Fard

aqin va Oʻrta Sharq adabiyotidagi poetik janr

Fard (arabchadan olingan bõlib — yakka, yolgʻiz) — Yaqin va Oʻrta Sharq adabiyotidagi poetik janr. Hajmi bir bayt, yaʼni 2 misradan iborat boʻladi. Muayyan mazmun, gʻoya ilgari suriladi, badiiy umumlashma, hayotiy tajribadan kelib chiquvchi hukm, xulosa tajassum topadi. Misol uchun Holimni sanga aytib hajr oʻtiga oʻrgandim, Ey yor, yomon qildim, har neki dedim, yondim(Bobur).

Fardda dolzarb, salmoqli falsafiy[[axloqiy gʻoyalar ifodalanadi. Fardning qisqa va ixchamligi shoirdan "Ming maʼnini bir nuqta bila muxtasar etish"ni (Mashrab) taqozo etadi. Fard janriga xos erkinlik shoirning ijodiy imkoniyatini kengaytiradi, ijodiy erkinligini taʼminlaydi. Hozirgi oʻzbek shoirlaridan Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqa ijodida fardlar uchraydi.