Falafel (/fəˈlɑːfəl/; arabcha: فلافل) Misrda paydo boʻlgan qattiq qovuriladigan yumaloq yoki oval shaklidagi fritterlar boʻlib, Yaqin Sharq oshxonasida, xususan, Levant oshxonasida ham uchraydi. U loviya, maydalangan noʻxat yoki har ikkala mahsulot ralashmasidan ham tayyorlanadi.

Falafel

Falafel koptokchalari
Asl nomi arabcha: فلافل
Kelib chiqishi Misr
Asosiy komponentlari loviya yoki noʻxot

Falafel koʻpincha pide, samun, lafa yoki tabun deb nomlanuvchi yassi nonga oʻralgan holda dasturxonga tortiladi. „Falafel“ shu tarzda tayyorlangan oʻralgan sendvichga ham oʻxshab ketadi. Falafel toʻplarini salatlar, tuzlangan sabzavotlar va issiq souslar bilan ham tortish mumkin. Falafel toʻplarini faqat gazak sifatida isteʼmol qilishadi.

Falafel butun Yaqin Sharqda isteʼmol qilinadi. U ayni shu hududlarda keng tarqalgan koʻcha taomidir. Falafel odatda Misr oshxonasiga xos boʻlgan boqla, Falastin oshxonasidagina foydalaniladigan noʻxot[1], yoki oddiy noʻxot, yo Iordaniya, Livan va Suriyada ikkala massaliqning kombinatsiyasi asosida tayyorlanadi[1][2][3]. Bu taom butun dunyo boʻylab vegetarianlar orasida mashhur boʻlgan[4]. Falafelning falastincha noʻxatli versiyasi Isroil oshxonasining asosiy taomiga aylangan boʻlib, oʻziga xos xususiyatga ega va Isroilning milliy taomi deb atalgan. Falastinliklar va boshqa arablar bunday holatda tayyorlangan falafelni tanqid qilishgan[1][5].

Etimologiyasi

tahrir

Falāfil soʻzi (arabcha: فلافل) arabcha soʻz boʻlib, filfil (فلفل) soʻzining koʻpligidir. Filfil 'qalampir'[6] degan maʼnoni anglatadi va forscha felfel (فلفل) soʻzidan olingan[7]. Shuningdek, sanskritcha pippalī (पिप्पली) soʻzi ham ayni shunday maʼnoda „uzun qalampir“; yoki oromiycha *filfal, yoki pilpāl 'kichik yumaloq narsa, qalampir noʻxati', hamda palpēl 'dumaloq,' soʻzlaridan ham olingan boʻlishi mumkin[8].

Falāfil soʻzi butun dunyoda qoʻllanadi. Ingliz tilida (shuningdek, falafel, felafel, filafel va filafil shakllari ham mavjud) birinchi marta 1936-yilda tasdiqlangan[9].

Tarixi

tahrir
 
Pitadagi falafel sendvichi
 
Qovurish jarayoniga qaramay, falafelning ichki qismi yumshoq boʻlib qoladi.
 
Qovurilgan Falafel, Ramallah

Falafelning aynan kelib chiqishi aniq emas[10]. Taom Misrda paydo boʻlgan[11][12][13][14][15]. Uning tarixi qadimgi Misrga borib taqalishi mumkin[16]. Biroq, Misr manbalaridan falafel haqidagi eng qadimgi yozma maʼlumotlar 19-asrga toʻgʻri keladi[1][17][18] va neft qadimgi Misrda chuqur qovurish uchun ishlatish uchun juda qimmat boʻlgan[18][19].

Iskandariya port shahri boʻlgani uchun taom Yaqin Sharqning boshqa hududlarida ham keng tarqalgan[20]. Keyinchalik bu taom shimolda ham tarqalib Levantga qadar yetib borgan, u yerda fava loviya oʻrniga noʻxotdan foydalana boshlangan va u yerdan Yaqin Sharqning boshqa qismlarida ham keng tarqalgan[21][22][23].

Yaqin Sharq

tahrir

Falafel Misrda, shuningdek, Levant boʻylab Yaqin Sharqda ham keng tarqalgan koʻcha taomlaridan biridir[2][24]. Kroket asosan mezening bir qismi sifatida isteʼmol qilinadi. Ramazon oyida falafel toʻplari baʼzan iftorlikning asosiy taomi sifatida isteʼmol qilinadi[25]. Falafel shu qadar mashhur boʻlganki, McDonald's bir muddat Misrdagi nonushta menyusida „McFalafel“ tayyorlab, sotishni ham yoʻlga qoʻygan[26].

Falafel qibtiylar oshxonasidagi mashxur taomlardan biri boʻlib, diniy bayramlarda juda koʻp miqdorda pishiriladi[2]. Falafel arab nasroniylari orasidagi Lentenlarning taomnomasidan ham joy olgan[27][28][1].

Falafelning falastinliklar tomonidan tayyorlangan noʻxatli versiyasi Isroil oshxonasidan joy olgan boʻlib, u yerda ayrim oʻzgarishlarga ham uchragan. Falafel Isroilning milliy taomi sifatida tan olingan, falastinliklar va boshqa arablar buni tanqid qilgan va mazkur holatni madaniy oʻzlashtirish deya baholashgan[1].

Yevropa

tahrir

Arablar va turklarning migratsiya toʻlqinlari falafelni Yevropa orqali tarqatgan, xususan, koʻp turk aholisiga ega boʻlgan Germaniyada ham tarqalgan. Avvaliga bu asosan migrantlar tomonidan isteʼmol qilinadigan taom boʻlgan. 1970-yillarning boshlarida turk taomlari doʻkonlari va restoranlarining paydo boʻlishi bilan falafel nemislar orasida ham keng tarqalgan va natijada taom retsept oʻzgartirib ketgan[29].

Shimoliy Amerika

tahrir

Shimoliy Amerikada, 1970-yillarga qadar, falafel faqat Yaqin Sharq, Oʻrta yer dengizi va yahudiy mahallalaridagi restoranlardagina sotilgan[30][31][32][33]. Bugungi kunda bu taom Shimoliy Amerikaning koʻplab shaharlarida keng tarqalgan boʻlib, mashhur koʻcha taomi hisoblanadi[34][35][36].

Homemade falafel
Ozuqaviy qiymati har 100 g (3.5 oz)
Energiya 1,393 kJ (333 kcal)
31.84 g
17.80 g
13.31 g
Vitamins Quantity
%DV
Vitamin A 13 IU
Thiamine (B1)
13%
0.146 mg
Riboflavin (B2)
14%
0.166 mg
Niacin (B3)
7%
1.044 mg
Pantothenic acid (B5)
6%
0.292 mg
Vitamin B6
10%
0.125 mg
Folate (B9)
20%
78 μg
Vitamin B12
0%
0.00 μg
Minerals Quantity
%DV
Calcium
5%
54 mg
Iron
26%
3.42 mg
Magnesium
23%
82 mg
Manganese
33%
0.691 mg
Phosphorus
27%
192 mg
Potassium
12%
585 mg
Sodium
20%
294 mg
Zinc
16%
1.50 mg
Other constituents Quantity
Water 34.62 g

Percentages are roughly approximated using US recommendations for adults.
Source: USDA FoodData Central

Vegetarianizm

tahrir

Falafel butun dunyo boʻylab vegetarianlar orasida mashhur boʻlgan[37].

Falafel goʻsht asosida tayyorlangan koʻcha ovqatlariga muqobil sifatida olingani uchun vegetarianlar va veganlar orasida mashhur boʻlgan[38][39][40][41]. Falafel goʻsht oʻrnini bosuvchi sifatida isteʼmol qilinadi. Baʼzi vegetarianlar retseptlarida goʻshtli non, suyuq joelar, spagetti va köfte singari taomlar ham mavjud[42][43].

Tayyorlanishi

tahrir

Falafel fava loviyasi yoki noʻxotdan yoki har ikkalasining aralashmasidan tayyorlanadi[1]. Falafel odatda Misr oshxonasida fava loviyalarining oʻzidan tayyorlanadi[1]. Iordaniya, Livan va Suriya shuningdek Yaqin Sharq mamlakatlarida loviya va noʻxotning kombinatsiyasi asosida tayyorlangan turi mashhur boʻlgan[2][44]. Taomning ayni shu xili Gʻarbda eng mashhur koʻcha taomlaridan biri hisoblanadi[2].

Taomni tayyorlashda noʻxotdan foydalanilganda, ular avvaldan pishirilib qoʻyilmaydi (noʻxot pishirilsa falafel parchalanib ketishi mumkin). Buning oʻrniga ular bir kecha oldin ivitib qoʻyiladi (baʼzan soda bilan), keyin maydanoz, piyoz va sarimsoq kabi turli ingredientlar bilan birga qoʻshib maydalanadi[2]. Zira va koriander kabi ziravorlar koʻpincha qoʻshimcha lazzat berish uchun qoʻshiladi[45]. Quritilgan fava loviyasi suvga solib ivitib qoʻyiladi, soʻngra koʻk piyoz, maydanoz, yashil koriander, zira va quruq koriander bilan qoʻshib maydalanadi[46][47]. Ularga toʻp yoki kotlet shakli boʻladi. Falafelga qoʻlda yoki aleb falafel (falafel qolipi) deb nomlangan asbob yordamida bu shaklni berish mumkin[48]. Odatda qattiq qovuriladi yoki pechda pishirilishi ham mumkin.

Falafel odatda toʻp shaklida boʻladi, lekin baʼzida boshqa shakllarda ham tayyorlanadi. Falafelning ichki qismi yashil (petrushka yoki yashil piyoz singari yashil koʻkatlar hisobiga) yoki sargʻish boʻlishi mumkin. Baʼzida falafelni qovurishdan oldin u kunjutga botirib olinadi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Raviv 2003.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Roden 2008.
  3. Malouf & Malouf 2008.
  4. Grogan, Bryanna Clark. „Falafel without fat“. Vegetarian Times 20, 22 (2003-yil iyul). Qaraldi: 2011-yil 23-fevral.
  5. Pilcher 2006.
  6. "falafel". American Heritage Dictionary (5th nashri). 2011. http://ahdictionary.com/word/search.html?q=falafel&submit.x=38&submit.y=12. 
  7. „دیکشنری آنلاین - Dehkhoda dictionary - معنی پلپل“. abadis.ir. 2021-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  8. „Definition of falafel | Dictionary.com“ (en). www.dictionary.com. 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
  9. The Oxford English Dictionary (3rd ed., March 2022) has a 1936 citation.
  10. Petrini, Carlo. Slow food : collected thoughts on taste, tradition, and the honest pleasures of food. Chelsea Green Publishing, 2001 — 55-bet. ISBN 978-1-931498-01-2. Qaraldi: 2011-yil 6-fevral. 
  11. Helman, Anat. Jews and Their Foodways. Oxford University Press, 2015. ISBN 978-0-19-049359-2. Qaraldi: 2023-yil 19-mart. „The claim that Indian cooking may have influenced the invention of falafel is reasonable. There are many fried foods in India that predate falafel and that are similar in shape and consistency. British soldiers familiar with vada, ambode, dal ke pakode and other fried foods might easily have experimented and encouraged resourceful Egyptian chefs to come up with a local equivalent.“ 
  12. Galili, Shooky. „Falafel fact sheet“. Ynet News (2007-yil 4-iyul). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-fevral.
  13. Lee. „Historian's Cookbook - Falafel“. History Today (2019-yil 1-yanvar). 2021-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-yanvar.
  14. „A short wrap-up of the history of falafel“ (en-US). ZME Science (2020-yil 21-iyul). 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
  15. „The falafel battle: which country cooks it best?“ (en). the Guardian (2016-yil 4-may). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
  16. Wilson, Hilary. Egyptian food and drink, 1. publ, Shire Egyptology, Princes Risborough: Shire, 1988. ISBN 978-0-85263-972-6. 
  17. Denker, Joel. The World on a Plate: A Tour Through the History of America's Ethnic Cuisine. U of Nebraska Press, 2003 — 41-bet. ISBN 0-8133-4003-9. 
  18. 18,0 18,1 Solomonov, Michael. Israeli Soul: Easy, Essential, Delicious. Houghton Mifflin, 2018. ISBN 9780544970373. 
  19. Liz Steinberg. „Food Wars: Did Jews Invent Falafel After All?“. Haaretz. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-fevral.
  20. Green, Aliza. Beans. Running Press, 2004 — 76-bet. ISBN 978-0-7624-1931-9. 
  21. Raviv 2003, s. 20.
  22. Kantor, Jodi. „A History of the Mideast in the Humble Chickpea“. The New York Times (2002-yil 10-iyul). 2020-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
  23. MacLeod, Hugh. „Lebanon turns up the heat as falafels fly in food fight“. The Age (2008-yil 12-oktyabr). 2008-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-fevral.
  24. Kelley, Leigh. „Dining with a Middle Eastern flair“. Times-News (2010-yil 28-yanvar). 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-may.
  25. Habeeb. „Falafel: healthy Middle Eastern hamburgers capture the West.“. Vegetarian Journal (2007-yil 1-aprel). 2019-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-fevral.
  26. Allison, Jerry. „Fast food – Middle Eastern style“. The News Journal (2009-yil 6-yanvar). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-fevral.
  27. M. Conroy, Thomas. Food and Everyday Life. Lexington Books, 2014 — 73-bet. ISBN 9780739173114. 
  28. Davidson, Alan. The Oxford Companion to Food. Oxford University Press, 2014 — 295-bet. ISBN 9780191040726. „Falafel are made for religious festivals, especially among Christian communities during Lent when meat is forbidden.“ 
  29. „Falafel | History Today“. www.historytoday.com. 2021-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  30. Grogan, Bryanna Clark. „Falafel without fat“. Vegetarian Times 20, 22 (2003-yil iyul). Qaraldi: 2011-yil 23-fevral.
  31. Thorne, Matt. Mouth Wide Open: A Cook and His Appetite. Macmillan, 2007 — 181–187-bet. ISBN 978-0-86547-628-8. Qaraldi: 2011-yil 23-fevral. 
  32. Perry, Charles „Middle Eastern Influences on American Food“, . The Oxford Companion to American Food and Drink Smith: . Oxford University Press, USA, May 2007 — 384-bet. ISBN 978-0-19-530796-2. 
  33. Curtis IV, Edward. Encyclopedia of Muslim-American History, Volume 1. Infobase Publishing, 2010 — 207-bet. ISBN 978-0-8160-7575-1. Qaraldi: 2011-yil 23-fevral. 
  34. Lenhard, Elizabeth (January 2006). "Cuisine of the Month". Atlanta Magazine: 194. https://books.google.com/books?id=mA8AAAAAMBAJ&q=falafel+american&pg=PA194. Qaraldi: 23 February 2011. Falafel]]
  35. Schmidt, Arno. The World Religions Cookbook. Greenwood Publishing Group, 2007 — 178-bet. ISBN 978-0-313-33504-4. Qaraldi: 2011-yil 23-fevral. 
  36. The Good Housekeeping Cookbook Westmoreland, Susan: . Hearst Books, 2004. ISBN 978-1-58816-398-1. Qaraldi: 2011-yil 23-fevral. 
  37. Grogan, Bryanna Clark. „Falafel without fat“. Vegetarian Times 20, 22 (2003-yil iyul). Qaraldi: 2011-yil 23-fevral.
  38. Grogan, Bryanna Clark. „Falafel without fat“. Vegetarian Times 20, 22 (2003-yil iyul). Qaraldi: 2011-yil 23-fevral.
  39. Wolfe, Frankie Avalon. The Complete Idiot's Guide to Being Vegetarian. Penguin Group, 2007 — 175, 186-bet. ISBN 978-1-59257-682-1. Qaraldi: 2011-yil 22-fevral. 
  40. Murphy, Jane. The Great Big Burger Book: 100 New and Classic Recipes for Mouth Watering Burgers Every Day Every Way. ReadHowYouWant.com, 2010 — 304-bet. ISBN 978-1-4587-6463-8. Qaraldi: 2011-yil 6-fevral. 
  41. Berkoff R.D., Nancy. Vegan in volume: vegan quantity recipes for every occasion. Vegetarian Resource, 1999. ISBN 978-0-931411-21-2. Qaraldi: 2011-yil 22-fevral. 
  42. Leonard, Joanne. „New Ways with Falafel: The Middle Eastern favorite has evolved from a high fat sandwich stuffer to a low fat meal magician“. Vegetarian Times 36, 38 (1996-yil oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 22-fevral.
  43. Whitney, Winona. „Minute Meals“. Vegetarian Times (1991-yil iyun). Qaraldi: 2011-yil 23-fevral.
  44. Ayto, John. The glutton's glossary: a dictionary of food and drink terms. Routledge, 1990. ISBN 0-415-02647-4. Qaraldi: 2011-yil 6-fevral. 
  45. Bittman. „For the Best Falafel, Do It All Yourself“. The New York Times (2007-yil 4-aprel). 2011-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-iyul.
  46. Kathrynne Holden. „Fava Beans, Levodopa, and Parkinson's Disease“. 2018-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-mart.
  47. Russ Parsons. „The Long History of the Mysterious Fava Bean“. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  48. Davidson, Alan. The Oxford Companion to Food, 2nd, Oxford University Press, 2006 — 287-bet. ISBN 978-0-19-280681-9. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel. 

Havolalar

tahrir