Echkisoqol
Echkisoqol — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda Echkisoqolning bir yillik krasheninnikov, koʻp yillik malik, ikki yillik vvedenskiy, ikki yillik turkiston, ikki yillik kallakdor turlari oʻsadi. Koʻp yillik malik Echkisoqolning boʻyi 30—60 sm, poyasi baʼzan shoxlangan. Pastki barglari qalaminashtarsimon, eni 5–15 mm. Aprel— iyun oylarida gullab urugʻlaydi. Gullari qizil. Adir va togʻ zonalarida oʻsadi, begona oʻt tarzida ekinzorlarda uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |