Dashti margʻo (forscha: دشت مارگو) — Afgʻonistonning jan.-gʻarbdagi choʻl, Hilmand va Xashrud daryo vodiylari oraligʻida. Mayd. 150 ming km². Bal. 500—700 m. Dor daryosining qurigan oʻzani kesib oʻtadi. Iqlimi subtropik; yogʻin yiliga 50— 100 mm. Yer yuzasining koʻp qismi toshloq va gil tuproqli, baʼzi joylarida shuvoq va boyalichlar oʻsadi. Jan.-gʻarbida qum tepalari bor, ular oraligʻi esa taqir va shoʻrxoklardan iborat. Yaylov chorvachiligi va tuyachilik bilan shugʻullaniladi. Choʻlning chekka qismida vohalar uchraydi.

Dashti Margʻo
forscha: دشت مارگو
31°0′0″N 63°0′0″E / 31.00000°N 63.00000°E / 31.00000; 63.00000
MamlakatAfgʻoniston Afgʻoniston
JoylashuviAfgʻoniston
Dashti Margʻo (Afgʻoniston)
Dashti Margʻo

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil