Elias Magnus Fries[1] (shvedcha Elias Magnus Fris, 1794 - 1878) — shved botaniki va mikologi, „mikologiyaning otasi“sanaladi.

Elias Magnus Fries
Tavalludi 15-avgust 1794-yil
Vafoti 8-fevral 1878-yil(1878-02-08)
(83 yoshda)
Upsala Shvetsiya Shvetsiya
Kasbi shved botaniki va mikologi

Tarjimai hol

tahrir

Fris Elias Magnus ruhoniylar oilasida dunyoga keladi.

Oliy ma’lumotni u  Lundda olgan; 1814-yilda u norasmiy-dosent unvonini oladi.

1834-yilda u allaqachon Upsala universitetida amaliy iqtisodiyot professori boʻlgan va 1851-yilda botanika professori va oʻsha universitetning muzeyi va botanika bogʻi direktori oʻrnini egallaydi.

1859-yildan to vafotigacha Uppsalda yashaydi[2].

Fris botanikaning barcha sohalarida faoliyat yuritgan; u birinchi marta Shvesiyada oʻsimliklarning morfologiyani oʻrganishni va tabiiy tasnifini kiritadi. Uning „Systema orbis vege tabilis“ (Lund, 1825) asari oʻsha davrning klassik asaridir.

Fris lishayniklar boʻyicha „Lichenographia Europaea reformata“ (Lund i Greyfsvald, 1831); «Lichenes Suecciae eksiccati» (Lund, 1824—1833-yillarda) nomli kitoblarini chop etadi.

Taniqli olim Fris ayniqsa, mikologiya sohasidagi ishlari bilan mashhur, u zamburugʻlar taksonomiyasining asoschilaridan biridir. Uning birinchi mikologik asari "Observationes Mycologicae” (Kopengagen, 1815—1818; 2-nashri, 1828), lekin eng qimmatbahosi — bu «Systema Mycologicum» (Lund i Greyfsvald, 1821—1830-yillarda; “Mikologiya tizimi”) — uning nashr etilgan sanasi zamburugʻlarning aksariyat guruhlari uchun nomenklaturaning boshlangʻich nuqtasidir.  (xuddi K.Linneyning Species Plantarum, keyingisi "Elenchus Fungorum" (Greyfsvald, 1828); "Novae Symbolae Mycologicae" (1851); "Icones selectae Hymenomycetum nondum delineatorum" (1867—1875-yillarda) nashr etilgan sanasi qon tomir oʻsimliklar nomenklaturasining boshlanish sanasi hisoblanadi.

Skandinaviya oʻsimlikshunosligini oʻrganishda quyidagi: “Flora hallandica”[1] (Lund, 1817); "Novitiae florae Suecciae" (Lund, 1828); "Flora Scanica" (Uppsal, 1836); (Stokgolm va Leypsig, 1846-1848), shuningdek, "Herbarium normale" (Uppsala, 1896), eng noyob Skandinaviya oʻsimliklarining namunalarini oʻz ichiga olgan.

Koʻp sonli „Symbolae ad historiam Hieraciarum“ (Uppsal, 1848); „Monographia Hymenomycetarum Suecciae“ (Uppsal, 1857—1863-yillarda); „Sveriges öltiga ochgiftiga Svanipar“ (Stokgolm, 1860) nomli qoʻllanmalari orasida diqqat-e’tiborga sazovor.

Fris lotin tilida yaxshi notiq va mutaxassis sifatida tanilgan. 1847-yilda u oʻn sakkizta shved akademiklari orasidan tanlab olinadi.

1850-yilda Fris Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy muxbir a’zosi etib tayinlanadi[3].

Manbalar

tahrir
  1. В русскоязычной литературе часто встречается написание фамилии как «Фриз».
  2. Фриз, Элиас // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907..
  3. Elias Magnus Fris — maʼlumot Katta sovet ensiklopediyasidan olindi..

Havolalar

tahrir
  • Fris, Elias Magnus — Buyuk Sovet Ensiklopediyasidan maqola.
  • Friz, Elias // Brockhaus va Efronning entsiklopedik lugʻati: 86 jildda (82 jild va 4 ta qoʻshimcha). - Sankt-Peterburg, 1890-1907.