David Mumford
David Bryant Mumford (talaffuzi: Devid Brayant Mamford) (1937-yil 11-iyunda tugʻilgan) — amerikalik matematik. U algebraik geometriya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Mumford 1974-yili Fields medali bilan, 2008-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. Hozirda u Brown universitetining amaliy matematika boʻlimida professor boʻlib ishlaydi.
David Mumford | |
---|---|
Tavalludi |
11-iyun 1937-yil Worth, West Sussex |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Brown universiteti Harvard universiteti |
Taʼlimi | Harvard universiteti |
Akademik rahbarlari | Oscar Zariski |
Mashhur shogirdlari |
Avner Ash Henri Gillet Tadao Oda Emma Previato Malka Schaps Jonathan Wahl |
Mashhur ishlari |
Algebraik geometriya Mumford yuzasi Mumford–Shoh funksionali |
Mukofotlari |
Putnam hamkori (1955, 1956) Sloan stipendiyasi (1962) Fields medali (1974) MacArthur stipendiyasi (1987) Shaw mukofoti (2006) Steele mukofoti (2007) Wolf mukofoti (2008) Longuet-Higgins mukofoti (2005, 2009) Milliy fan medali (2010) BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Award (BBVA jamgʻarmasi Ilm chegaralari mukofoti) |
Mumfordning otasi amerikalik, onasi esa angliyalik boʻlgan. U Harvard universitetida oʻqigan. 1961-yilda Oscar Zariski rahbarligida „Har qanday egri chiziq uchun modullar fazosining mavjudligi“ (inglizcha: Existence of the Moduli Scheme for Curves of Any Genus) nomli dissertatsiyasini himoya qilgan.
Mumfordning asosiy ishi algebraik geometriya sohasiga tegishlidir. U Harvard maktabining anʼanalarini davom ettirib, eski anʼanalarni saqlagan holda Alexander Grothendieck fikrlaridan foydalangan.
Mumford 2012-yildan beri Amerika matematika jamiyatining aʼzosidir. U 1995-1998-yillarda Xalqaro matematika ittifoqining prezidenti boʻlgan.