Dasht zaharli qora iloni
Dasht zaharli qora iloni yoki gadyuka deb ham nomlanuvchi uncha katta boʻlmagan ilonlar — viperalar (gadyukasimon ilonlar) oilasiga mansub. Bu ilon tanasining uzunligi 55smni tashkil etadi. Dumi qisqa — 4-6sm. Tanasi yoʻgʻon. Ogʻzining tepa qismida joylashgan tishlari uzun. Boshi uchburchak yoki trapetsiyasimon. Koʻzlari vertikal joylashgan.[1] Tanasining rangi qoʻngʻirsimon-kulrang tusli, orqa tomoni boʻylab egri-bugri chiziqlari, baʼzan esa dogʻlari boʻladi. Yon tomonlari toʻq rangli, tana rangidan uncha ajralib turmaydigan dogʻlar bilan qoplangan boʻladi. Yon tomonidagi tangachalarining rangi nisbatan ochroq.
Koʻp uchraydigan hududlar
tahrirOʻzbekistonda keng tarqalgan zaharli ilonlardan biri boʻlgan dasht zaharli qora iloni (gadyuka) respublikamizning, asosan, Sirdaryo boʻylarida, Chirchiq vodiysida Xoʻjakentdan Chinozgacha boʻlgan hududlarida uchratish mumkin. Sirdaryo vodiysida Xovosdan pastroqda koʻproq. Chotqol tizma togʻlarida Xumson, Chimyon, Parkent hududida esa nisbatan kamroq. Daryo vohalaridagi chingʻil va shoʻra oʻtlar koʻp oʻsadigan koʻllarning qirgʻoqlarida, sholipoyalar atrofida (umuman nam joylarda) koʻproq yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib, yashirinib yashaydi. Oʻrmon zonalarida kam uchraydi.
Faol harakatdagi vaqti
tahrirDasht zaharli qora iloni ham boshqa koʻpgina hayvonlar singari qish faslida qishlash uchun inlarga kirib ketadi. Qishlashdan soʻng mart oyi oxirlari paydo boʻla boshlaydi. Dastlab, kunlar iliq boʻlganligi sababli kunduzi faol haraktda boʻladi. May oyida esa faqatgina ertalablari tashqariga chiqadi. Yoz oylariga kelib faqat tunda ov qiladigan boʻladi.
Dasht zaharli qora iloni zaxri
tahrirGadyuka turiga kiruvchi ilonlar faqatgina erkin ov qilishga halaqit berilganda va bezovta etilganda odamga tashlanishi mumkin. Bu turdagi ilonlarning tepa jagʻida oʻrnashgan zaharli tishlari juda uzun. Bu tishlar orasida yoriq boʻlib, u koʻz orti boʻshligʻidagi zaharli bezlar bilan ulangan. Tishlayotgan payti ilon chaynash mushaklarini qisqartiradi va zahar tishlari orqali ochiq jarohatga tizillab otilib kiradi. Qora ilon chaqganida uning zaxri, asosan nafas markazlariga taʼsir qiladi. Zaharli ilon chaqqanida darhol zaxar qoʻl bilan siqib yoki ogʻiz bilan soʻrib chiqarib tashlanishi lozim. Ilon zaxari odam soʻlagi taʼsirida ancha parchalanadi va inson ogʻiz yoʻllari bilan hech qanday holatda zaharlanmaydi (Hatto, zararlangan tishlar boʻlsa ham). Lekin, qonni 5-8daqiqadan uzoq siqib yoki soʻrib chiqarish mumkin emas. Zaxar chiqazib tashlangandan soʻng, margansovka, spirt yoki sodali suvda hoʻllanga paxta bilan jarohat oʻrni bosib turilishi kerak. Ilon chaqqan odam suv, limonad, sut, kofe ichishi, tarvuz yeyishi foydali.
Qoʻshimcha
tahrir•Yerda yashaydi, ayrim turlari daraxtga sudralib chiqa oladi. •Mayda umurtqalilar (hashoratlar, chigirtka, kemiruvchilar) bilan oziqlanadi. •tuxumdan tirik tugʻish yoʻli bilan koʻpayadi.[2]