Dilnoz Ruziyeva

pedagogika fanlari doktori, professor
(Dilnoza Ruziyevadan yoʻnaltirildi)

Dilnoz Ruziyeva (toʻliq ismi: Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna; 1968-yil 24-may, Kogon shahri, Oʻzbekiston SSR) – pedagogika fanlari doktori, professor[1], „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibasi, shuningdek, Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori[2].

Dilnoza Ruziyeva
Tavalludi 24-aprel 1968-yil (1968-04-24) (56 yosh)
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi M. S. Olminsikiy nomidagi Belgorod davlat pedagogika instituti
Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali
Kasbi pedagog, Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori.
Unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Dilnoz Ruziyeva 1968-yil 24-may kuni Buxoro viloyatiga qarashli Kogon shahrida tugʻilgan. Ammo Saʼdulla Gʻaybullayev oʻzining „Qorakoʻl zaminiga payvasta nomlar“ nomli biografiyalar toʻplamida Dilnoz Ruziyevani qorakoʻllik sifatida koʻrsatib oʻtgan[3]. Dilnoz Ruziyeva dastlab Qorakoʻl tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olgan. 1991-yilda M. S. Olminsikiy nomidagi Belgorod davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

tahrir

1986—1991-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali talabasi.

1991-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyot oʻqitish metodikasi kafedrasi rus tili oʻqituvchisi.

1991—1994-yillarda Oʻz PFITI aspiranti.

1994—1996-yillarda Buxoro davlat universiteti Jahon adabiyoti va tarjima nazariyasi kafedrasi assistenti.

1996—1999-yillarda Buxoro davlat universiteti Jahon adabiyoti va tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti.

2000—2006-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti.

2006—2011-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti.

2011—2012-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi professori.

2012—2013-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogik qayta tayyorlash kursi professori.

2013—2016-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi professori.

2016—2017-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri.

2017—2020-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri.

2020—2021-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi professori.

2021—2021-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Uzluksiz taʼlim pedagogikasi va menejmenti kafedrasi professori.

2021—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Taʼlim sifati va ilmiy tadqiqotlar nazorati boʻlimi boshligʻi.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy vatanparvarlik maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professori.

2023-yildan Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori.

Shuningdek, Dilnoz Ruziyeva Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetining Oʻzbekistondagi faxriy elchisidir[4].

Mukofotlari

tahrir

2021-yilda Dilnoz Ruziyevaga „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni topshirilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Дилноз Исомжоновна Рузиева“. rrpedagogy.ru. Qaraldi: 2024-yil 10-sentyabr.
  2. „Tuzilma“. bui.uz. Qaraldi: 2024-yil 10-sentyabr.
  3. „Қоракўл заминига пайваста номлар (Саъдулла Ғайбуллаев)“ (uz). kitobxon.com. Qaraldi: 2024-yil 10-sentyabr.
  4. „Рузиева Дилноз Исомжоновна“ (ru). БелГУ/. Qaraldi: 2024-yil 10-sentyabr.