Dânişmendliler bekligi (turkcha: Dânişmendliler) — 1080-1178-yillar orasida Çorum, Tokat, Niksar, Amasya, Malatya, Kayseri shaharlari va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Sivas boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligi. Beklikning ilk poytaxti Niksar, keyin esa Sivas boʻlgan. 1187-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Kılıç Arslan II tomonidan bosib olingan boʻlib, tarixda Onadoʻlida Koʻniya sultonligi tarkibiga qoʻshib olingan ilk turk bekligi sifatida muhimdir.

Dânişmendliler bekligi
Dânişmendliler Beyliği


1080 — 1178





1097-yilda Dânişmendliler bekligi.
Poytaxti Niksar
Sivas
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Dânişmendliler
Bek
 - 1075—1084(ilk) Danişmend Gazi
 - 1171—1178 (soʻngi) Melik İmadeddin Zünnun
Tarix
 -  1080 Danişmend Gazi beklikka asos soldi
 -  1135 Aynüddevle bin Gazi Malatyadagi Dânişmendliler bekligiga asos soldi
 -  1187 Beklik Koʻniya sultonligi tarkibiga qoʻshib olindi.

Beklikning nomi

tahrir

Beklikning nomi asoschisi Danişmend Gazining ismidan olingan. Aslida Danişmend Gazi ismi Taylu boʻlib, turklarga muallimlik qilgani uchun Donishmand deb atashgan va malik unvoniga loyiq koʻrishgan. Donishmand forscha soʻz boʻlib, „bilimli odam“ degan maʼnoni bildiradi. Oʻsha davrning manbalarida Tayluning toʻliq ismi „Melik-i Muazzam Danişmend Ahmed Gazi Ali et-Türkmani“ sifatida yozib qoldirilgan. Manbalarda beklikning asoschisi Danişmend Gazining Ozarbayjonning Arran hududi va uning atrofida yashagan turkman bir oilada tugʻilgani haqida maʼlumotlar mavjud. Tarixchilar İbn Hamdun va İzzeddin İbn Şeddad Danişmend Gazining Koʻniya sultonligi asoschisi Süleyman Şahning tog'asi ekanligi haqida ma'lumotlar yozib qoldirishgan[1][2]..

Beklikka asos solinishi va tugatilishi

tahrir
 
1097-yilda Onadoʻlidagi Dânişmendliler bekligi va qoʻshnilari

Manbalarda ismi Melik-i Muazzam Danişmend Ahmed Gazi Ali et-Türkmani shaklida yozib qoldirilgan Danişmend Ahmed Gazi, 1064-yilda Saljuqiylar imperiyasi sultoni Alp Arslonning Kavkazga uyushtirgan harbiy yurishida qatnashgan va shu vaqtdan boshlab uning huzurida xizmat qilgan[3]. Malazgirt jangiga qatnashgan Danişmend gʻalabaning qoʻlga kiritilishida muhim rol kasb etdi. 1080-yilda Vizantiya imperiyasiga tegishli boʻlgan Sivas shahrini egalladi va Dânişmendliler bekligiga asos soldi.

Sivasni harbiy qarargoh sifatida foydalangan Danişmend Gazi Çavuldur, Tursan, Kara Doğan, Osmancık, İltekin va Karatekin isimli yaqin amirlari bilan Amasya, Tokat, Niksar, Kayseri, Zamantı, Develi va Çorum hududlarini fath etib, bekligi hududini yanada kengaytirdi. Birinchi salib yurishlarida poytaxti Iznikni qoʻldan boy bergan Koʻniya sultoni Kılıçarslan I ga yordam berdi. Kılıçarslan I ning xristian salibchilarga qarshi olib borgan Eskişehir jangida yonida turdi. Ammo bu jangda turklar magʻlubiyatga uchradi va salibchilar Pnadoʻli ichiga qarab yurdilar. Ammo Dânişmendliler va Onadoʻlidagi boshqa bekliklarning hujumi natijasida salibchi xristianlar qoʻshinlarining bir qismini yoʻqotdilar va katta talofatlar koʻrdilar.

Dânişmendliler 1100-yilda Vizantiya imperiyasidan ajralib chiqib, mustaqil boʻlib olgan Malatyani qamal qildilar. Antakyani egallab, Antakya knyazligiga asos solgan salibchi Boemondo Malatyaga yordam uchun keldi. Ammo Dânişmendliler bilan boʻlgan jangda magʻlub boʻldi va asir tushdi. Malatya 1103-yilda Dânişmendliler bekligi tarkibiga qoʻshib olindi. Danişment Gazi qoʻlida asir boʻlgan Antakya knyazi Boemondoni ikki yuz oltmish ming dinor evaziga ozod qildi. Ammo bu harakar Koʻniya sultoni Kılıçarslan I bilan Danişment Gazi oʻrtasiga sovuqchilik tushirdi. Maraşda boʻlib oʻtgan jangda yengilgan Danişment Gazi, 1104-yilda vafot etdi. Beklikning taxtiga oʻgʻli Melik Gazi chiqdi.

1135-yil Malatyada Melik Aynüddevle bin Gazi oʻzini bek deb eʼlon qilshi bilan Dânişmendliler bekligi ikiga boʻlindi. Malatya Dânişmendliler bekligi 1175-yilda tugatildi. Beklikning ikkinchi qismi 1178-yilda Koʻniya sultoni Kılıçarslan II tomonidan bosib olindi.

Dânişmendlilerning meʼmoriy asarlari

tahrir

Dânişmendliler bekligi beklari

tahrir

Sivas beklari

Bek Hukmdorlik yili Izohlar
Danişmend Gazi 1075-1084 Beklik asoschisi
Gümüştekin Gazi 1084-1104
Melik Gazi 1104-1134
Melik Muhammed 1134-1142
Nizameddin Yağıbasan 1142-1164
Melik Şemseddin İsmail 1164-1171
Melik İmadeddin Zünnun 1171-1178 Beklikning oxirgi beki[4]

Malatya beklari

Bek Hukmdorlik yili Izohlar
Melik Aynüddevle 1135-1152 Malatyadagi beklik asoschisi
Melik Alaüddin Zülkarneyn 1152-1162
Melik Nasırüddin Mehmed 1162-1170
Melik Fahrüddin Kasım 1170-1171
Melik Efridûn 1171-1175 Oxirgi bek[5]

Dânişmendlilerning shajarasi

tahrir
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Danişmend Gazi
(oʻ. 1084)
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
İsmail
 
Gümüştekin Gazi
(oʻ. 1104)
 
İbrahim
 
Yağısıyan
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Melik Emir Gazi
(oʻ. 1134)
 
 
 
 
 
Sungur
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Melik Muhammed
(oʻ. 1143)
 
Nizameddin Yağıbasan
(ö. 1164)
 
 
Yağan
 
Aynüddevle
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Zünnun
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Zülkarneyn
 
 

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkerim Özaydın, Danişmend Gazi (Wayback Machine saytida 2015-02-16 sanasida arxivlangan), İslam Ansiklopedisi, Cilt 8, Sayfa 468
  2. Özhan Öztürk. Pontus: Antik Çağ’dan Günümüze Karadeniz’in Etnik ve Siyasi Tarihi (Wayback Machine saytida 2013-06-01 sanasida arxivlangan). Genesis Yayınları. Ankara, 2011. 2. Baskı s. 453-55. ISBN 978-605-54-1017-9. Yazar Öztürk, ayrıca Danişmendiler ile Pavlusçular ve bugünkü Alevi toplumu arasında bağlantı kurmaya çalışmıştır
  3. Danişmend Oğulları'nın Dinî ve Millî Siyaseti, Prof Mikail Bayram, (Selçuk Üniversitesi Tarih Bölümü), Türkiyat Araştırmaları Dergisi, 131, Bağlantı (Wayback Machine saytida 2013-12-12 sanasida arxivlangan)
  4. Öztuna, Yılmaz, "Devletler ve Hanedanlar" Cilt:2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara (1996), s.39
  5. Öztuna, Yılmaz, "Devletler ve Hanedanlar" Cilt:2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara (1996), s.40