Anfol surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Anfol surasi (arabcha: سورة الأنفال, nomining maʼnosi — Oʻljalar[8][9]) — Qurʼonning 8-surasi. Madaniy suralardan biri, 75 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 177–186[10]-sahifasida va 9-10-juzida joylashgan. 88-boʻlib nozil boʻlgan.
Anfol surasi — سورة الأنفال | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Oʻljalar[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Madaniy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 177–186[4] | ||||||||||||
Juz | 9-10 | ||||||||||||
Sura raqami | 8 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 75 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 10[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 88[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Suraning mazmuni
tahrirUshbu surada soʻz, asosan, gʻazot — jang haqida borib, harbiy qonun-qoidalar, urush va tinchlik xolatlari hamda asir va oʻlja olish xususidagi Shariati islomiyyada boʻlgan hukmlar bayon qilinadi.
Bu suraning «Anfol» — «Oʻljalar» deb nomlanishining sababi ham shudir.
U islom tarixidagi ilk jang — Badr jangidagi voqealarni batafsil hikoya qilgani uchun ayrim sahobalar uni «Badr» surasi, deb ham ataganlar. Islomiy gʻazotlar solnomasidan Badr jangi hijriy ikkinchi yilning Ramazon oyida Madinaning janubi-gʻarbida joylashgan Badr qishlogʻida boʻlib oʻtgani maʼlum. Bu jangda musulmonlar adadlari oz boʻlishiga qaramasdan, askarlar sonida ham, harbiy qurol-anjomlarda ham oʻzlaridan bir necha barobar ortiq boʻlgan mushriklar ustidan gʻalaba qozonib, dushmanning yetmish askarini halok qiladilar va yetmish kishini asir oladilar, katta oʻljalarga ega boʻladilar. Jang tugaganidan soʻng oʻljalar taqsimotida ayrim musulmonlar oʻrtasida ixtilof chiqqanda, ularga pand-nasihat qilish va toʻgʻri yoʻl koʻrsatish bilan sura boshlanadi. Sura nihoyasida esa moʻminlar vatan va millatlari bir-biridan qanchalar yiroq va xilma-xil boʻlishidan qatʼiy nazar bir ummat ekanliklari, binobarin, kofir kimsalarning fitnalariga aldanmay, oʻzaro doʻst-birodar boʻlib yashab oʻtishlari lozimligi uqtiriladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Tavba surasi | 8-sura — arabcha matni | Oldingisi: Aʼrof surasi |