Edgar Allan Poe
Edgar Allan Po (inglizcha: Edgar Allan Poe; 1809-yil 19-yanvar, Boston — 1849-yil 7-oktyabr, Baltimor) — amerikalik yozuvchi, shoir va adabiy tanqidchi. Amerika romantik yozuvchisi va adabiy tanqidchisi. Simvolizm boshlovchisi. Aktyorlar oilasida tugʻilgan. 1815—20 yillarda Buyuk Britaniyada yashagan. 1825-yil Virjiniya universitetiga kirgan, West Point harbiy akademiyasi (1830—33)da oʻqigan. Asosan, fojiali, "dahshatli" ("Qora mushuk", 1843 va boshqalar), fantastik ("Voron va boshqa sheʼrlar", 1845) yoki yumoristik novellalar ("Grotesklar va arabeskalar" toʻplami, 1840) klassigi. Po detektiv adabiyotining asoschilaridan ("Morg koʻchasidagi qotillik", 1841; "Mari Roje siri", 1842; "Tilla qoʻngʻiz", 1843; "Oʻgirlangan maktub", 1845). Uning yetuk lirikasida maxbubasidan judo boʻlgan kishining jafolari mavzui oʻz ifodasini topgan ("Annabel Li", 1849 va boshqalar). Shafqatsizlik, sadizm Po hikoyalarida inson tabiatidagi hayvoniy hislarning tantanasi tarzida talkin etilgan. Po jamiyat xayoti, kishilar tabiati va ruhiyatidagi yemirilish hollarini tasvirlar ekan, hajviy va ijtimoiy-tanqidiy pafosdan ham samarali foydalangan. "Ijod falsafasi" (1845), "Poetik prinsip" (1850) falsafiy asarlari bilan amerika estetikasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Poning detektiv hikoya janrida orttirgan tajribalari Artur Konan Doyl, Robert Lyuis Stivenson, Jilbert Keyt Chesterton singari yozuvchilar ijodida anʼana sifatida foydalaniladi; sheʼriy ijodi fransuz va rus simvolistlariga taʼsir koʻrsatgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Tilla qoʻngʻiz", 1962).[2]
Edgar Allan Po | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
19-yanvar 1809-yil |
Vafoti |
7-oktyabr 1849-yil (40 yoshda) Baltimor, Merilend, AQSh |
Taxallusi | Poe |
Kasbi | shoir, qisqa hikoyalar yozuvchisi, tahrirchi, adabiy tanqidchi |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[1] |
Fuqaroligi |
![]() |
Janr | barcha janrlar |
Shoh asari | The Raven |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |