Eddessa grafligi (lotincha: Comitatus edessanus; fransuzcha: Conté de edese; suryoniycha: ܐܘܪܗܝ ܐܲܬܪܵܐ)–Birinchi salib yurishi davrida Salibchilar tomonidan asos solingan birinchi yirik Xristian davlati, poytaxti Edessa shahri boʻlgan. Davlat 1098-yildan 1146-yilgacha mavjud boʻlgan.

Edessa Grafligi
lotincha: Comitatus Edessanus
fransuzcha: Conté de Édese
suryoniycha: ܐܘܪܗܝ ܐܲܬ݂ܪܵܐ

Toros Edessasi|
 
Saljuqiylar imperiyasi|
1098-yil — 1144-yil


Zangiylar Amirligi|
 
Vizantiya imperiyasi|
Kurteneylar xonadoni gerbi
Poytaxti Edessa (1098-1144; 1146)
(hozirgi Şanlıurfa, Turkiya)
Turbessel (1144-1146; 1146-1150)
(hozirgi Gündoğan, Oğuzeli, Gaziantep, Turkiya)
Til(lar)i Lotin (rasmiy) Suryoniy (ommaviy)
Eski Fransuz (ommaviy)
Italiyan
Arman
Arab
Grek
Dini Rim katolik, Arman apostol cherkovi, Yunon provaslav, Suriya provaslav, Islom, Iudaizm
Boshqaruv shakli Feodal monarxiya
Sulola Kurteneylar xonadoni
 - 1098-1100 (birinchi) Baldvin I
 - 1131-1144 (oxirgi) Yoselin II

Kechki Rim davrida Edessa Suriya pravoslav cherkovi(Siro-Yakobit provaslav cherkovi) ichidagi madaniy hayotning markaziga aylandi. Shuningdek, u Qadimgi yunon falsafasiga oid asarlarni suryoniy tiliga tarjima qilish markaziga aylandi va bu asarlarning keyingi arabchaga tarjimalari uchun boshlangʻich nuqta boʻlib xizmat qildi. Salibchilar Antokiyani qamal qilish uchun yetib kelganidan keyin ham bu yer tashqi hujumlarni qaytarib turish uchun yetarlicha muhim joy edi[1].

Quddus qiroli Bulonlik Boldvin I Edessaning birinchi grafi boʻldi, keyingi graflar esa uning amakivachchalari edi. Boshqa salibchilar davlatlaridan farqli oʻlaroq, graflik dengizga chiqa olmagan. U boshqa Salibchilarning davlatlaridan uzoqda joylashgan va eng yaqin qoʻshnisi Antioxiya knyazligi bilan yaxshi munosabatda boʻlmagan. Mamlakatning yarmi, shu jumladan poytaxti Furot daryosining sharqiy qismida joylashgan edi, bu esa uni yanada himoyasiz holga keltirar edi. Furotning gʻarbiy qismi Turbessel qalʼasidan nazorat qilingan. Graflikning sharqiy chegarasi Dajla daryosi edi, lekin graflik u qadar choʻzilmagan boʻlishi mumkin[1].

1144-yildagi Edessaning qulashi Outremer uchun birinchi katta muvaffaqiyatsizlik boʻldi va Ikkinchi salib yurishining boshlanishiga sabab boʻldi. Biroq, keyingi barcha salib yurishlari strategik noaniqlik va kelishmovchiliklar soyasida qoldi. Ikkinchi salib yurishi Damashqni strategik jihatdan yaxshiroq deb hisoblab, Edessani qaytarib olishga urinmadi ham. Ammo yurish muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Edessa nasroniylarga qaytmadi. Bugungi kunda shahar Shanliurfa deb ataladi va zamonaviy Turkiya tarkibiga kiradi. Xristianlik uchun avvalgi ahamiyatining juda oz qismi saqlanib qolgan. Qadimgi Sharq pravoslavlari jamoasi Birinchi jahon urushi davridagi Arman genotsididan keyin asosan yoʻq boʻlib ketdi[1].

Tashkil topishi

tahrir

Nikeya qamalidan(1097-yil) keyin Bulonlik Boldvin I janubga Antioxiya va Quddusga qarab ketayotgan salibchilar qoʻshinidan ajralib chiqib, Kilikiyaga yoʻl oldi, u yerdan sharqqa Edessaga yoʻl oldi. Boldvin salibchilarning Furot daryosi oraligʻiga kelishidan oldin Arman knyazligi mavjud boʻlib, uning xoʻjaligining asosini tranzit savdo tashkil etgan. Tirlik Giyom shaharda ikki xalqning savdogarlar tabaqasining vakillari „xaldiylar“ va armanlar yashaganligini yozadi[2].

Umuman olganda, XI asrning 90-yillari Antioxiya, Halab, Hisn Kaifa va Samosata hukmdorlarining kurash maydoniga aylangan Edessa knyazligi uchun eng qiyin davrlar boʻldi. Tashqi siyosiy vaziyatning beqarorligi va kuchli qo‘shinning yo‘qligi ishxonliklarni oʻzi tomondan kuchli homiy izlashga majbur qildi[3]. Arman aholisi dastlab salib yurishi qatnashchilarini, agar ozod qiluvchi bo‘lmasa, Saljuqiylarlarga qarshilik ko‘rsatishga qodir ittifoqchilar deb hisoblagan[3]. Shuning uchun ham Flandriyalik Boldvin 200 ritsar bilan Furotda paydo boʻlishi bilanoq, Edessa grafi Toros Edessadagi oʻn ikki arman ishxonining bosimi ostida uni taklif qiladi va uni oʻgʻli sifatida qabul qiladi. Shundan soʻng u Boldvin bilan hokimiyati va daromadini boʻlishishga rozi boʻladi[4]. O‘rta asr yilnomachisi ritsar "Armanistondan taklifnoma olib, Furotga yo‘l olganini, u yerda Telbashir va Ravendani egallab, butun o‘lkani o‘z hokimiyatiga bo‘ysundirganini" taʼkidlagan[3].

Oradan biroz vaqt oʻtgach, 1098-yil mart oyida oʻn ikki ishxondan iborat kengash Qudduslik Boldvin (Edessalik Torosning asrab olingan oʻgʻli) koʻmagida davlat toʻntarishi uyushtirdi[5]. Shahar qalʼasiga mustahkam oʻrnashib olgan Toros, hukmdori uning qarindoshi Gabriel boʻlgan Melitene Knyazligiga eson-omon chiqib ketish kafolati bilan taslim boʻlishga vaʼda berdi. Muqaddas yodgorliklar haqida qasam ichgan Qudduslik Boldvin I shahzodaning hayotini saqlab qolishga vaʼda berdi. Toros vaʼdalarga ishonib, qal’a darvozalarini ochdi, shundan soʻng u qatl qilindi. Shunday qilib, davlat toʻntarishidan soʻng Boldvin boshchiligida „Armaniston davlatini fransuz-arman davlatiga aylantirish“ jarayoni sodir boʻldi[3]. Shunday qilib, salibchilarning birinchi davlati — Edessa Grafligi paydo boʻldi[3].

1100-yilda akasi Bouillonlik Godfried vafotidan keyin Boldvin Quddus Qirolligi taxtini meros qilib oldi va uning sobiq yerlari amakivachchasi Boldvin II (Boldvin de Burk) ga oʻtdi. Unga Yoselin de Kurteney (Yoselin I) qoʻshildi, unga Furotdagi Turbessel qalʼasi berildi.

Edessaning nasroniy hukmdorlari oʻzlarining eng yaqin qoʻshnisi boʻlgan Kilikiya Qirolligi bilan yaqin aloqada boʻlgan va bu ittifoqni saqlab qolish uchun ular koʻpincha arman malikalariga uylanishgan. Shunday qilib, turmush o‘rtog‘i Gutuera 1097-yilda Marashda vafot etgan Bulonlik Boldvin Kilikiya Qirolligidagi Rubenidlar sulolasi vakili Konstantin I ning nabirasi Arda bilan turmush qurdi. Boldvin de Burk Melitene hukmdorining qizi Morfiya turmush qurdi va Yoselin de Kurteney Konstantinning qizi Beatritzga uylandi.

Dastlabki yillar

tahrir
 
Qudduslik Bolduin I ning Edessaga kirishi. Arman ruhoniylari uni shahar darvozalarida kutib olishadi.

Boldvin II nomi bilan Edessa taxtini egallagan Boldvin de Burk Shimoliy Suriya va Kichik Osiyodagi mojarolarga aralashdi. 1103-yilda u Danishmendlar tomonidan asir boʻlgan Antakya shahzodasi Bogemond I uchun toʻlov yigʻishga yordam bergan, 1104-yilda Edessa Mosul qoʻshinlari tomonidan hujumga uchraganidan soʻng, Harron jangi chogʻida Boldvin va Yoselin Saljuqiylar tomonidan asirga olinadi. 1104-1108 yillar oraligʻida Edessa Grafligi Antioxiya Knyazligiga qoʻshiladi. Shu bilan birga Marash va Duluklar Graflikdan tortib olindi[6].1108-yilda asirlar ozod etilgunga qadar Bogemondning akasi Tarentumlik Tankred graflikning grafi edi. Ozod boʻlgan Boldvin oʻzining qonuniy mulkini qaytarib olishga majbur boʻldi, natijada Tankred Edessadan quvib chiqarildi, ammo buning uchun Boldvin vaqtincha mahalliy musulmon hukmdorlari bilan birlashishga majbur boʻldi.

1110-yilda Furot daryosining sharqidagi barcha hududlar Mosul otabegi Mavdud tomonidan bosib olindi. Garchi Edessaning oʻzi va boshqa yetarlicha mustahkamlangan shaharlari musulmonlar hujumiga dosh bergan boʻlsa-da, graflik yerlari vayronaga uchragan va aholi soni yoʻq qilingan[7].

1116-1117-yillarda arman knyazlarining mulklarini tortib olinishi tufayli graflik hududi sezilarli darajada ancha kengaydi. Raban, Kesun, Romkla, Behesni va ehtimol Hisn Mansur Vasila Tga dan olingan. Shahzoda Abelgarib Pahlavoniy Pirdan quvib chiqarilib, uning mulki qoʻshib olindi. Kichik Osiyodagi salibchilarning sobiq hamrohi va yo‘lboshchisi shahzoda Guris Bagrat Kamsarakan ham surgun qilingan[6].

Boldvin I 1118-yilda vafot etganidan keyin Boldvin I ning ukasi Bulonlik Evstax III boʻlishiga qaramay, Quddus qiroli Boldvin II deb eʼlon qilinadi. 1119-yilda Edessa grafi unvoni Yoselin de Kurteneyga berilgan. 1122-yilda Yoselin yana musulmonlar tomonidan asirga olinadi. Edessa xavfsizligini taʼminlash uchun Boldvin shimolga koʻchib oʻtdi, ammo u graflik chegaralarini aylanib chiqayotganda u ham qoʻlga olindi. Biroq ularning ikkalasi ham tez orada ozod qilindi. 1123-yilda Yoselin va bir yildan keyin Boldvin II ozod etildi.

Vizantiya imperatori Ioann II Komnin bilan munosabatlari

tahrir

1137-yilda Vizantiya imperatori Ioann II Komnin qoʻshinlari Antioxiya chegaralariga yaqinlashdilar. U Raymonddan 1108-yildagi Devol shartnomasi tasdigʻini olishga qaror qildi, unga koʻra shahar imperator Feudniki edi va knyaz harbiy yordam va mahalliy cherkovni Konstantinopolga boʻysundirishni vaʼda qildi[8].

Rimliklar qarshilikni tezda sindirishga muvaffaq boʻlishdi va shahar ularga darvozalarni ochdi. Basileusga sodiqlik qasamyodi berildi, Antioxiyada pravoslav patriarxi paydo boʻldi va shahar qal’asiga imperator bayrogʻi osildi. Buning evaziga Ioann musulmonlar tomonidan bosib olingan atrofdagi shaharlarni Raymondga qaytarishga vaʼda berdi[9].

1138-yil mart oyining oxirida Ioann salibchilarning asosiy dushmani Mosul amiri Imad ad-Din Zangiga qarshi yurish qildi. Imperatorga Raymond va Edessa grafi Yoselin II, shuningdek, Tampliyerlar otryadi qoʻshildi[10]. 8-aprelda Piza shahri qoʻlga olindi, 20-aprelda Sesera shahrini qamal qilish boshlandi, unda faqat qal’a qarshilik koʻrsatdi. Zangi ochiq to‘qnashuvlardan qochgan holda, Eron, Iroq va Onadoʻlidagi islomiy hukmdorlar qo‘shinlarining yaqinlashayotgani haqida mish-mishlar tarqata boshladi. Shuning uchun rimliklar tezda u bilan sulh tuzdilar, unga koʻra pul tovonini oldilar va bosib olingan shaharlar xristian hukmdorlari qoʻliga oʻtdi[11].

Tinchlik oʻrnatilgandan soʻng, 1138-yil iyun oyida Ioann Antioxiyaga zafarli kirib keldi, shundan soʻng u baronlarning yigʻilishini tashkil qildi. Unda u jangovar harakatlar tugamaganligini va ularning muvaffaqiyatli oʻtishi uchun shahar Vizantiya hukmronligi ostiga oʻtkazilishi kerakligini eʼlon qildi. Yoselin lotinlar orasida Ioann ularni Antioxiyadan haydab chiqarishni buyurgani va u yerda faqat yunon aholisi qolgan, degan mish-mishlar tarqaldi. Olomonning gʻazabi basileusni hayratda qoldirdi va u Edessa Grafligi va Antioxiya Knyazligining sodiqlik qasamyodidan mamnun boʻldi[12].

Hududlar

tahrir
Hudud nomi Voqea sodir boʻlgan yil Mashhur feodallar va ularning hukmronlik yillari
Ayntab 1103
Behesni ?
Guris 1103
  • Yoselin I de Kurteney (Edessa grafi) (11031113)
  • Ernold (1126)
  • Barrigan (1134)
Duluk 1102
Kesun ?
Marash (hudud) 1104
Pir (knyazlik) ?
Raban ?
Ravendan 1098
Seruj 1100

Edessa graflari

tahrir
Hukmronlik yillari Ismi
10981100 Boldvin I (Quddus qiroli)
11001118 Boldvin II (Quddus qiroli)
11041108 Tarentlik Tankred (Solernlik Richard bilan birgalikda hukmronlik qilgan)
11181131 Yoselin I
11311150 Yoselin II
11591200 Yoselin III (1159-yildan rasman Edessa grafi unvoniga ega boʻlgan)[13].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Salibchilar davlatlari, Quddus qirollari va Kipr, Templars, Hospitallers, Isroil va boshqalar“. Friesian.com. Qaraldi: 2012-yil 17-oktyabr.
  2. Tsitata:"xaldei i armyane, narod nevoinstvenniy, nichego ne ponimavshiy v voennom dele i predanniy isklyuchitelno torgovle"
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Stepanenko V. P. // Sovet dvenadsati ishxanov" i Boduen Flandrskiy. K suщnosti perevorota v Edesse (mart 1098 g.) // Antichnaya drevnost i srednie veka: Probl. sotsial. razvitiya. — Sverdlovsk, 1985. — S. 82—92 [1] (Wayback Machine saytida 2012-01-11 sanasida arxivlangan) arxiv (Wayback Machine saytida 2018-05-25 sanasida arxivlangan)
  4. V. P. Stepanenko // Gosudarstvo Filareta Varajnunii // Antichnaya drevnost i srednie veka. — Sverdlovsk, 1975. — Vip. 12. — S. 86-103 [2] (Wayback Machine saytida 2012-04-09 sanasida arxivlangan)arxiv (Wayback Machine saytida 2016-03-09 sanasida arxivlangan)
  5. M. A. Zaborov // %28153%29.pdf Salib yurishlarining Sharq zamondoshlari yangiliklarining ahamiyati masalasida
  6. 6,0 6,1 Stepanenko V. P. // Rubenidi Kilikii i grafi Edessi v pervoy polovine XII v.: (K strukture grafstva Edesskogo)] // Antichnaya drevnost i srednie veka: Vizantiya i sopredelniy mir. Sverdlovsk, 1990. S. 151—159 [3][sayt ishlamaydi]{{{title}}}, Июль 2019.  arxiv (Wayback Machine saytida 2016-03-08 sanasida arxivlangan)
  7. Edessalik Matto. Xronografiya
  8. Skazkin F.I.. Vizantiya tarixi. 2-jild. 13-bob. 
  9. Vizantiya imperiyasi tarixi. 2-jild. 1-bob: Vizantiya va salibchilar. Ioann II davridagi tashqi siyosat. 
  10. Jon. Kinnam. Yohanno va Manuel Komnenos hukmronligining qisqacha sharhi 1-kitob
  11. Vizantiya imperiyasi tarixi. VI bo'lim. Komnenos. X bob. 
  12. D. Norvich. „Vizantiya tarixi“. — Bilan. 382-383
  13. Monique Amouroux-Mourad, Le comté d’Edesse, 1098-1150 (Paul Guethner, 1988), pp. 114-16.

Adabiyotlar

tahrir

Asosiy adabiyotlar

tahrir

Ikkilamchi adabiyotlar

tahrir