Eron oshpazlik madaniyati tarixan qoʻshni xalqlar oshxonasiga, jumladan kavkaz, turk, levant, yunon, oʻrta osiyo va rus oshxonalariga kabi taʼsir koʻrsatgan[1][2][3][4]. Vaqtlar mobaynida, Eron oshxonasining ayrim odat va xususiyatlari forslashgan musulmon sultonliklari va Oʻrta Osiyoda shakllangan Moʻgʻullar sulolasi orqali Hindiston va Pokiston oshxonalari tomonidan ham oʻzlashtirildi[5][6][7].

Taniqli Eron mahalliy taomlari – guruch,goʻsht, sabzavot va yongʻoq bilan kombinatsiyalashgan holda tayyorlanadi. Mahalliy barra koʻkatlar Eron taomnomasining ajralmas qismi boʻlib, doimiy bezak mahsulotlari hisoblanadi. Shuningdek, olxoʻri, anor, behi, oʻrik, oʻrik va mayiz kabilar fors oshxonasining asrlar mobaynidagi oʻzgarmas mevalaridir. Zaʼfaron, quritilgan limon va boshqa nordon taʼm manbalari, shu bilan bir qatorda doljin, zerdeçal va maydanoz kabi ajoyib xarakterli eron xushboʻylatuvchilari oʻzaro aralashtirlib, taomlarning asl siri deb ishoniladi.

Eronning har bir mintaqasining oʻziga xos taomlari bor. Ularning aksariyati milliy taomlar hisoblanib, mamlakatning hamma yerida tayyorlanadi va isteʼmol qilinadi. Eronning mashhur va mazali taomlaridan biri guruch va qoʻy yoki mol goʻshti bilan tayyorlanadigan Chelu kabobdir. Chelu joʻje, chelu xuresh va chelu moʻrgʻ keng tarqalgan Eron taomlaridandir. Aksariyat eronliklar anʼanaviy va mazali Eron shoʻrvasini ham yaxshi koʻradilar. Eron xalqining mol goʻshti, qoʻy, tovuq va baliq goʻshtiga boʻlgan muhabbati tufayli Eron oshxonasida turli xil va mazali taomlar mavjud. Eron taomlarining asosini guruchli taomlar, bodom, pista, qaynatilgan sabzi yoki apelsin qobigʻi va mayiz, bundan tashqari esa sabzavot va ziravorlar hamda vaqti-vaqti bilan goʻsht tashkil etadi[8]. Bundan tashqari Eron taomlari orasida ikra va qisqichbaqalar ham mavjud. Non va guruch eronliklarning asosiy taomidir. Eron noni juda xilma-xildir. Eron aholisining aksariyati ovqatlarini non bilan isteʼmol qiladilar. Ayron sovuq ichimlik, choy esa Eronda keng tarqalgan issiq ichimlik hisoblanadi. Eronliklar koʻpincha choyni boshqa ichimliklar, jumladan, qahvadan afzal koʻradilar.

Eron taomlari xorijda, ayniqsa London, San-Fransisko, Toronto[9][10][11][12], Xyuston va Los-Anjeles atrofidagi Eron diasporalarida tez-tez uchraydi[9][10][13].

Eron nonlari

tahrir
 
Lavash:yupqa, mayda va yumaloq shakldagi Eron va Kavkazda eng keng tarqalgan non.
 
Sangak:toʻgʻri, toʻrtburchak yoki uchburchak shaklidagi xamirturushli yassi non.
 
Taftun:yupqa, yumshoq va yumaloq shakldagi, lavashdan qalinroq xamirturushli yassi non.
 
Tanur noni: tanur deb ataladigan tandirda pishirilgan xamirturushli non.
 
Qandi non:shirin non, baʼzan brioshga oʻxshash.
 
Barbari:qalin va oval yassi non.Tabriziy nomi bilan ham dongʻi ketgan.
 
Baget:odatda kolbasa va sabzavotlar bilan toʻldirilgan uzun, tor fransuzcha non.
 
Sheermal sut bilan toʻldirilgan shirin non.
 
Komaj —zirali shirin xurmo non[14].

Guruch tayyorlash turlari

tahrir
Usul Tavsif
Palov va chelov Chelov oddiy guruch boʻlib, shovla yoki kabobga qoʻshimcha sifatida ovqat tayyorlash jarayonida foydalaniladi. Guruch tuzlangan suvga solinib, soʻng qaynatiladi..Qaynatilgan guruch (chelov) quritiladi va bugʻda pishirish uchun qozonga solinadi. Bu usul guruch donalari ajratilgan va yopishib qolmagan juda yumshoq holga olib keladi. Non yoki kartoshka boʻlaklarining yupqa qatlami qozonning pastki qismida tadig deb ataladigan sariq choʻkma hosil qiladi. Goʻsht, sabzavot, yongʻoq va mevalar baʼzan qatlamlarga qoʻshiladi yoki chelov bilan aralashtirilib, keyin bugʻlanadi. Chelov qozondaligi payti, olov pasaytiriladi va ortiqcha bugʻ hosil boʻlmasligi uchun qozon qopqogʻi ostiga qalin mato yoki sochiq qoʻyiladi.
Kateh Suvi toʻliq soʻrilmay pishiriladigan guruch. Bu Gilon viloyatining anʼanaviy taomidir.
Dami Kate bilan deyarli bir xil usulda tayyorlanadigan guruch, lekin boshlangʻich usulda taom tarkibiga don va loviya kabi guruch bilan bir vaqtda pishiriladigan dukkakli mahsulotlar qoʻshiladi. Kateni tayyorlashda guruch va boshqa ingredientlar maromida pishguncha olov minimal darajada ushlab turiladi. Agar pechda uzoq vaqt mobaynida kuydirilmay, haddan ziyod pishirilmasa, dami va kate ham tadig hosil qilishi mumkin. Damining maxsus shakli tachin boʻlib, u yogurt, tovuq (yoki qoʻzichoq goʻshti) guruch, zaʼfaron shuningdek tuxum sarigʻining oʻzaro unutilmas kombinatsiyasidir.
 
Sabzi palov—toʻgʻralgan oʻtlar, guruch, baliqdan tayyorlanadigan palov.
 
Loviya palov—yashil loviya va qiyma goʻshtli guruch.
Albalu palov—gilos va tovuq yoki qizil goʻsht boʻlaklari bilan guruch.
 
Morasa palov—zirk, pista, mayiz, sabzi, apelsin qobigʻi va bodom bilan guruch[15].
 
Shirin palov—shirin sabzi, mayiz va bodom bilan guruch[16].
 
Adas palov—yasmiq, mayiz va xurmo bilan guruch[17].
 
Baqqoli palov—fava loviya va arpabodiyon oʻti bilan guruch[18].
 
Dampoxta—laym va loviya bilan guruch[19].
 
Tachin—guruch, yogurt, tuxum, tovuq filesi va guruch.
 
Kobuli palov—mayiz, sabzi, mol yoki qoʻzichoq goʻshti bilan guruch.
 
Kalam palov—turli oʻtlar bilan bezaklangan guruch.
 
Zereshk palov—barbaris va zaʼfaron bilan guruch.

Manbalar

tahrir
  1. „Persian Cuisine, a Brief History“. Culture of IRAN. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  2. electricpulp.com. „ĀŠPAZĪ – Encyclopaedia Iranica“. www.iranicaonline.org.
  3. „Iranian Food“. 2014-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-aprel.
  4. „Culture of IRAN“. Cultureofiran.com. Qaraldi: 2014-yil 13-aprel.
  5. Achaya, K. T.. Indian Food: A Historical Companion. Oxford University Press, 1994 — 11-bet. 
  6. Stanton. Cultural Sociology of the Middle East, Asia, and Africa: An Encyclopedia. SAGE Publications, 2012 — 103-bet. ISBN 978-1452266626. 
  7. Mina Holland. The Edible Atlas: Around the World in Thirty-Nine Cuisines. Canongate Books, 6 March 2014 — 207–-bet. ISBN 978-0-85786-856-5. 
  8. https://www.cultureofiran.com
  9. 9,0 9,1 Dehghan, Saeed Kamali. „Top five Persian restaurants in London“ (en-GB). The Guardian (2016-yil 3-fevral). Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.
  10. 10,0 10,1 Ta, Lien. „The Best Persian Food In LA (PHOTOS)“. HuffPost (2011-yil 27-noyabr).
  11. „Bay Area chef circles back to childhood with Iranian breads“. San Francisco Chronicle. Qaraldi: 2018-yil 3-mart.
  12. „The 10 best new restaurants in Toronto in 2013“. The Globe and Mail. Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.
  13. Whitcomb, Dan. „Los Angeles' large Iranian community cheers anti-regime protests“. Reuters (2018-yil 4-yanvar).
  14. Tales of a Kitchen. „Persian date bread with turmeric and cumin (Komaj)“ (2013-yil 5-mart). 2018-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  15. Shafia, Louisa. „Morasa polo“, . The New Persian Kitchen, 16 April 2013. ISBN 9781607743576. 
  16. Daniel, Elton L. Mahdī, ʻAlī Akbar.. Culture and Customs of Iran, 2006 — 153-bet. ISBN 9780313320538. 
  17. Batmanglij, Najmieh. „Adas polow“, . A Taste of Persia: An Introduction to Persian Cooking, 2007 — 96-bet. ISBN 9781845114374. 
  18. Batmanglij, Najmieh. „Baqala polow“, . A Taste of Persia: An Introduction to Persian Cooking, 2007 — 104-bet. ISBN 9781845114374. 
  19. Batmanglij, Najmieh.. Food of Life: A Book of Ancient Persian and Modern Iranian Cooking and Ceremonies, 1990 — 103-bet. ISBN 9780934211277. 

Havolalar

tahrir