Chinnigul (Dianthus) — chinniguldoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻt va yarim butachalar turkumi; manzarali ekma gul. 300 dan ortiq turi maʼlum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Dashtlar, oʻtloqzorlar, qumloq yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda yovvoyi hodda oʻsadigan koʻp yillik oʻt boʻlgan ʼ:< turi (angren, ugom, toʻrttangachali Ch.lar) uchraydi. Poyasi boʻgʻimlarga boʻlingan, barglari qaramaqarshi, bandsiz, toʻgʻri nashtarsimon yoki uchi utkir. Gulyonbargchasi kosachasiga yaqin joylashgan. Ch.ning koʻpgina turlari manzarali va ekib koʻpaytiriladi. Janubiy Yevropada keng tarkalgan bir va ikki yillik bog yoki golland chinniguli (D. caryophyllus) turi Ch.ning manzarali navlarini yaratishda asos boʻlgan. Guli bitta toʻpgulda, yirik, kalin, qatmaqat, xushboʻy, rangi har xil (qizil, pushti, sariq, oq va boshqalar). Koʻpgina mamlakatlarning sanoat gulchiligida ochiq yerlarda va issiqxonalarda yetishtiriladi. Koʻp yillik patli yoki turk Ch.i (D. barbatus) turining gullari mayda, gʻoyat xushboʻy, qalin toʻpgulga yigʻilgan. Gulchilikda ahamiyati katta. Bir yillik xitoy Ch.i (D. chinensis) turi gulining rangi va tuzilishi bilan farq qiladi. Ch.urugʻidan (urugʻi issiqxonalarda yanvar—maydi ssiiladi) va kalamchasidan (noyabr—mart oylarida ildiz oldiriladi) koʻpaytiriladi. Golland Ch.i 5—8 oyda gul chiqaradi, turk Ch.i 2yili iyun—iyulda, xitoy Ch.i iyundan birinchi qorasovuqlargacha gullaydi. Uzbekistonning barcha viloyatlari uchun manzarali Ch.ning Vilyame Sim navi rnlashtirilgan (1980).

Chinnigul
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik