Farovonlik yoki odatda ijtimoiy farovonlik jamiyat a'zolarining oziq-ovqat va boshpana kabi asosiy insoniy ehtiyojlarini qondirishini ta'minlash uchun moʻljallangan davlat yordami turidir[1]. Ijtimoiy ta'minot soʻzi oʻz navbatida farovonlik soʻzi bilan sinonim boʻlishi mumkin, yoki u maxsus ijtimoiy sug'urta dasturlaridan iborat boʻlishi mumkin, ular faqat ilgari oʻz hissalarini qoʻshganlarga (masalan, koʻpchilik pensiya tizimlari) yordam beradilar[2][3]. Xalqaro Mehnat Tashkiloti ijtimoiy ta'minotni keksa yoshdagi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, bolalarni parvarish qilish, ota- onalik va kasallik ta'tillari, ishsizlik va nogironlik nafaqalari, shuningdek, ishlab chiqarish vaqtida jarohat olganlarni qoʻllab-quvvatlash sifatida belgilanadi[4][5].

Gernsi shtatidagi Saint Peter Port shahar oilani qoʻllab-quvvatlash markazi, markaz bolali oilalarga yordam beradi.

Kengroq ma'noda, farovonlik sog'liqni saqlash, ta'lim, infratuzilma, kasbiy ta'lim va uy-joy qurish kabi bepul yoki subsidiyalangan ijtimoiy xizmatlar orqali farovonlikning asosiy darajasini ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlarni ham oʻz ichiga qamrab olishi mumkin. Farovon davlatda davlat sog'liqni saqlash, ta'lim, infratuzilma va jamiyat farovonligi uchun mas'uliyatni oʻz zimmasiga oladi va tavsiflanganlar kabi bir qator ijtimoiy xizmatlarni taqdim etadi.

Ba'zi tarixchilar VII asrdagi (milodiy 634-yil) Rashidun xalifasi Umarning zakot siyosati kabi kodlashtirilgan sadaqa tizimlarini umumjahon hukumat farovonligining dastlabki namunalariadan deb hisoblashadi[6]. Ilk farovonlik davlati bu Imperial Germaniya (1871–1918) boʻlib, u yerda Bismark hukumati 1889-yilda ijtimoiy taʼminot tizimini joriy qilgan[7]. 20-asr boshlarida Birlashgan Qirollik taxminan 1913-yilda ijtimoiy taʼminotni joriy qildi va 1946-yilgi Milliy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun bilan ijtimoiy taʼminot davlatini Yettli hukumati davrida (1945–51) qabul qildi[8]. G'arbiy Yevropa, Avstraliya va Yangi Zelandiya mamlakatlarida ijtimoiy farovonlik asosan davlat tomonidan milliy soliq tushumlari hisobidan, kamroq darajada nodavlat tashkilotlar (NNT) va xayriya (ijtimoiy va diniy) tomonidan ta'minlanadi[8]. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 22 va 25-moddalarida ijtimoiy xavfsizlik va munosib turmush darajasiga boʻlgan huquq ham mustahkamlangan[2].

 
Kambag'allarga sadaqa tarqatish, Port-Royal des Champs abbey 1710-yil.

Rim imperiyasida birinchi imperator Avgust har oy oziq-ovqat sotib olishga qodir boʻlmagan fuqarolar uchun Cura Annonae deb nomlangan ijtimoiy tizimni tashkil etib shu orqali ularning kundalik ehtiyojini ta'minlagan. Ushbu ijimoiy farovonlik tizimi imperator Trayan tomonidan kengaytirilgan[9]. Trayan dasturi koʻpchilikning, jumladan , Kichik Pliniyning ham olqishiga sabab boʻlgan[10]. Song sulolasi hukumati (milodiy 960-yil) ijtimoiy farovonlik sifatida tasniflanishi mumkin boʻlgan koʻplab dasturlarni qoʻllab-quvvatladi, jumladan, qariyalar uylari, davlat klinikalari va qashshoqlar qabristonlarini barpo etish shular jumlasidan. Iqtisodchi Robert Genri Nelsonning soʻzlariga koʻra, " oʻrta asr Rim-katolik cherkovi kambag'allar uchun keng qamrovli farovonlik tizimini bunyod etgan[11]." 14-asrdan boshlab Italiya shahar-davlatlari hukumatlari quyi tabaqalarga farovonlik va ta'lim berish uchun cherkov bilan hamkorlik qila boshladilar[12]. Niderlandiya Respublikasi kabi keyingi protestant Yevropa xalqlarida 19-asr boshlarida gildiya tizimi bekor qilinmaguncha farovonlik mahalliy gildiyalar tomonidan boshqarilgan[13][14]. Shuningdek Muqaddas Rim imperiyasining Nyurnberg kabi oʻz oʻzini boshqarish usuliga ega shaharlardagi shahar hukumatlari jamoat farovonligini yig'ish va taqsimlashni nazorat qilishlari mumkin edi[15][16].

VII asr xalifasi Umar islomning besh ustunidan biri boʻlgan zakot shaklini umumjahon ijtimoiy sug'urta solig'i sifatida joriy qildi[17]. Qoidaga koʻra, ushbu soliq har bir kishining mol-mulkining 2,5 foizini tashkil qiladi, hukumat zakot mablag'larini musulmonlarning turli guruhlariga, jumladan, qashshoq va og'ir qarzga ega boʻlganlarga taqsimlagan[18][19]. Umaviylar va Abbosiylar xalifaliklari davrida zakot yig'ish koʻpayadi[20].

Shakllar

tahrir

Farovonlik turli shakllarda boʻlinishi mumkin, masalan, pul toʻlovlari, subsidiyalar va vaucherlar yoki uy-joy yordami. Farovonlik tizimlari mamlakatlarda bir biridan farq qiladi, ammo farovonlik odatda ishsizlar, kasallik yoki nogironligi boʻlganlar, qariyalar, qaramog'ida bolalari boʻlganlar va faxriylarga beriladi. Dasturlar insonning farovonlik olishi uchun turli shartlarga ega boʻlishi mumkin, masalan:

  • Ijtimoiy sug'urta, qisman sog'liqni saqlash, ishsizlik toʻlovlari va qarilik pensiyalari kabi imtiyozlarga individual badallarga asoslangan davlat tomonidan homiylik qilinadigan dasturlar.
  • Ishsizlik, kasallik, nogironlik yoki bolalarga g'amxoʻrlik tufayli qashshoqlik yoki daromad etishmasligi sababli oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy kabi asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydiganlar uchun moddiy yordam koʻrsatish. Yordam koʻpincha moliyaviy toʻlovlar shaklida boʻlsa-da, ijtimoiy yordam olish huquqiga ega boʻlganlar odatda sog'liqni saqlash va ta'lim xizmatlaridan bepul foydalanishlari mumkin.
  • Toʻlovsiz imtiyozlar. Ba'zi mamlakatlarda qurolli kuchlar faxriylari, nogironlar va juda keksa odamlar kabi ba'zi toifadagi odamlar uchun badallar va sinov vositalarisiz boshqariladigan maxsus sxemalar mavjud(bepul poezd, avtobus yoki metro).

Ijtimoiy himoya

tahrir

Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnatga layoqatli aholining katta qismi uchun rasmiy ijtimoiy ta'minot choralari koʻpincha mavjud emas, bu qisman norasmiy iqtisodiyotga bog'liq. Bundan tashqari, infratuzilma va resurslar cheklanganligi sababli davlatning odamlarga murojaat qilish imkoniyati cheklangan boʻlishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, qashshoqlikni yumshatish va ishsizlik kabi holatlarga qarshi xavfsizlikni ta'minlash uchun mehnat bozoriga aralashuv, shuningdek mahalliy hamjamiyatni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar kabi kengroq vositalarni oʻz ichiga olgan tizim koʻpincha ijtimoiy himoya deb ataladi[21][22][23].


Manbalar:

tahrir
  1. „Social welfare program“ (en). Encyclopedia Britannica.
  2. 2,0 2,1 David S. Weissbrodt. International Human Rights Law: An Introduction. University of Pennsylvania Press, 2007 — 130-bet. 
  3. Walker, Robert. Social Security And Welfare: Concepts And Comparisons: Concepts and Comparisons. McGraw-Hill Education (UK), 1 November 2004 — 4-bet. ISBN 978-0-335-20934-7. 
  4. „International Labour Standards on Social security“ (en). www.ilo.org.
  5. Frans Pennings. Between Soft and Hard Law: The Impact of International Social Security Standards on National Social Security Law. Kluwer Law International B.V., 1 January 2006 — 32–41-bet. ISBN 978-90-411-2491-3. 
  6. „Benthall, Jonathan & Bellion-Jourdan, J. The Charitable Crescent: Politics of Aid in the Muslim World, second ed. (London: I.B. Tauris, 2009), p. 17“. Qaraldi: 2020-yil 20-may.[sayt ishlamaydi]
  7. „Social Security History“. Social Security (2019-yil 28-sentyabr). 2019-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 The New Fontana Dictionary of Modern Thought Third Edition (1999), Allan Bullock and Stephen Trombley Eds., p. 919.
  9. „Trajan“. Britannica.com. Qaraldi: 2017-yil 8-noyabr.
  10. „The Roman Empire: in the First Century. The Roman Empire. Emperors. Nerva & Trajan – PBS“. Pbs.org. Qaraldi: 2017-yil 8-noyabr.
  11. "Chapter1: Charity and Welfare", the American Academy of Research Historians of Medieval Spain.
  12. Philip Jones. The Italian City-State: From Commune to Signoria. Clarendon Press, 22 May 1997 — 447-bet. ISBN 978-0-19-159030-6. 
  13. Marco H. D. Van Leeuwen. Mutual Insurance 1550-2015: From Guild Welfare and Friendly Societies to Contemporary Micro-Insurers. Palgrave Macmillan UK, 31 August 2016 — 70–71-bet. ISBN 978-1-137-53110-0. 
  14. Bernard Harris. Charity and Mutual Aid in Europe and North America Since 1800. Routledge, 6 April 2012 — 90-bet. ISBN 978-1-134-21508-9. 
  15. Hajo Holborn. A History of Modern Germany: The Reformation. Princeton University Press, 21 December 1982 — 26-bet. ISBN 978-0-691-00795-3. OCLC 1035603175. 
  16. James B. Collins. Early Modern Europe: Issues and Interpretations. John Wiley & Sons, 15 April 2008 — 224-bet. ISBN 978-1-4051-5207-5. 
  17. „Benthall, Jonathan & Bellion-Jourdan, J. The Charitable Crescent: Politics of Aid in the Muslim World, second ed. (London: I.B. Tauris, 2009), p. 17“. Qaraldi: 2020-yil 20-may.[sayt ishlamaydi]
  18. Benthal, Jonathan. "The Qur'an's Call to Alms Zakat, the Muslim Tradition of Alms-giving". ISIM Newsletter 98 (1): 13. https://openaccess.leidenuniv.nl/bitstream/handle/1887/16762/ISIM_1_The_Qur-an-s_Call_to_Alms_Zakat_the_Muslim_Tradition_of_Alms-giving.pdf?sequence=1. 
  19. M.A. Mohamed Salih. Islamism and its enemies in the Horn of Africa Alexander De Waal: . Indiana University Press, 2004 — 148–149-bet. ISBN 978-0-253-34403-8. 
  20. Fauzia, Amelia. Faith and the State: A History of Islamic Philanthropy in Indonesia. Brill, 2013 — 45–55-bet. ISBN 9789004233973. 
  21. „Types of social protection“. GSDRC (2019-yil 9-oktyabr). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
  22. „Track 2: Social Security and Social Protection: Developing Discourses“. www.ilera2015.com. 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
  23. Mendoza, Roger Lee (1990). The political economy of population control and retirement security in China, India and the Philippines. Philippine Economic Review, 31(2): 174–191.