Depeche Mode
Depeche Mode (Depesh Mod, fr.dan tarjimasi «Moda Habarchisi») — 1980-yilda Bezildonda tashkil topgan britaniyalik «new wave» guruh. Bu guruh o'ziga hos elektronik va rock musiqasi stiliga ega. Depeche Mode muvaffaqiyatli va anchadan beri ijod qilib kelayotgan guruhlardan beri. Guruh hali ham albomlar chiqaradilar va guruhga 25-yil bo'lishiga qaramasdan hali ham ijodlari zamonaviy ruhga ega. 2006-yil 2 noyabrda Depeche Mode MTV Europe Music Awardsda "Eng yaxshi guruh" tanlovida yutdi. 2006-yilgacha 73 million albomlari sotildi. Guruhning 44 ta singllari Britaniya hit-paradlariga kirdi.
Depeche Mode | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Mamlakat | Angliya |
Faoliyat yillari | 1980-bugun |
Janr |
New Wave Synthpop Post-Punk Alternative Dance |
Leybl |
Mute Sire Reprise |
Tarkib |
David Gahan Martin Gore |
Sobiq aʼzolar |
Vince Clarke (1980-1981) Andrew Fletcher (1980-2022) Alan Wilder (1982-1995) |
Vebsayt | depechemode.com |
Depeche Mode o'z ijodining ilk yillarida Germaniyalik elektronik musiqa qilgan Kraftwerk guruhidan o'rnak oladilar va bu ularning ijodida sezilardi. Keyinchalik esa boshqa guruhlar Depeche Modedan o'rnak olishni boshlaydilar. Guruh elektronik raqs musiqasiga katta tasir ko'rsatgan bo'lsada, guruh alternative musiqa bilan shug'ullangan guruhlarga kiritiladi.
Depeche Mode 1980-yilda kvartet bo'lib tashkil topgan. Guruh Tarkibiga David Gahan (vokal), Martin Gore (klavishlar, gitara, vokal), Andrew Fletcher (klavishlar) va Vince Clarke (klavishlar) kirgan. Vince Clarke 1981-yil guruhdan ketadi, uni o'rniga Alan Wilder (klavishlar, baraban) keladi. Alan Wilder guruhda 1982-yildan 1995-yilgacha ijod qiladi. Alan ketganidan keyin esa guruh hozirgi kungacha trio bo'lib ijodini davom ettirmoqda.
1977–1980: Guruhning tashkil topishi
tahrir«Depeche Mode»ning ildizlari Vice Clarke va Andrew Fletcher «No Romance in China» guruhini tuzgan 1977-yilga borib taqaladi. 1978-yilda Clarke «The Plan» guruhida maktabdoshi Robert Marlow bilan ijod qiladi. O'sha paytlar, ya'ni 1978-1979-yillar Martin Gore «Norman and The Worms» akustik duetda maktabdoshi Philip Burdett bilan ishtirok etadi. 1979-yil Marlow, Gore va Clarke va do'stligi Paul Redmond «The French Look» guruhini tashkil qiladilar. Tahminan 1 yildan keyin, 1980-yilning mart oyida Clarke, Gore va Fletcher «Composition of Sound» guruhini tuzadilar.
Clarke David Gahanni bir konsertda qo'shiq aytganini ko'rgandan keyin, 1980-yil uni guruhga qo'shadilar. Shunday qilib «Depeche Mode» hosil bo'ladi. Guruhning nomi «Dépêche mode» deb nomlangan, moda yangiliklari haqidagi fransuz jurnalidan olinadi. «se dépêcher» (shoshmoq) so'zidan kelib chiqib, guruhning nomi «Tezkor Moda»ga noto'g'ri tarjima qilinadi.
1981–1983: Ilk Muvaffaqqiyatlar
tahrir«Bridge House» klubida sahna oladilar va u yerda «Mute Records»ning tashkilchisi Daniel Miller ularga o'z leybli uchun debyut albom chiqarishlarini taklif qiladi. Bu shartnomaning mahsuli 1981-yil fevral oyida chiqarılgan «Dreaming of Me» qo'shig'i bo'ldi. Qo'shiq Britaniya chartlarida 57-o'ringa chiqishga muyassar bo'ldi. Bu kutilmagan muvaffaqiyat ularga ikkinchi qo'shiqlari «New Life»ni yozishga turtki bo'ladi. Bu qo'shiq 11-o'ringa chiqadi. Uch oydan keyin guruh Buyuk Britaniyaning eng yaxshi o'n qo'shiqlari orasiga kirgan, «Just Can’t Get Enough» singlini chiqaradilar. Bu qo'shiq keltirgan muvaffaqiyat ularga birinchi albomlari «Speak & Spell»ni chiqarishga turtki bo'ladi. Albom 1981-yilning noyabr oyida chiqadi va Britaniya albom chartlarida 10-o'ringa chiqadi. Kritikalar juda har hil edi. «Melody Maker» gazetasi albom haqida shunday yozadi:«Buyuk albom... Bu yosh fanatlarni jalb qilish uchun ularga kerak bo'lgan yagona narsa». O'sha paytlar «Rolling Stone» jurnali yana ham kritik yondashib, bu albomni muvaffaqiyatsiz, barbod albom deydi.[1]
Turne va albom tanitimi vaqtlarida Clarke guruhning qarb ketayptgan yo'nalishidan mamnun emasligini bildiradi. Keyinroq o'z mamnuniyatsizligini «Ubu narsa qilish uchun umuman vaqt yo'q edi» so'zlari bilan bildiradi. 1981-yil Clarke ommaviy holda guruhdan ketishini elon qiladi. Keyinchalik u blue qo'shiqchisi Alison Moyetga qo'shiladi va birgalikda «Yazoo» guruhini quradilar. 1985-yil esa Andy Bell bilan katta muvaffaqiyatga erishgan «Erasure» duetini tashkil qiladi. Depeche Mode guruhning asosiy bastakorini yo'qotganidan keyin, o'z yo'nalishini tanlab olishga ehtiyoj his qiladilar. «Tora! Tora! Tora!» va «Big Muff» qo'shiqlarini yozgan Martin Gore guruhning asosiy qo'shiq avtori bo'ldi. 1982-yil Clarkening ketganidan keyingi birinchi singllari «See You»ni chiqardilar. Bu qo'shiq oldingi chiqarilgan uch singldan ham o'tib tushdi va 6 oy Britaniya chartlaridan arimadi. Shu yilning ohirgi oylarida guruh yana 2 ta singl chiqaradi.(«The Meaning of Love» va «Leave in Silence») va «See You» deb nomlangan o'zlarining ilk dunyoviy turnelariga chiqadilar. Shu yilning sentyabr oyida ikkinchi albomlari «A Broken Frame» chiqadi. Albom Clarkening tarzida bir qancha qo'shiq(«The Meaning of Love», «A Photograph of You») va biroz mayus qo'shiqlardan(«Leave in Silence», «Monument») iborat edi. 1981-yilning ohirlarida «Melody Maker» gazetasiga quyidagicha e'lon beradilar: «Klavishchi kerak (vaqt o'tqazish uchun emas».
22-yoshli Londonlik klavishchi Alan Wilder e'lon orqali guruhga to'rtinchi ishtirokchi sifatida qo'shiladi. Miller Alanga yangi albomda ishtirok etishini aytadi. Ular Clarkesiz ham muvaffaqiyatga erisha olishlari mumkin ekanligini isbotlamoqchi bo'ladilar. Alan ishtirokidagi ilk singl «Get the Balance Right!» 1983-yil yoziladi, lekin hech qaysi albomga kirmaydi. Uchinchi albomlari «Construction Time Again» ni chiqarish uchun prodyuser Gareth Jones bilan John Foxx studiosida ishlashga qaror beradilar. Albomdagi keskin o'zgarish qiyinchiliksiz seziladi. Bu o'zgarish Emulator va Synclavier semplerlari va analogli sintezatorlarni ishlatilingani bilan tushuntiriladi. Kundalik jismlarning shovqinini ishlatib, guruh elektrik, industrial ovozlar chiqaradilar. Bu o'zgarishlarga yaqqol misol albomning birinchi singli «Everything Counts» ni misol qilishimiz mumkin. Qo'shiq Janubiy Afrika, Shveysariya, Shvetsiya, Germaniya chartlarida 30 eng yaxshi qo'shiq safiga kiradi. Alan Wilder bu albom uchun ikki ta qo'shiq yozadi («The Landscape is Changing», «Two Minute Warning»).
1984–1988: Halqaro Mashhurlik
tahrirGuruh asoslangandan keyin, birinchi yillar "Depeche Mode" faqatgina Buyuk Britaniyada, Yevropada va Avstraliyada mashhur boʻladi. Hammasi 1984-yil "People Are People" singlini chiqarganlaridan keyin oʻzgaradi. Rasizm haqida boʻlgan bu qoʻshiq, Amerıkada 13-oʻrinda, Buyuk Britaniyada va Shveysariyada 4-oʻrın, Germaniyada esa 1-oʻringa chiqadi.
Bu kutilmagan muvaffaqiyatdan foyda qilmoqchi boʻlgan Sire Records "People Are People" nomida terma chiqaradi. Bir oydan keyin guruh "Some Great Reward" albomi ustidagi ishlarini tugatadi. "Melody maker" gazetasi bu albom haqida: "Bu yerda, burningizni tagida ro'y berayotgan ishlar sizlarni hayron qoldiradi".-deydi.[2]
"Some Great Reward" standart boʻlmagan jinsiy aloqalar ("Master And Servant"), nikohsiz aloqalar ("Lie To Me"), adolatsiz sud ("Blasphemous Rumours") va shunga oʻhshash maʻyus mavzularda edi. Shu qatorda albomga Martin Gorening birinchi balladasi - ("Somebody") ham kiradi. Balladaning ideyasi keyingi chiqariladigan albomlar uchun kalit boʻladi. Bu ularning AQSh chartlariga kirgan birinchi albomlari boʻladi.
1985-yilda Sire Records ikkinchi shimoliy amerikaviy terma albom - "Catching Up With Depeche Mode"ni (Yevropada u Mute Records studiyasi tomonidan chiqariladi va "The Singles 81>85" nomi bilan mashhur boʻlib, qoʻshiqlar roʻyxati bilan farq qilardi) yuqorida qayd etilgan "People Are People" albomiga toʻldirilma sifatida chiqaradi. Uning ichiga "Shake The Disease" (Germaniyada № 4, Shvetsiyada № 5, Shveysariyada № 6, Fransiyada № 13 va Buyuk Britaniyada № 18) va "It's Called A Heart" (Shvetsiya va Shveysariyada № 7, Germaniyada № 8, Buyuk Britaniyada № 18 va Fransiyada № 29) kabi yangi hitlar kirgandi.
Aynan shu paytda guruh Britaniyada yaqin orada tugʻilgan va AQSHda asta-sekin ommaviylashayotgan gotlar subkulturasi bilan assotsiatsiya qilinardi. AQSHda guruh talabalar radiostansiyalari va zamonaviy rokni toʻlqinlarida uzatuvchi "KROQ" (Los Anjeles) va "WLIR" (Long-Aylend, Nyu-York) kabi radiostansiyalari tufayli tanildi. Shundan kelib chiqadiki, ular asosan aniq muqobil auditoriyaga qarashdi. Bu planda guruh Yevropa va Buyuk Britaniyadagi holat bilan kontrastga kirgan edi. Germaniyada (va boshqa Yevropa davlatlarida) "Depeche Mode" oʻsmirlarning kumirlari sifatida chiqishardi, muntazam ravishda oʻsmirlar jurnallarining betlarida paydo boʻlishardi va bu ularning dushmanlariga koʻproq tanqid uchun mahsulot berar edi.
"Depeche Mode" bilan eng katta oʻzgarishlar 1986-yilda, ularning 15 singli - "Stripped" va "Black Celebration" albomi chiqqanida sodir boʻladi. Avvalgi ikki albomga xos boʻlgan "indastrial pop" jarangidan voz kechib (ammo semplingni qoldirib) guruh koʻproq atmosferaviy, notinch musiqaga oʻtishadi. Shuningdek, albom tarkibiga "Fly On The Windscreen" qoʻshigʻining oʻzgartirilgan varianti kiritiladi.
Enton Kobeyn (inglizcha: Anton Corbijn) rejisserlagan "A Question Of Time" videoklipi hozirgacha davom etayotgan uzoq ishchi munosabatlarga asos soldi. Enton koʻpchilik, yanada aniqrogʻi 19ta klipning (ohirgisi - "Suffer Well" 2006-y.da olingan), guruhning konsert yozuvlari, shuningdek, koʻpchilik albom va singllarning rejisseri boʻlgan.
1989–1994: Ikki Hit Albom
tahrir1989-yilning oʻrtalarida guruh "Flood" tahallusi bilan mashhur musiqiy prodyuser - Mark Ellis bilan Milanda qoʻshiq yozishni boshlaydi. Bu sessiyaning mahsuli - guruh avval yaratgan musiqadan keskin farq qiluvchi koʻzga tashlanadigan, ritmik musiqali "Personal Jesus" singli boʻldi. Singlning chiqishi oldidan viloyat gazetalarida, shaxsiy eʻlonlar boʻlimida "Sizning shaxsiy Isoyingiz" degan reklama paydo boʻldi. Keyinroq, reklama matniga telefon raqami qoʻshiladi, bu raqamga qoʻngʻiroq qilib, bu qoʻshiqni tinglash mumkin edi. Shundan soʻng alanga olgan polemika singlga Buyuk Britaniyada 13-oʻringa yetishiga imkon berdi va guruhning eng koʻp sotiladigan singllaridan biriga aylandi. AQSHda u birinchi oltin singl, "People Are People" vaqtidan beri 40ta hit tarkibiga kirgan hamda Warner Bros. Records tarixidagi eng koʻp sotiladigan 12-dyuymli singl boʻladi. Bu singlning kaver-versiyasi Jonni Kesh (inglizcha: Johnny Cash), Graviti Kills (inglizcha: Gravity Kills), Merilin Menson (inglizcha: Marilyn Manson) kabi musiqachilar tomonidan ijro etilgan. 2006-yilning sentyabrida "Q" britan jurnalining oʻquvchilari soʻrovining natijalariga koʻra qoʻshiq hamma zamonlarning eng yaxshi 100ta qoʻshigʻi tarkibiga kiritilgan. Shu paytda guruh AQSHda yanada mashhurroq boʻladi, ularning tehno va haus musiqa sahnasidagi ahamiyati koʻtariladi.
1990-yilning fevralida "Enjoy the Silence" guruhning eng muvaffaqiyatli singllaridan biriga aylanadi va britan chartlarida 6-oʻringacha yetadi. Bir necha oylardan soʻng u AQSH oʻntaligiga kirgan "Depeche Mode"ning birinchi (va hozirgi kunda yagona) singli boʻladi. U guruhning ikkinchi oltin singliga aylanadi. Oʻzlarining "Violator" yangi albomini ommaviylashtirib, ular Los-Anjelesdagi "Wherehouse Records" musiqiy magazinida avtograflar tarqatishadi, bu 17000 muhlisning diqqatini tortadi va tartibsizliklar yuz berishiga oz qoladi. "Violator" AQSH va Buyuk Britaniyaning eng yaxshi oʻntaligiga kirishga muvaffaq boʻladi. U shuningdek, AQSHda 3,5 milliondan ortiq nusha bilan tarqalib, uch karra platinaviy boʻladi. Undan keyingi dunyoviy tur navbatdagi koʻzga tashlanadigan muvaffaqiyat boʻladi, Nyu-Yorkdagi "Devlar Stadioni"da boʻlib oʻtadigan konsertga 40000ta chipta 8 soat davomida sotiladi, Los-Anjelesning "Dodjer" stadionidagi konsertga esa 48000 chipta bir soatdan kam vaqt davomida tugaydi. Bu albomning boshqa ikki singli - "Policy of Truth" va "World in My Eyes" Buyuk Britaniyada oʻrtacha mashhurlikka erishadi.
1991-yili "Depeche Mode" Vim Vendersning filmi - "Qachon dunyo tugaydi"ga saundtrek yozadilar, Alan Uaylder oʻzining yakkahon proekti "Recoil" uchun "Bloodline" nomli uchinchi albomni yozadi, u 1992-yilning aprelida chiqadi.
Guruh yoʻnalishidagi sezilarli oʻzgarishlar 1993-yilda "Songs of Faith and Devotion" albomining chiqishi bilan sodir boʻldi. Albomdagi eng katta diqqat instrumental aranjirovkalarga qaratilgan, ular sintezatordan koʻra koʻproq elektr gitarasining musiqasida va jonli barabanlarda asoslangan. Guruhning musiqasiga jonli strunali asboblar, irland volinkasi, shuningdek, gospel stilidagi ayol vokali qoʻshiladi.
Diskografiya
tahrirStudio Albomlari
tahrir- Speak & Spell (1981)
- A Broken Frame (1982)
- Construction Time Again (1983)
- Some Great Reward (1984)
- Black Celebration (1986)
- Music for the Masses (1987)
- Violator (1990)
- Songs of Faith and Devotion (1993)
- Ultra (1997)
- Exciter (2001)
- Playing the Angel (2005)
- Sounds of the Universe (2009)
- Delta Machine (2013)
- Spirit (2017)
- Memento Mori (2023)
Termalar
tahrir- The Singles 81→85 (1985)
- The Singles 86>98 (1998)
- Remixes 81–04 (2004)
- The Best Of, Volume 1 (2006)
- Remixes 2: 81–11 (2011)
Faqatgina AQShda chiqganlar
tahrir- People Are People (1984) — terma
- Catching Up with Depeche Mode (1985) — terma
Konsert Albomlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Fricke, D., "Speak & Spell" (Wayback Machine saytida 2009-05-05 sanasida arxivlangan), Rolling Stone, May 1982 - Retrieved 6-fevral 2007-yil
- ↑ McIlheney, B., "Greatness and Perfection", Melody Maker, 29-sentabr 1984-yil