Farid Xabibulin (1967-yil 8-noyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi ampulasida oʻynagan[1].

Farid Xabibulin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Farid Xabibulin
Tavallud sanasi 8-noyabr 1967-yil (1967-11-08) (57 yosh)
Tavallud joyi Toshkent viloyati Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlgan
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sohibkor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989-1991 Sohibkor 14 (1)
1991 Chirchiq 48 (23)
1992 Kosonsoy 16 (5)
1993—1995 Navbahor 77 (25)
1996—2001 Doʻstlik 170 (76)
2002 Qizilqum 22 (8)
2003 Metallurg 14 (5)
2003—2004 Andijon 14 (7)
2004 Soʻgʻdiyona 13 (3)
2005—2006 Kimyogar Chirchiq 54 (24)
2006 Dinamo 9 (1)
2007 Shayxontohur 6 (5)
2007 Shoʻrchi-Lochin (futbol klubi) 5 (1)
Milliy terma jamoa
1996—1997 Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2008.01.01 uchun)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Farid Sovet davrida ikki mavsum ustalar musobaqasida qatnashib, quyi ligada „Sohibkor“ (Xalqobod) va „Chirchiq“ jamoalarida toʻp surgan. 1991-yilda „Chirchiq“ tarkibida ikkinchi quyi ligada 23 ta gol urgan.

1992-yildan Oʻzbekiston chempionatida qatnasha boshlagan. SSSR parchalanganidan keyingi ilk mavsumni „Kosonsaychi“ klubi tarkibida oʻtkazgan. 1993-yilda u „Navbahor“ga (Namangan) koʻchib oʻtgan va jamoa bilan bir necha bor chempionatning bronza medali sovrindori, shuningdek, bir marta Oʻzbekiston kubogi sohibi va finalchisi boʻlgan. 1996-yilda Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va uning tarkibida olti yil oʻynab, 170 ta oʻyin oʻtkazgan va 76 ta gol urgan. „Doʻstlik“ klubi tarkibida ikki karra chempion va mamlakat kubogi sohibi boʻlgan. „Navbahor“ va „Doʻstlik“ jamoalarida oʻynab, 6 mavsumning har birida 10 tadan ortiq gol urgan. Eng yaxshi natijasini 1997 va 2000-yilgi mavsumda koʻrsatgan va 17 ta gol boʻlgan[2].

2002-yilda „Qizilqum“ (Zarafshon) jamoasida oʻynab[3], Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Keyinchalik oliy liganing „Metallurg“ (Bekobod), „Andijon“[4], „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax), „Samarqand-Dinamo“ jamoalarida toʻp surgan. Faoliyati yakunida birinchi ligada „Kimyogar“ (Chirchiq), „Shayhontohur“, „SHoʻrchi-Lochin“ jamoalarida ham toʻp surgan. Xabibulin 40 yoshida faoliyatini yakunlagan.

Oʻzbekiston oliy ligasida jami 130 ta gol urgan (boshqa maʼlumotlarga koʻra – 131).

Farid 1996-yilning 11-sentyabr kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasida debyut qilgan. Umuman olganda, 1996—1997-yillarda u terma jamoada ikkita oʻyin oʻtkazgan, ikkalasida ham zaxiradan maydonga tushgan.

Farid faxriylar musobaqalarida ishtirok etadi[5].

Yutuqlar

tahrir

Shaxsiy hayoti

tahrir

Bir oʻgʻil, bir qizi bor.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir