Exetl
Exetl yoki Exetley (qadimgi yunoncha: Ἔχετλος[1], Ἐχετλαῖος[2]) — yunon mifologiyasi va Marafon jangi qahramoni.
U haqidagi hikoyalar Pavsaniy qaydlaridan bizgacha yetib kelgan. Marafon aholisi Exetlni bexad hurmat qilgan. Hikoyalarga koʻra, Marafon jangi davom etayotgan bir vaqtda nomaʼlum shaxs afinaliklarga yordamga kelgan, uning kiyim-kechaklari dehqonlarning liboslarini yodga solgan. U Fors armiyasidan boʻlgan koʻplab varvarlarni omoch tishi bilan oʻldirib, koʻzdan gʻoyib boʻlgan. Afinaliklar uni hech qayerdan topa olishmagan, keyin esa u haqidagi savollar bilan Orakulga murojaat qilishgan, Orakul ularga Exetliy-bahodirni qahramon sifatida hurmat qilishning oʻzi yetarli ekanligini aytgan[3]. Uning odamlar qarshisida koʻrinish berishi afsonalarda tez-tez sodir boʻlganidek, xudolar yoki ularning qiyofasidagi qahramonlarning mojaroga aralashuvi deb hisoblangan[4].
Exetl koʻpincha soqolli, yalangʻoch va chorva tomonidan tortib ketilayotgan omochni ushlab turgan holda, Buzigga oʻxshash qiyofada tasvirlangan. Baʼzi olimlar ularning ikkisi orasidagi oʻxshashlik qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliqligini taʼkidlaydilar. Buzig qishloq xoʻjaligining kashshofi hisoblangan qahramon boʻlib, uning ismi "hoʻkizning boʻyinturugʻi "[5] degan maʼnoni bildirgan boʻlsa, Exetl ismi esa „εχέτλη“ dan olingan boʻlib, „omoch“[1] degan maʼnoni bergan. F. Pfister Exetl haqidagi afsonani Gomer qahramonlaridan yangi klassik xudolarga oʻtish davrining boshlanishi deb hisoblagan[6].
Exetlning jasorati miloddan avvalgi 5-asrda Afina agorasida yaratilgan oʻyma devor yodgorligida tasvirlangan[1]. U jangning boshqa epizodlaridagi qahramonlar, masalan, Kallimax va Kichik Miltiad kabi jangchilar orasidan aniq ajralib turadi[7]. Afinaliklar nazdida Exetlning afsonaviy maqomi uning Afina, Gerkules va Tesey siymosi aks ettirilgan bir qator suratlarga qoʻshilishi bilan namoyon boʻlgani taxmin qilinadi[8].
1880-yilda Robert Brauning u haqida „Echetlos“ deb nomlangan sheʼr yozgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Leonhard Schmitz (L. S.). Echetlus // Dictionary of Greek and Roman Biography and Mythology, ed. by Smith, William. Volume II. London, 1846, p. 3.
- ↑ Павсаний. Описание Эллады, I, 32, 5(4).
- ↑ Pavsaniy. Opisanie Elladi, I, 32, 5(4).
- ↑ Fink, Dennis. The Battle of Marathon in Scholarship: Research, Theories and Controversies Since 1850. Jefferson, NC: McFarland & Company, Inc., Publishers, 2014, p. 187. ISBN 9780786479733.
- ↑ Pausanias’s Description of Greece. Cambridge: Cambridge University Press, 2012, p. 489.
- ↑ Friedrich Pfister. Der Reliquienkult im Altertum. Vol. II, Giessen, 1909—1912, S. 423.
- ↑ Ferrario, Sarah. Historical Agency and the `Great Manʼ in Classical Greece. Cambridge: Cambridge University Press, 2014, p. 39. ISBN 9781107037342
- ↑ Steinbock, Bernd. Social Memory in Athenian Public Discourse: Uses and Meanings of the Past. Ann Arbor, MI: University of Michigan Press, 2013, p. 88. ISBN 9780472118328.