriyotlarida muharrir, Nasaf nashriyotida bosh muharrir bo'lib ishlagan.[3]
Asarlari
tahrirChori Avazning tiriklik chogʻida „Baxtiyorlik shu emasmi?“ nomli esselar kitobi, shuningdek, „Tortilgan kamon“, „Uygʻonishdan oʻzga tole izlama“, „Kuz ertasi“ (1992) kabi asarlari nashr etilgan[4]. Vafotidan keyin Saylanma, Yashil so'qmoq nomli kitoblari chop etilgan. She'rlari ingliz, arab, turk tillariga tarjima qilingan.
Tarjimalari
tahrirChori Avaz tarjimon sifatida polyak yozuvchisi Minkovskiyning „Baqaloq“ qissasini, yapon adiblari Ryunoske Akatugavaning „Qorongʻilikdagi suhbat“, „Pigmey soʻzlari“ asarlarini va Isikava Takubokuning „Tankalar“ asarlarini, shuningdek, fin xalq eposi hisoblangan „Kalevala“ dostoni, Kotib Yosinning „Grif“ asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan[5].
Asarlari tarjimasi
tahrirChori Avazning rafiqasi Zebo Omonova tashabbusi bilan shoirning sheʼrlari turli tillarga tarjima qilingan. Xususan, 2022-yil ingliz tiliga tarjima qilingan asarlaritaqdimoti Misrda boʻlib oʻtgan. 2023-yil Anqaraning Yildirim Boyazid universiteti bilan hamkorlikda shoirning turk tiliga tarjima qilingan „Aydınlık hayaller“ kitobi nashrdan chiqqan va taqdimoti bo'lib o'tgan. 2024-yil aprel oyida esa Ozarbayjon poytaxti Bakuda ham bir guruh taniqli ozar adabiyotshunoslari ishtirokida ozar tilidagi she'rlari taqdimoti bo'lib o'tgan[5][6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Чори Аваз (1957-1992)“ (ru-RU). www.ziyouz.uz (2013-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Abidov, Azam „Two poems by Chori Avaz“ (en-US). Azam Abidov (2020-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ „Чори Аваз“ (26.09.2013автор). https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-zamonaviy-sheriyati/chori-avaz/da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26.09.2013автор.
- ↑ „Chori Avaz. She’rlar & A’zam O’ktam. Do’st haqida so’z & Xoldor Vulqon. Chori Avaz xotirasiga | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ 5,0 5,1 „Қашқадарё газетасининг расмий веб сайти“ (en-US). Қашқадарё газетасининг расмий веб сайти. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ uza.uz „Yaxshi she’r, dilga yaqin satrlar barhayot“ (uz). Uza.uz (2023-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.