Dani Ceballos
Daniel Ceballos Fernández (1996-yil 7-avgustda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liga klubi Real Madrid va Ispaniya terma jamoasida markaziy hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Daniel Ceballos Fernández[1] | ||
Tavallud sanasi | 7-avgust 1996-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Utrera, Spain | ||
Boʻyi | 1.79 m[3] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi[4] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 19 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004–2009 | Sevilla | ||
2009–2011 | Utrera | ||
2011–2014 | Real Betis |
Seballos oʻz faoliyatini Ispaniyaning „Real Betis“ klubida boshlagan va jamoasining Segunda divizionida gʻalaba qozonishga yordam bergan. U 2017-yilda „Real Madrid“ bilan shartnoma imzolab, ikki yildan soʻng Angliya Premyer-ligasining „Arsenal“ klubiga ijaraga berilgan.
Jamoalardagi faoliyati
tahrirReal Betis
tahrirCeballos Andalusiyaning Utrera shahrida tugʻilgan[5]. U 2004-yilda sakkiz yoshida „Sevilya“ning yoshlar jamoasi safiga qoʻshildi, ammo surunkali bronxit muammosi tufayli 2009-yilda safdan chiqdi[6]. Keyinchalik ona shahri „Utrera“ klubida oʻynadi va 2011-yilda shartnoma imzolaganidan soʻng „Real Betis“ bilan rivojlanishini davrini yakunladi[7]. 2014-yilning 22-fevralida hali yosh boʻlishiga qaramay, „Betis“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzoladi[8].
2015-yilning 15-oktyabrida, uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng Seballos „Betis“ klubi bilan shartnomasini 2020-yilning iyunigacha uzaytirdi[9]. U Ispaniya chempionatidagi ilk golini 2017-yil 16-aprelda oʻz uyida „Eibar“ga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritgan[10].
Real Madrid
tahrir2017-yilning 14-iyulida Sebalos La Liganing „Real Madrid“ klubi bilan olti yillik shartnoma imzoladi[11], uning transfer narxi taxminan 18 million yevroni tashkil etgan edi[12]. U 16-avgust kuni Ispaniya Superkubogi-2017 javob uchrashuvining 80-daqiqasida Toni Kroos oʻrniga maydonga tushdi va jamoa oʻz maydonida "Barselona" ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[13]. 23-sentabr kuni „Deportivo Alaves“ ustidan mehmonda 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi[14].
Arsenal (ijara)
tahrir2019-yilning 25-iyulida Seballos Angliya Premer-ligasining „Arsenal“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi[15]. 17-avgust kuni „Arsenal“ safida „Byornli“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻyindagi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[16]. 3-oktyabr kuni Sebalos UEFA Yevropa ligasining 2019-20 yilgi mavsumi guruh bosqichida „Standart Liej“ga qarshi uy uchrashuvida 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, „Arsenal“ libosidagi debyut golini kiritdi[17]. 2020-yilning 28-iyunida u Angliya kubogi 2019-20 chorak finalida 1:2 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda qoʻshib berilgan vaqtda Sheffild Yunayted darvozasiga hal qiluvchi ikkinchi golini urdi[18]. U finalda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi, „Arsenal“ "Uembli" stadionida „Chelsi“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi[19].
Real Madridga qaytish
tahrir2022-yilning 28-mayida Sebalos 2022-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida 90-daqiqada Luka Modrich oʻrniga maydonga tushdi, bu oʻyinda „Real Madrid“ "Liverpul" ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[20].
Terma jamoa
tahrir2014-yil 5-noyabrda Sebalos Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirildi[21] va Germaniya, Fransiya[22] hamda Gretsiyaga qarshi oʻyinlarda terma jamoa sharafini himoya qildi[23]. 2015-yilning 26-martida 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi, Kartagenada Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda Samu Castillejoning oʻrniga maydonga tushdi[24]; toʻrt kundan soʻng, Leonda u Belarus ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda birinchi startini amalga oshirdi[25].
Seballos 2018-yilning 11-sentyabr kuni UEFA Millatlar Ligasi doirasida Xorvatiya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda kattalar jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[26]. Mamlakat terma jamoasi libosidagi ilk golini 15-noyabr kuni Zagrebda ayni raqibga qarshi va ayni oʻsha musobaqa doirasidagi 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi[27].
Karyera statistikasi
tahrir- 2022-yil 10-avgust holatiga ko'ra
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga Kubogi | Yevropa | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Real Betis | 2013-14[28] | La Liga | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 1 | 0 | |||
2014-15[29] | Segunda División | 33 | 5 | 2 | 0 | — | — | — | 35 | 5 | ||||
2015-16[30] | La Liga | 34 | 0 | 4 | 0 | — | — | — | 38 | 0 | ||||
2016-17[31] | La Liga | 30 | 2 | 1 | 0 | — | — | — | 31 | 2 | ||||
Jami | 98 | 7 | 7 | 0 | — | — | — | 105 | 7 | |||||
Real Betis B | 2014-15[29] | Segunda División B | 4 | 0 | — | — | — | — | 4 | 0 | ||||
Real Madrid | 2017-18[32] | La Liga | 12 | 2 | 5 | 0 | — | 4 | 0 | 1 | 0 | 22 | 2 | |
2018-19[33] | La Liga | 23 | 3 | 6 | 0 | — | 3 | 0 | 2 | 0 | 34 | 3 | ||
2021-22 | La Liga | 11 | 0 | 2 | 0 | — | 5 | 0 | 0 | 0 | 18 | 0 | ||
2022-23 | La Liga | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | ||
Jami | 46 | 5 | 13 | 0 | — | 12 | 0 | 4 | 0 | 75 | 5 | |||
Arsenal (ijara) | 2019-20 | Premier League | 24 | 0 | 5 | 1 | 2 | 0 | 6 | 1 | — | 37 | 2 | |
2020-21 | Premier League | 25 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 12 | 0 | — | 40 | 0 | ||
Jami | 49 | 0 | 5 | 1 | 5 | 0 | 18 | 1 | — | 77 | 2 | |||
Karyera boʻyicha jami | 197 | 12 | 25 | 1 | 5 | 0 | 30 | 1 | 4 | 0 | 261 | 14 |
Xalqaro
tahrir- 2020-yil 13-oktyabr holatiga ko'ra[34]
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2018 | 5 | 1 |
2019 | 4 | 0 | |
2020 | 2 | 0 | |
Jami | 11 | 1 |
Sovrinlar
tahrirReal Betis
- Segunda divizioni: 2014-15[35]
Real Madrid
- La Liga: 2021-22[36]
- Ispaniya Superkubogi: 2017[37], 2021-22[38]
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2017-18[39], 2021-22[40]
- UEFA Superkubogi: 2022[41]
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2017[42], 2018[43]
Arsenal
- Angliya kubogi: 2019-20[44]
Ispaniya U19
- 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2015[45]
Ispaniya U21
- 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2019-yil[46]; ikkinchi oʻrin: 2017[47]
Ispaniya Olimpiya jamoasi
- Yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali: 2020[48]
Individual
Manbalar
tahrir- ↑ „Acta del Partido celebrado el 30 August 2014, en Sevilla“ [Minutes of the Match held on 30 August 2014, in Seville] (es). Royal Spanish Football Federation. 2014-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
- ↑ „FIFA Club World Cup UAE 2017: List of Players: Real Madrid CF“. FIFA (2017-yil 30-noyabr). 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Dani Ceballos: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
- ↑ „Dani Ceballos: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
- ↑ „Ceballos turns 22“. Real Madrid CF (7-avgust 2018-yil). Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
- ↑ Aguado. „'Dani Nike', la perla que brilla en el Betis y dejó escapar el Sevilla“ (ispancha). El Desmarque (4-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
- ↑ González, M.. „Dani Ceballos, las lágrimas de una madre por un sueño“ (ispancha). ABC (28-aprel 2014-yil). Qaraldi: 26-may 2014-yil.
- ↑ „El Betis ata a una joya con alma de entrenador“ (ispancha). Cuenta con la Cantera (22-fevral 2014-yil). 2014-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2014-yil.
- ↑ „El bético Dani Ceballos renueva hasta 2020“ (ispancha). Mundo Deportivo (15-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2016-yil.
- ↑ Espina, José A.. „Joaquín, Adán y Ceballos salvan al Betis y también a Víctor“ (ispancha). Diario AS (16-aprel 2017-yil). Qaraldi: 18-avgust 2017-yil.
- ↑ „Comunicado oficial: Dani Ceballos“ (ispancha). Real Madrid CF (14-iyul 2017-yil). Qaraldi: 14-iyul 2017-yil.
- ↑ „Ceballos rejects Barcelona to agree six-year Real Madrid contract“. Marca (8-iyul 2017-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2017-yil.
- ↑ Bull, JJ. „Real Madrid 2 Barcelona 0 (5–1 on aggregate): Woeful Barca dismissed as Zinedine Zidane's unstoppable side win Super Cup“. The Daily Telegraph (16-avgust 2017-yil). Qaraldi: 17-avgust 2017-yil.
- ↑ Sánchez, Jesús. „Tomen nota de Ceballos“ (ispancha). Marca (23-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Dani Ceballos and William Saliba sign for Arsenal“. BBC Sport (25-iyul 2019-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ Aarons, Ed. „Lacazette and Aubameyang give Arsenal the edge over sturdy Burnley“. The Observer (17-avgust 2019-yil). Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.
- ↑ Doyle, Tom. „Arsenal vs Standard Liege highlights: Watch Europa League goals – Martinelli, Willock, Ceballos“. London Evening Standard (3-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 19-iyul 2020-yil.
- ↑ „FA Cup: Arsenal's Dani Ceballos scores late winner against Sheffield United“. BBC Sport (28-iyun 2020-yil). Qaraldi: 1-may 2021-yil.
- ↑ Hytner, David. „Aubameyang at the double as Arsenal turn tables on Chelsea to win FA Cup“. The Guardian (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Liverpool 0–1 Real Madrid“. UEFA (28-may 2022-yil).
- ↑ González, N.. „Dani Ceballos tampoco estará en el duelo del Betis en Zaragoza“ (ispancha). Marca (5-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Dani Ceballos, titular en el triunfo de España sub 19“ (ispancha). ABC (15-noyabr 2014-yil). 2014-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Dani Ceballos participa en otra victoria de España sub 19“ (ispancha). ABC (17-noyabr 2014-yil). 2014-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
- ↑ Muñoz. „REPORT – Spain beats Norway and strengthens the team (2–0)“. Royal Spanish Football Federation (26-mart 2015-yil). 7-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
- ↑ „España 4–0 Bielorrusia: Bienvenidos al show de Gerard Deulofeu“ (ispancha). Goal.com. Perform Group (30-mart 2015-yil). Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
- ↑ Dunne, Robbie. „Spain – Croatia match report: UEFA Nations League“. Diario AS (11-sentabr 2018-yil). 2018-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Croatia 3–2 Spain“. UEFA (15-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Dani Ceballos: Matches: 2013–14“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ 29,0 29,1 „Dani Ceballos: Matches: 2014–15“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Dani Ceballos: Matches: 2015–16“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Dani Ceballos: Matches: 2016–17“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Dani Ceballos: Matches: 2017–18“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Dani Ceballos: Matches: 2018–19“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Ceballos, Dani“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ Pineda, Rafael. „Las siete claves del ascenso del Betis“ (ispancha). El País (25-may 2015-yil). Qaraldi: 21-avgust 2018-yil.
- ↑ Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
- ↑ „Acta del Partido celebrado el 13 de agosto de 2017, en Barcelona“ (ispancha). Royal Spanish Football Federation. 2017-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
- ↑ Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Dani Ceballos“. Real Madrid.
- ↑ „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
- ↑ „Real Madrid 2–0 Eintracht Frankfurt: Five-star Madrid triumph in Helsinki“. UEFA.com. Union of European Football Associations (10-avgust 2022-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „Match report: Real Madrid Club de Fútbol – Grêmio Foot-Ball Porto Alegrense“. FIFA. 2018-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Club World Cup 2018: Final: Real Madrid – Al Ain FC 4:1: Match details“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
- ↑ McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
- ↑ „Final: Spain 2–0 Russia: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Final: Spain 2–1 Germany: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Final: Germany 1–0 Spain: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Tokyo Olympics: Brazil defend gold medal, down Spain in extra time of men's soccer final“. cbssports.com (7-avgust 2021-yil). Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
- ↑ „Spain's Dani Ceballos named Player of the Tournament“. UEFA (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 30-iyun 2017-yil.
- ↑ „Official Under-21 Team of the Tournament“. UEFA (1-iyul 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Dani Ceballos haqida turkum mavjud |
- Profile Real Madrid CF saytida
- Dani Ceballos – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Dani Ceballos – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)