Duel (ijodiy tanlov)
„Duel“ — Oʻzbekistonda yosh ijodkorlarni kashf etish va ragʻbatlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi va Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov. Unga 2019-yilda asos solingan[1].
Shiori | Faqat ijod, faqat so'z! |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 15-sentyabr, 2019-yil |
Asoschi(lar)i | Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yosh ijodkorlar kengashi |
Vebsayti | „Duel“ loyihasi |
Til(lar)i | Oʻzbek |
Tashkil etilishi va tarixi
tahrir2019-yil
tahrir„Duel“ ijodiy tanlovi 2019-yilda nazm yoʻnalishida oʻtkazilgan. Saralash boshqichlar Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti binosida tashkil etilgan. 16 nafar yosh ijodkorlar bellashishgan. Final bosqichi yoshlar press klubida boʻlib oʻtgan va Madaniyat va marifat telekanali orqali efirga uzatilgan.
2020-yil
tahrirUshbu yilda ham tanlov faqat nazm yoʻnalishida tashkil etilgan. Gʻoliblik uchun 32 nafar yosh shoir kurash olib borgan. Oʻtkazilgan yarimfinal bahsidan keyin Feruza Xayrullaeva va Jontemir Toshtemirov „Duel“ning final bosqichiga yoʻl olgan. Ularning oʻzaro bellashuvida esa Jontemir Toshtemirov gʻolib deb topilgan. Sovrin jamgʻarmasi 15 mln soʻmni tashkil etgan. Final bosqichi yoshlar press klubida boʻlib oʻtgan va Madaniyat va marifat telekanali orqali efirga uzatilgan.
2021-yil
tahrirBu yilda tanlov respublika miqiyosida nazm, nasr, badiiy tarjima va tasviriy sanʼat yoʻnalishlarida tashkil qilingan. Qatnashishi uchun 8 mingga yaqin arizalar kelib tushgan. Tanlovning viloyat bosqichlari ham tashkil etilib respublika bosqichiga saralash vazifasini oʻtagan.hududiy bosqich finallari efirga uzatilgan. Respublika bosqichida 64 nafar yosh ijodkor 4 ta yoʻnalishda gʻoliblik uchun kurashgan. Respublika bosqichi finali Adiblar hiyobonida tashkil qilingan boʻlib sovrin jamgʻarmasi 500 million soʻmni tashkil qilgan. Duel yakunida birinchi oʻrin gʻoliblariga 25 million, ikkinchi oʻrin egalariga 15 million, Respublika bosqichiga chiqqan qolgan ishtirokchilarga esa 5 million soʻmdan pul mukofotlari topshirilgan[2].
2024-yil
tahrir2024-yil mukofot jamgʻarmasi 424 million soʻm boʻlgan tanlovning kattalar va bolalar she’riyati yo‘nalishida ijod qiladigan 15–30 yosh oralig‘idagi shoirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi. Tanlov Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Respublika yosh ijodkorlar Kengashi, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etildi. Tanlov jarayonida ijodkorlarning oʻzbek va qoraqalpoq tillaridan foydalanishiga ruxsat berilishi nazarda tutilgan[3].
Tanlov uch bosqichda oʻtkazilishi rejalashtirildi:
- Saralash bosqichi;
- Viloyat bosqichi;
- Respublika bosqichi.
Duelning 2024-yilgi qoidalariga koʻra, ikki nafar final ishtirokchisi qolguniga qadar qatnashchilar bir-birlari bilan bellashadi. Final bosqichiga chiqqan ishtirokchilar 3 tadan sheʼr oʻqiydi. Tanlov hakamlari tomonidan avvaldan tayyorlangan 5 konvertdan biri kelishilgan holda tanlab olinib, konvert ichidagi mavzu doirasida belgilangan vaqt — 1 soat ichida sheʼr yozib berish sharti qoʻyildi.
Gʻoliblari
tahrirYil | Yoʻnalish | Finalchi | Gʻolib |
---|---|---|---|
2019 | Nazm | Mansur Jumayev | Muhammad Siddiq |
2020 | Nazm | Feruza Xayrullayeva | Jontemir |
2021 | Nazm | Suhrob Ziyo | Shahriyor Shavkat |
Nasr | Firdavs Shokirov | Shavkat Doʻstmuhammad | |
Badiiy Tarjima | Shohrux Usmonov | Alisher Sabriy | |
Tasviriy sanʼat | Oʻktam Isergapov | Ulugʻbek Yusupov |
Hakamlik
tahrir2021-yilgi mavsum uchun bir qator katta ijodkorlar hakamlik uchun taklif qilingan. Finalga chiqqan ijodkorlarning ishlarini Murod Muhammad Do‘st, Xurshid Doʻstmuhammad, Nazar Eshonqul, Usmon Azim, Aziz Said, Odil Ikrom, Ortiqali Qozoqov kabi hakamlar baholab borishgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Duel loyihasi o'tkazildi“. Kun.uz (2020-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
- ↑ „“Duel” yangi nomlarni kashf etishni boshladi“. Yoshlar.gov.uz (2021-yil 16-iyun). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
- ↑ „15-30 yosh oraligʻidagi barcha uchun “Duel” Respublika yosh ijodkorlari tanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — 424 million soʻm!“ (uz). GrantGO.uz. Qaraldi: 2024-yil 10-may.