Elmira Nazirova

oʻzbekistonlik olima, texnika fanlari doktori, professor

Elmira Shodmonovna Nazirova (1982-yil 10-noyabr, Kasbi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik olima, texnika fanlari doktori, professor.

Elmira Nazirova
Tavalludi 10-noyabr 1982-yil (1982-11-10) (42 yosh)
Kasbi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Taʼlimi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biograiyasi

tahrir

Elmira Nazirova 1982-yil 10-noyabr Kasbi tumani Pandiron qishlogʻida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Otasi Nazirov Shodmonqul Abdiroziqovich (1953—2014) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Informatika va kompyuter grafikasi“ kafedrasi mudiri boʻlgan. Onasi Eshonqulova Malika Qayumovna (1957). 1999—2003-yillarda Toshkent davlat universitetining kompyuter texnologiyalari fakultetida oʻqigan. 2003—2005-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan. 2005—2009-yillarda mazkur universitetning „Oliy matematika“ kafedrasi aspirantiranti. 2010-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Axborot texnologiyalari“ fakulteti „Informatika va kompyuter grafikasi“ kafedrasi assistenti, 2011-yil mazkur fakultetning „Axborot texnologiyalari“ kafedrasi assistenti, 2013-yilda „Axborot texnologiyalari“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2014-yilda „Axborot texnologiyalari“ kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritadi[1]. 2015-yilda „Multimedia texnologiyalari“ kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2015-yildan hozirgi kunga qadar „Multimedia texnologiyalari“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[1].

Oilasi

tahrir

Oilali, 2 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

2012-yil 12-mayda „Neft-gaz konlari koʻrsatkichlarini aniqlovchi avtomatlashtirilgan tizimning matematik va dasturiy taʼminoti“ nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi[1]. 2017-yil 27-dekabrda „Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti“ ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2019-yilda „Suyuqlik va gazlarning filtrlanish jarayonini tadqiq qilish uchun matematik modellar, sonli usullar va dasturlar majmui“ mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiya ishini himoya qilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.