Eminem
Marshall Bruce Mathers III (talaffuzi: Marshall Brus Mazers; 17-oktyabr 1972-yilda tugʻilgan)[2] Eminem taxallusi ostida tanilgan amerikalik reper, produser, qoʻshiqnavis va aktyordir. Slim Shady ismli alter egosi bor. Yakkaxon ijodidan tashqari, Eminem oʻzining D12 guruhi va Bad Meets Evil dueti aʼzosi hamdir. Eminem jahonda eng koʻp xaridorgir musiqachilardan biri, 2000-yillarda eng koʻp albomi sotilgan artistdir[3]. U qator jurnallar, jumladan Rolling Stone tomonidan eng buyuk artistlar roʻyxatiga kiritilgan[4]. Rolling Stone unga shuningdek „Hip Hop qiroli“ unvonini bergan[5]. Eminem Billboard albomlar charti choʻqqisini oʻn marta egallagan. Uning albomlari dunyoda 115 milliondan, singillari 120 milliondan ortiq nusxada sotilgan[6][7]. Qoʻshma Shtatlarning oʻzida 49,1 million albom va 42 million trek sotgan[8].
Eminem | |
---|---|
Eminem 2014-yil noyabr oyida | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Marshall Bruce Mathers III 17-oktyabr 1972-yil St. Joseph, Missouri, AQSh |
Janrlar | hip hop |
Faoliyat yillari | 1990—hozirgacha |
Guruhlari | D12, Bad Meets Evil |
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi | Kim Scott[1] va Kim Scott[1] |
Veb-sayt | eminem.com |
Imzosi | |
Fayl:Eminemʼs signature.svg |
1996-yil avgustida oʻzining birinchi mustaqil Infinite albomini chiqargan Eminem keng shuhratga 1999-yil fevralida chiqqan The Slim Shady LP albomi bilan erishdi. Albom Eminemga uning birinchi Grammy mukofotini keltirdi. The Slim Shady LPdan keyin 2000-yil mayida The Marshall Mathers LP va 2002-yil mayida The Eminem Show chiqib, ularning ikkovi ham „Eng yaxshi rap albom“ nominatsiyasida Grammy mukofoti oldi, natijada Eminem shu nominatsiyada ketma-ket uch marotaba mukofot olgan ilk artist boʻldi. 2004-yil noyabrida Encore albomi chiqdi. 2005-yil konsert turnesidan keyin Eminem taʼtilga chiqdi. 2009-yil mayida Relapse nomli oltinchi albomini chiqardi. 2010-yil iyunida Eminem yettinchi, Recovery albomini chiqardi. Recovery butunjahon muvaffaqiyat koʻrib, 2010-yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi. Eminem Relapse va Recovery uchun yana Grammy olib, Grammy mukofotlari soni 13 ga yetdi[9]. 2013-yil noyabrida uning sakkizinchi, The Marshall Mathers LP 2 albomi chiqarildi.
Eminem boshqa ishlar, jumladan oʻzining Shady Records studiyasi, Shade 45 radiokanali bilan ham shugʻullanadi. 2002-yil noyabrida Eminem 8 Mile nomli hip hop drama filmida suratga tushdi. Shu film soundtracki uchun Akademiy mukofoti olib, bu mukofotni olgan birinchi reper boʻld[10]i. U shuningdek The Wash (2001), Funny People (2009) filmlarida va Entourage teleserialida rollar oʻynagan.
Hayoti
tahrirMarshall Bruce Mathers III 1972-yil 17-oktyabrda St. Joseph shahrida tugʻilgan, 12 yoshida oilasi bilan Detroytning Istsayd tumaniga koʻchib oʻtadi. U doimo darslarni qoldirib, maktab oshxonasida rep-fristayllarni tashkil qilardi va har doim yutardi.
Diskografiyasi
tahrir- 1995 — Soul Intent
- 1996 — Infinite
- 1997 — The Slim Shady EP
- 1999 — The Slim Shady LP
- 2000 — The Marshall Mathers LP
- 2001 — Devil’s Night (D12 bilan birgalikda)
- 2002 — The Eminem Show
- 2002 — „8 Mile“ filmiga saundtrek
- 2004 — Encore
- 2004 — D12 World (D12 bilan birgalikda)
- 2005 — Curtain Call: The Hits
- 2006 — Eminem Presents the Re-Up
- 2007 — King Mathers
- 2010 — Recovery
- 2011 — Bad Meets Evil (Hell: The Sequel)
- 2013 — The Marshall Mathers LP 2
- 2017 — Revival
- 2018 — Kamikaze
- 2020 — Music to Be Murdered By
- 2024 — The Death of Slim Shady (Coup de Grâce)
Filmografiyasi
tahrirYil | Nom | Rol | Qoʻshimcha |
---|---|---|---|
2000 | Hip-Hop jodugari | oʻzini-oʻzi | (epizod rolda) |
2001 | The Wash | Chris | |
2002 | 8 Mile | Jimmy „B-Rabbit“ Smith | |
2005 | Koʻzlaring maʼyus | oʻzini-oʻzi | (epizod rolda) |
2008 | Have Gun — Will Travel | Paladin |
Kitoblari
tahrirNomi | Yil | Sahifalar soni |
---|---|---|
Angry Blonde | 2000 | 148 |
The Way I Am | 2008 | 208 |
Mukofot va unvonlar
tahrirYil | Mukofot | Qabul qiluvchi(lar) va nomzod(lar) | Natija | Manb. |
---|---|---|---|---|
2003 | Academy Award | "Lose Yourself" (from 8 Mile) | Yutuq | [11] |
2001 | American Music Awards | Eminem | Nominatsiya | [12] |
Nominatsiya | ||||
Nominatsiya | ||||
2003 | Nominatsiya | |||
Yutuq | ||||
Yutuq | ||||
The Eminem Show | Yutuq | |||
Yutuq | ||||
2003 | Eminem | Nominatsiya | ||
8 Mile | Nominatsiya | |||
2005 | Encore | Nominatsiya | ||
Eminem | Yutuq | |||
2006 | Yutuq | |||
Curtain Call: The Hits | Nominatsiya | |||
2009 | Relapse | Nominatsiya | ||
Eminem | Nominatsiya | |||
Nominatsiya | ||||
Nominatsiya | ||||
2010 | Yutuq | |||
Nominatsiya | ||||
Nominatsiya | ||||
Recovery | Nominatsiya | |||
Yutuq | ||||
2014 | The Marshall Mathers LP 2 | Nominatsiya | ||
Eminem | Nominatsiya | |||
2014 | ARIA Music Awards | Eminem | Nominatsiya | [13] |
2018 | Nominatsiya | [14] | ||
2020 | Nominatsiya | [15] | ||
2011 | Barbados Music Awards | "Love the Way You Lie" (featuring Rihanna) | Yutuq | |
2001 | BET Awards | "Stan" (featuring Dido) | Nominatsiya | |
2003 | "Lose Yourself" | Nominatsiya | ||
Eminem | Nominatsiya | |||
2010 | "Forever" (with Drake, Kanye West and Lil Wayne) | Nominatsiya | ||
2012 | Bad Meets Evil | Nominatsiya | ||
2009 | BET Hip Hop Awards | "We Made You" | Nominatsiya | |
Relapse | Nominatsiya | |||
Eminem | Nominatsiya | |||
2010 | Yutuq | |||
Nominatsiya | ||||
"Forever" (with Drake, Lil Wayne and Kanye West) | Nominatsiya | |||
"Not Afraid" | Nominatsiya | |||
Recovery | Nominatsiya | |||
2011 | "Love The Way You Lie" (featuring Rihanna) | Nominatsiya | ||
2014 | Eminem | Nominatsiya | ||
"The Monster" (featuring Rihanna) | Nominatsiya | |||
The Marshall Mathers LP 2 | Nominatsiya | |||
2000 | Billboard Music Awards | "The Real Slim Shady" | Yutuq | |
Yutuq | ||||
2002 | The Eminem Show | Yutuq | [16] | |
Yutuq | ||||
Yutuq | ||||
2009 | Eminem | Yutuq | [17] | |
2010 | Eminem | Yutuq | [18] | |
2011 | Eminem | Yutuq | [19] | |
Nominatsiya | ||||
Nominatsiya | ||||
Nominatsiya | ||||
Yutuq | ||||
Yutuq | ||||
Nominatsiya | ||||
Yutuq | ||||
Recovery | Yutuq | |||
Yutuq | ||||
"Not Afraid" | Nominatsiya | |||
"Love the Way You Lie" (featuring Rihanna) | Nominatsiya | |||
Nominatsiya | ||||
Nominatsiya | ||||
Yutuq | ||||
Nominatsiya | ||||
Nominatsiya | ||||
Bad Meets Evil | Yutuq | |||
Nominatsiya | ||||
2014 | Eminem | Nominatsiya | [20] | |
Nominatsiya | ||||
Yutuq | ||||
The Marshall Mathers LP 2 | Nominatsiya | |||
Yutuq | ||||
2003 | Black Reel Awards | 8 Mile | Nominatsiya | [21] |
2004 | Tupac: Resurrection | Nominatsiya | [22] | |
2000 | Blockbuster Entertainment Awards | Eminem | Yutuq | [23] |
2001 | Eminem | Yutuq | ||
Yutuq | ||||
The Marshall Mathers LP | Nominatsiya |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ Ankeny, Jason; Torreano, Bradley. „Eminem – Biography“. Allmusic (2006). Qaraldi: 2008-yil 30-yanvar.
- ↑ „Best of the 2000s: The Decade In Charts and More“. Billboard (7-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 2012-yil 30-mart.
- ↑ „The Immortals: Rolling Stone“. Rolling Stone. 2008-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2006-10-17 sanasida arxivlangan)
- ↑ By Chris Molanphy. „Introducing the King of Hip-Hop“. Rolling Stone (15-avgust 2011-yil). 2015-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-avgust.
- ↑ „Top 10 Hip-hop Best Sellers of All Times“. 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
- ↑ „Saturday Night Football Goes "Berzerk" with Eminem“. 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
- ↑ Business Wire. „The Nielsen Company & Billboard's 2011 Music Industry Report“. Business Wire (5-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 2012-yil 30-mart.
- ↑ „Born in the U.S.A.: Top 50 Stars of the 50 States“. Billboard. 2013-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-avgust.
- ↑ Roberts, David. British Hit Singles & Albums, 19-, London: Guinness World Records Limited, 2006 — 137-bet. ISBN 1-904994-10-5.
- ↑ „The 75th Academy Awards (2003) Nominees and Winners“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences. Qaraldi: 2011-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Winners Search - American Music Awards“ (2015-yil 12-fevral). 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ARIA Awards dominated by new music“. News.com.au. 2015-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
- ↑ „ARIA Awards 2018 nominees“. ARIA. 2020-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-oktyabr.
- ↑ „ARIA Awards 2020 nominees“. ARIA. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ „2002 Winners“. 2012-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
- ↑ „Artists of the Decade“. Billboard. August 2020.
- ↑ „2010 Winners“. 2012-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
- ↑ Billboard Music Awards:
- D'Angelo, Joe „Ashanti, Nelly Big Winners At Billboard Awards“. MTV News. MTV Networks (2002-yil 2-dekabr). 2012-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-sentyabr.
- „2011 Billboard Music Awards Winners List“. Billboard. 1-bet. Qaraldi: September 18, 2011.
- „2011 Billboard Music Awards Winners Page 2“. Billboard. 2-bet. Qaraldi: September 18, 2011.
- „2011 Billboard Music Awards Winners Page 3“. Billboard. 3-bet. Qaraldi: September 18, 2011.
- „2011 Billboard Music Awards Winners Page 4“. Billboard. 4-bet. Qaraldi: September 18, 2011.
- ↑ „2014 Winners“. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
- ↑ „Black Reel Awards (2003)“. IMDb. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
- ↑ „Black Reel Awards (2004)“. IMDb. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
- ↑ „Blockbuster Entertainment Award winners“. Variety (2000-yil 9-may). Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Eminem haqida turkum mavjud |