Aziz Said (asl ismi: Aziz Joʻraqulovich Saidov; 1961-yil 25-sentyabr Gʻijduvon, Oʻzbekiston SSR) — shoir, jurnalist va tarjimon[1][2]. Doʻstlik ordeni sohibi.

Aziz Joʻraqulovich Saidov
Tavalludi 25-sentyabr 1961-yil (1961-09-25) (63 yosh)
Taxallusi Aziz Said
Ijod qilgan tillari Oʻzbekcha
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent Davlat universiteti
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

Aziz Said (Saidov) (asli Buxorolik) 1961-yil 25-sentyabrda Dushanbe shahrida tugʻilgan. 1984-yili Toshkent Davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetini, 1992-yilda filologiya fakulteti aspiranturasini tugatgan[3].

Faoliyati

tahrir

Oʻrta Osiyo temir yoʻl qurilishi koʻchma stansiyasida yoʻl montyori, Navoiy viloyati, Qiziltepa parrandachilik fabrikasida ishchi, „Qizil tong“ gazetasida korrektor, boʻlim boshligʻi, Gʻafur Gʻulom nashriyotida muharrir, „Yosh kuch“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari, „Sinfdosh“ jurnali bosh muharriri, „Jahon adabiyoti“ jurnali masʼul kotibi, „XXI asr texnologoyalari“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining davlat tili boʻyicha maslahatchisi vazifalarida faoliyat koʻrsatgan. Ayni paytda „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari[4].

Aziz Saidning „Chiltor“ (1987), „Dili qani Bedilning“ (1994), „Fursat darvozasi“ (2011), „Vaqt manzili“ (2021) sheʼriy toʻplamlari, „Gʻoyibdan doʻst bilan suhbatlar“ (2004) adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplami nashr etilgan. Sheʼrlari fransuz, turk, ozarbayjon, rus, bolgar, ingliz, tojik, qozoq, venger va hind tillariga tarjima qilinib, turli adabiy-badiiy jurnal va almanaxlarda chop etilgan.

Mashrab, Choʻlpon, Nozim Hikmat haqida qator adabiy-ilmiy tadqiqotlar qilgan.

Tarjimalari

tahrir

Tarjimon sifatida Uolt Uitmen (sheʼrlar), Nozim Hikmat (sheʼrlar va „Yusuf va Zulayho“ dramasi), Muin Bsisu (sheʼrlar), Yevgeniy Yevtushenko (sheʼrlar), Yozef Rubak (sheʼrlar), Donat Shayner (sheʼrlar), Pokiston sheʼriyatidan (Josh Malihobodiy, Ahmad Faraz, Vazir Ogʻa, Anis Nagi, Shahzod Ahmad), Rene Aviles Fabila (hikoyalar), Migel de Astiruas (hikoyalar), Tomas Ouen (hikoyalar), Frensis King (hikoyalar), Bertold Brext (adabiy maqolalar), Paulo Koelo („Alkimyogar“, roman), Nikolay Shmelev (hikoyalar), Aleksandr Volkov („Zumrad shahar“, qissa), Yana Vagner („Shogird“, drama), Sergey Mogilsev („Egizaklar“ drama), Vitol Gombrovich („Ivonna, Burgund malikasi“, drama), Marta Kim (sheʼrlar) asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga oʻgirgan[5][6][7].

Yutuqlari

tahrir

1987-yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

2021-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan.

Asarlari

tahrir

„Chiltor“ (1987),

„Dili qani Bedilning“ (1994),

„Gʻoyibdan doʻst bilan suhbatlar“ (2004)

„Fursat darvozasi“ (2011),

„Vaqt manzili“ (2021)

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Qiziltepa tarixi / Q. Rajabov, R. Maqsudov; maʼsul muharrir S.Inoyatov. — T.: „Muharrir“ nashriyoti, 2011, 301-bet

Havolalar

tahrir