Erkin Baydarov
Erkin Ulanovich Baydarov (1968-yil 1-avgust, Toshkent) – qozoq sharqshunos olimi, faylasufi, xalqaro munosabatlar va madaniyatlar va sivilizatsiyalararo oʻzaro aloqalar sohasidagi mutaxassis. Falsafa fanlari doktori, falsafa fanlari nomzodi, professor[1].
Erkin Baydarov | |
---|---|
Tavalludi |
1-avgust 1968-yil |
Fuqaroligi | SSSR Qozogʻiston |
Biografoyasi
tahrirErkin Ulanovich 1968-yil 1-avgustda Toshkent shahrida (Oʻzbekiston Respublikasi) tavallud topgan. Kelib chiqishi Dulat qabilasining Shimir urugʻidan.
1995-yilda Toshkent Davlat universiteti tarix fakultetining kechki boʻlimini tamomlagan.
Ilmiy-pedagogik faoliyatini 1996-yilda Toshkent shahridagi kechki maktablardan birida ijtimoiy fanlar oʻqituvchisi sifatida boshlagan.
Erkin 1999-yildan 2005-yilgacha Toshkent davlat aviatsiya institutida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2004–2005-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti „Falsafa“ kafedrasida (fakultetlararo) katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
Baydarov 2003-yildan 2005-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I. Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti aspiranturasida tahsil olgan.
Baydarov 2005–2007-yillarda Olmaota texnologik universiteti katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
2007–2014-yillarda Yevroosiyo innovatsion iqtisodiyot va boshqaruv akademiyasi (EInAEU) katta oʻqituvchisi, dotsenti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri boʻlgan[2].
2014–2016-yillarda Sulaymon Demirel nomidagi universitet katta oʻqituvchisi (Kaskelen, Olmaota viloyati).
Erkin 2014–2022-yillarda (tanaffuslar bilan) Al-Farobiy noidagi Qozogʻiston Milliy universiteti sharqshunoslik fakulteti hamda 2019–2023-yillarda (tanaffuslar bilan) Abilayxon nomidagi Qozogʻiston Jahon munosabatlari va jahon tillari universiteti Sharqshunoslik fakulteti va xalqaro munosabatlar fakulteti dotsenti boʻlgan.
Erkin Baydarov oʻqituvchilik faoliyati davomida koʻplab ilmiy ishlar qilgan[3].
2008–2013-yillarda katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, marketing va xalqaro aloqalar boʻyicha ilmiy kotib, fan boʻyicha ilmiy kotib va boshqa lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2011-yil iyuldan sentyabrgacha Falsafa, siyosatshunoslik va dinshunoslik institutida direktor boʻlib ishlagan.
Ulanovich 2015–2017-yillarda A. Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti qoshidagi Yevroosiyo tadqiqot instituti (ERI) katta ilmiy xodim boʻlgan (Turkiston).
2013–yildan hozirgacha R. B. Suleymenov nomidagi Sharqshunoslik institutida yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishlab kelmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ „Еркин Байдаров“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- ↑ „Байдаров Еркин Уланович“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- ↑ „Байдаров Еркин Уланович“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.