Duotuzi
Duotuzi, manglaytuzi — yakka holda peshonaga, juft holda chakkaga taqiladigan taqinchoq; ziynat buyumi. Xorazm ayollarining yomon koʻzdan asrovchi tumori. Tuzilishi yengil shabaka usulidagi aylanma naqshlar bilan qoplangan zarhallangan kumush turunj shaklida boʻlib, atrofi zigʻiraklar bilan xr-shiyalangan. Quyi qismiga shokilalar oʻrnatilgan. Yuzasiga qurʼon oyatlari bitilgan koʻk rangli shishadan, atrofi feruza koʻzlar bilan oʻralgan sadafdan jilolab tayyorlangan xillari ham bor, shuningdek, ichiga duo yozilgan qogʻozcha soladigan sadafdan tayyorlangan huqqacha — quticha turi ham uchraydi. D. bosh kiyimiga ilgak bilan mustahkamlanadi. Hozir urfdan qolgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |