Dani Olmo
Daniel Olmo Karvaxal (1998-yil 7-mayda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Barselona“ klubi va Ispaniya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi yoki chap qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi[4].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Daniel Olmo Carvajal[1] | ||
Tavallud sanasi | 7-may 1998-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Terrassa, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.76 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumkor yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Barcelona | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2006—2007 | Espanyol | ||
2007—2014 | Barcelona | ||
2014—2015 | Dinamo Zagreb | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2017 | Dinamo Zagreb II | 25 | (3) |
2015—2020 | Dinamo Zagreb | 80 | (20) |
2020—2024 | RB Leipzig | 107 | (17) |
2024— | Barcelona | 11 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2014 | Ispaniya U16 | 3 | (0) |
2015 | Ispaniya U17 | 9 | (1) |
2016 | Ispaniya U18 | 3 | (1) |
2018—2019 | Ispaniya U21 | 14 | (6) |
2021 | Ispaniya U23 | 7 | (1) |
2019— | Ispaniya | 41 | (11) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-avgust uchun) |
„La Masia“ akademiyasida yetti yil davomida taʼlim olganidan soʻng, 2015-yilda Xorvatiyaning „Dinamo Zagreb“ jamoasida professional debyut qilgan. U klub safida jami 124 ta oʻyinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan. Zargrebdagi 5 yillik faoliyati davomida besh marta liga va uch marta kubokni qoʻlga kiritgan. 2020-yilgi mavsum avvalida RB Leipzig klubi tarkibiga qoʻshilgan va u yerda 2022 va 2023-yillarda ikkita Germaniya kubogini shuningdek, 2023-yilgi Germaniya Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi mavsum avvalida „Barselona“ klubiga qaytgan.
Olmo Ispaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan 2019-yilgi UEFA Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan va 2020-yilgi Olimpiya turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 2019-yilda terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan va UEFA Yevro-2020 yarim finaliga chiqqan. 2023-yilgi UEFA Millatlar ligasida gʻolib chiqqan. Olmo Yevro-2024 turnirida gʻolib chiqqan Ispaniya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
Klublardagi faoliyati
tahrirKataloniyaning Barselonadagi Terrassa shahrida tugʻilgan Olmo "Barselona" yoshlar akademiyasiga toʻqqiz yoshida kelgan[5].
Dinamo Zagreb
tahrirOlmo kutilmaganda 2014-yilning 31-iyulida 16 yoshida Zagrebning „Dinamo“siga kelib qoʻshildi[6]. U 2015-yilning 7-fevralida Zagrebning „Lokomotiva“ klubiga qarshi oʻyinda jamoadagi debyutini oʻtkazdi[7]. 2016-yilning 22-avgustida Olmo Zagrebning Dinamo klubi bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi[8].
2019-yil 18-sentabrda u Chempionlar ligasidagi debyutini oʻz maydonida „Atalanta“ga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazdi[9]. U musobaqadagi ilk golini 22-oktabr kuni Donetskning „Shaxtyor“ klubiga mehmonda (2:2) urgan edi[10]. U 11-dekabr kuni „Manchester Siti“dan 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan „Dinamo“ning yagona goliga mualliflik qildi[11][12].
RB Leypsig
tahrir2020-yilning 25-yanvarida Olmo Bundesliganing „RB Leypsig“ klubiga oʻtidi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi[13][14].
U debyutini 2020-yil 1-fevralda, Myonxengladbaxning „Borussiya“si ga qarshi oʻtkazdi.[15] Uch kundan soʻng u Frankfurtning „Ayntraxt“iga oʻyinda maydonga tushib, oʻzining ilk golni kiritdi[16].
Terma jamoadagi faoliyat
tahrirYoshlar jamoalarida
tahrirOlmo 2015-yilda Bolgariyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan[17]. 2017-yil oxirlarida Zagrebning „Dinamo“ klubi direktori Tomislav Svetina klub oʻsmirning Xorvatiya fuqaroligini olish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilaganini aytdi. Olmoning oʻzi xalqaro miqyosda Xorvatiyaga oʻtish istagini koʻrsatdi[18]. Biroq, 2018-yil oktyabr oyida u Ispaniya U21 terma jamoasida debyut qildi.
Olmo 2019-yil noyabr oyida Malta va Ruminiyaga qarshi Evro-2020 saralash bosqichi uchun Ispaniya terma jamoasiga jalb etildi[19]. U 15-noyabr kuni 66-daqiqada Alvaro Morata oʻrniga maydonga tushib oʻz debyutini oʻtqazdi[20].
Shaxsiy hayoti
tahrirOlmoning otasi Mikel sobiq futbolchi. U quyi liga jamoalarida professional tarzda oʻynagan[21] Danining akasi Karlos ham futbolchi boʻlib Karlovac 1919 safida oʻynaydi. Olmo xorvat tilida bemalol gapiradi[22].
Faoliyatidagi statistikasi
tahrirTerma jamoadagi statistikasi
tahrir- match played 15 November 2024[23]
Terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2019 | 1 | 1 |
2020 | 7 | 0 | |
2021 | 10 | 2 | |
2022 | 11 | 2 | |
2023 | 3 | 2 | |
2024 | 9 | 4 | |
Jami | 41 | 11 |
- match played 15 November 2024
- Scores and results list Spainʼs goal tally first.[23]
№ | Sana | Stadion | Oʻyin | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2019-yil 15-noyabr | Estadio Ramón de Carranza, Kadis, Ispaniya | 1 | Malta | 5–0 | 7–0 | UEFA Yevro-2020 saralashi |
2 | 2021-yil 28-mart | Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya | 10 | Gruziya | 2–1 | 2–1 | 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
3 | 2021-yil 31-mart | Estadio de La Cartuja, Sevilla, Ispaniya | 11 | Kosovo | 1–0 | 3–1 | 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
4 | 2022-yil 26-mart | RCDE Stadium, Cornellà de Llobregat, Ispaniya | 19 | Albaniya | 2–1 | 2–1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
5 | 2022-yil 23-noyabr | Al-Tumama stadioni, Doha, Qatar | 26 | Kosta Rika | 1–0 | 7–0 | FIFA Jahon chempionati 2022 |
6 | 2023-yil 25-mart | La Rosaleda, Málaga, Ispaniya | 30 | Norvegiya | 1–0 | 3–0 | UEFA Yevro-2024 saralashi |
7 | 2023-yil 8-sentyabr | Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya | 32 | Gruziya | 3–0 | 7–1 | UEFA Yevro-2024 saralashi |
8 | 2024-yil 26-mart | Santiago Bernabéu, Madrid, Ispaniya | 33 | Braziliya | 2–0 | 3–3 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
9 | 2024-yil 30-iyun | RheinEnergieStadion, Cologne, Germaniya | 36 | Gruziya | 4–1 | 4–1 | UEFA Yevro 2024 |
10 | 2024-yil 5-iyul | MHPArena, Stuttgart, Germaniya | 37 | Germaniya | 1–0 | 2–1 (q.v) | UEFA Yevro 2024 |
11 | 2024-yil 9-iyul | Allianz Arena, München, Germaniya | 38 | Fransiya | 2–1 | 2–1 | UEFA Yevro 2024 |
Yutuqlar
tahrirDinamo Zagreb
- Prva HNL: 2014-15, 2015-16, 2017-18, 2018-19, 2019-20
- Xorvatiya kubogi: 2014-15, 2015-16, 2017-18
- Xorvatiya Superkubogi: 2019-yil
RB Leypsig
- DFB-Pokal: 2021-22[24]
Ispaniya U21
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2019[25]
Ispaniya U23
- Yozgi Olimpiada kumush medali: 2020 yil
Ispaniya
- UEFA Millatlar ligasi gʻolibi: 2020-21[26]
Shaxsiy sovrinlari
tahrir- 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2019[27]
- UEFA Chempionlar Ligasi XI: 2019[28]
- Prva HNL yilning eng yaxshi futbolchisi: 2018[29]
- Trophy Footballer – Prva HNLning eng yaxshi futbolchisi: 2019[30]
- Trophy Footballer – Eng yaxshi Prva HNL U-21 futbolchisi: 2019[30]
- Trophy Footballer – Prva HNL yilning eng yaxshi jamoasi: 2019[30]
- GNK Dinamo Zagreb yilning eng yaxshi futbolchisi: 2019
- SIMPOSAR xalqaro sport simpoziumi – Yil kashfiyoti: 2019[31][32]
Manbalar
tahrir- ↑ „Squad List: Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020: Spain (ESP)“. FIFA (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
- ↑ Dani Olmo | Dinamo Zagreb — GNK Dinamo
- ↑ „Dani Olmo UEFA“.
- ↑ Onyekwe, Samuel. „Five Spain stars to keep an eye on as European Under-21 Championship continues“. Daily Mirror (2019-yil 22-iyun). Qaraldi: 2019-yil 2-iyul.
- ↑ Pandey. „Lowdown on Manchester United target Dani Olmo: Scout Report“. Calcio Mercato (2019-yil 3-iyul). Qaraldi: 2019-yil 18-avgust.
- ↑ „Dinamo Zagreb Sign Talented Spain & Barcelona Youth Captain“. Croatia Week (2014-yil 31-iyul). Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr.
- ↑ MODRA BUDUĆNOST: SJAJNI MLADIĆI KOJI NEZAUSTAVLJIVO DOLAZE at gnkdinamo.hr (in Croatian), 12 February 2015
- ↑ OLMO DAO POVJERENJE DINAMU NA IDUĆE ČETIRI GODINE at gnkdinamo.hr (in Croatian), 22 August 2016
- ↑ „Dinamo Zagreb–Atalanta | UEFA Champions League“. UEFA.com (2019-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ „Shakhtar Donetsk–Dinamo Zagreb | UEFA Champions League“. UEFA.com (2019-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
- ↑ „Dinamo Zagreb–Manchester City | UEFA Champions League“. UEFA.com (2019-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 18-yanvar.
- ↑ „I POBJEDNIK JE - DANI OLMO! Stiglo veliko priznanje za najskupljeg Dinamovog igrača: Najljepši potez posljednjeg kola Lige prvaka viđen je u Maksimiru“ (hr). Sportske novosti (2019-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 18-yanvar.
- ↑ „Dani Olmo verstärkt RB Leipzig!“ (de). dierotenbullen.com. RB Leipzig (2020-yil 25-yanvar). 2021-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
- ↑ „Dani Olmo joins RB Leipzig from Dinamo Zagreb“ (en). bundesliga.com - the official Bundesliga website. Qaraldi: 2020-yil 26-yanvar.
- ↑ HINA. „VIDEO: POGLEDAJTE TRENUTAK KADA JE DANI OLMO DEBITIRAO I POGODIO STATIVU! Bivši dinamovac sjajnim potezom zapalio tribine, Leipzig do boda u završnici“ (hr). Sportske novosti (2020-yil 1-fevral). Qaraldi: 2020-yil 1-fevral.
- ↑ „VIDEO: DANI OLMO ZABIO PRVIJENAC U DRESU RB LEIPZIGA Pogledajte kako je donedavni Dinamov as već u drugom nastupu pokazao koliko vrijedi!“ (hr). Sportske novosti (2020-yil 4-fevral). Qaraldi: 2020-yil 15-fevral.
- ↑ http://www.thefa.com/news/2015/may/19/england-v-spain-u17-world-cup-play-off-match-19052015
- ↑ Spanish Teenage Talent Wants to Play for Croatia
- ↑ „VELIKA VIJEST: DINAMOVAC DOBIO PRIZNANJE KARIJERE! Dani Olmo po prvi je put postao reprezentativac jedne od najmoćnijih nogometnih nacija!“ (hr). Sportske novosti (2019-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
- ↑ „Santi Cazorla scores first Spain goal in four years in win over Malta“. BBC Sport (2019-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-noyabr.
- ↑ „Al Barça se le fugan los canteranos: Dani Olmo rompe su contrato y se marcha al Dinamo de Zagreb“ (es). Voz Populy (2014-yil 1-avgust). Qaraldi: 2017-yil 24-fevral.
- ↑ „BRAVO, LJUDINO! Dani Olmo sjetio se Vukovara, nije čudo da je miljenik navijača“ (hr). direktno.hr (2018-yil 19-noyabr). 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
- ↑ 23,0 23,1 „Daniel Olmo“. EU-Football.info. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
- ↑ Peeters. „A thriller in Berlin: how relentless RB Leipzig won their first major title“. Red Bull (2022-yil 23-may). 2022-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ Begley, Emlyn. „Spain U21 2–1 Germany U21“. BBC Sport (2019-yil 30-iyun). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
- ↑ „France beat Spain to win Nations League“. UEFA. Union of European Football Associations (2021-yil 10-oktyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Official Under-21 Team of the Tournament“. UEFA (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-iyul.
- ↑ „Champions League breakthrough team of 2019“. UEFA (2019-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 30-dekabr.
- ↑ „Dani Olmo najbolji je nogometaš godine prema izboru kapetana hrvatskih prvoligaša“ (hr). tportal.hr. Qaraldi: 2018-yil 20-dekabr.
- ↑ 30,0 30,1 30,2 „Luka Modrić najbolji, Dinamo pokupio brojne nagrade“ (hr) (2019-yil 2-iyun). 2019-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
- ↑ „Dani Olmo named best player in the Balkans“ (es) (2019-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
- ↑ „Dani Olmo, best player of the Balkans of 2019“. Time24.news (2019-yil 6-dekabr). 2019-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Dani Olmo haqida turkum mavjud |
- Profil FC Barcelona saytida
- Profil Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi saytida (ispancha)
- Dani Olmo – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)