Chukcha tili, chukot tili — chukotkamchatka tillari oilasining chukot-koryak tarmogʻiga mansub til. Rossiya Federatsiyasining Chukot va Koryak muxtor okruglarida, shuningdek, Saxa Respublikasining Quyi Kolima tumanida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 15 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Chukcha tilining 10 ga yaqin laxjasi bulib, ularning asosiylari 2 ta: sharqiy (uelen) — adabiy tilga asos boʻlgan; gʻarbiy (pevek). Chukcha tili fonetik tizimida 6 unli, 13 undosh mavjud; unlilarda singarmonizm, assimilyatsiya, dissimilyatsiya hodisalari kuzatiladi. Grammatik qurilishi jihatidan agglyutinativ tillarga kiradi. Suz va shakl yasalishi suffikslar va prefikslar orqali amalga oshadi. Morfologiyasida son kategoriyasi (birlik va kuplik) mavjud, olmoshlar soni 6—8 tani tashkil etadi. Sintaksisida qoʻshma gaplarga nisbatan sodda gaplar koʻproq qoʻllanadi. Leksikasida eskimos, yukagir tillaridan, shuningdek, rus tilidan (19-asr oxiri — 20-asr) oʻzlashgan soʻzlar bor. 1931-yilda lotin grafikasi asosida shakllangan yozuvi 1936-yilda rus grafikasiga koʻchirilgan.[3]

Chukcha tili
Milliy nomi Ԓыгъоравэтԓьэн йиԓыйиԓ
Mamlakatlar Rossiya[1]
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5100
Alifbosi Kirill alifbosi
Til kodlari
ISO 639-3 ckt[2]

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. "Chukcha tili" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil