Dovurxon Karomatov
Davurxon Fozil oʻgʻli Karomatov (1998-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik para-dzyudochi, 81 kg vazn toifasida ishtirok etadi. 2021-yilda Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Osiyo chempionati, Gran-pri va Jahon kubogi bosqichlari gʻolibi va sovrindori.
Davurxon Karomatov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Davurxon Fozil oʻgʻli Karomatov |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
25-oktyabr 1998-yil Oʻzbekiston |
Vazni | 81 kg |
Sport | |
Qaysi sport | dzyudo |
Biografiyasi
tahrir2018-yilda Qarshi davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga oʻqishga kirgan[1]. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Mard oʻgʻlon davlat mukofoti bilan taqdirlangan[2]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[3].
Faoliyati
tahrir2017-yili Toshkentda dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 73 kilogramm vazn toifasida finalda hamyurti Feruz Sayidov yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan edi[4].
2019-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Gran-prida 81 kg vazn toifasida ukrainalik dzyudochi Dmitri Soloveyni[5]. Bokuda (Ozarbayjon) Gran-pri bosqichida u muvaffaqiyatini takrorladi va finalda ozarbayjonlik Husayn Rahimlini magʻlub etib, yana oltin medalni qoʻlga kiritdi. Atirauda (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha Koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida u oʻz vazn toifasida yaponiyalik dzyudochi Aramitsu Kitazonu magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].
2020-yilda Tbilisida (Gruziya) dzyudo boʻyicha Jahon kubogi bosqichida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7]. 2021-yilda Bokuda dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Gran-prida u oʻz vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[8][9]. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻz vazn toifasida finalda ozarbayjonlik dzyudochi Husayn Rahimliga yutqazib qoʻydi va shu tariqa oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritdi[10][11].
Mukofotlari
tahrir- Mard oʻgʻlon davlat mukofoti (2023-yil)[12]
- „Jasorat“ medali (2024-yil)[13]
Manbalar
tahrir- ↑ „Факультет физической культуры“ (ru). QarshiDU.Uz. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Курсант и студент из Кашкадарьи – лауреаты Госпремии «Мард углон»“ (ru). nkgz.uz. 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (ru). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „JudoInside - IBSA Asian Championships Tashkent Event“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „JudoInside - IBSA Judo Grand Prix Tashkent Event“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „JudoInside - IBSA Asian and Oceania Championships Atyrau Event“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „JudoInside - IBSA World Cup Tbilisi Event“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ uza.uz. „Наши парадзюдоисты заняли второе место в командном зачете на Гран-при в Баку“ (ru). Uza.uz (2021-yil 27-may). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Сборная Узбекистана по парадзюдо заняла второе место в общекомандном зачете в Баку“ (ru). Anhor (2021-yil 27-may). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Давурхон Кароматов завоевал серебро Паралимпиады в Токио“ (ru). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Judo KAROMATOV Davurkhon - Tokyo 2020 Paralympics“ (en). ... Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ruhiy va jismoniy kurashlarda toblanib“. Yangi O'zbekiston (2023-yil 30-iyun). Qaraldi: 15-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.